partiyasi birinchi parlament saylovidayoq 29 ta
deputatlik o‗rnini egalladi.
1920-yillar boshida leyboristlar Buyuk Britaniya siyosiy tizimida
ikkinchi partiya sifatida o‗rnashib oldi. Ular 1924-yil yanvarda
Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta hukumatni boshqardi.
473
Dashti Qipchoq hududiga qayerlar kirgan???
Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g‗arbiy yonbag‗ridan
Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho‗zilgan dashtlar.
474
Dashti qipchoq nechinchi asrdan manbalarada
uchraydi? XI asrdan.
XI asrdan.
475
Dashti Qipchoqni sharqiy va g'arbiy qismlarga
ajratib turgan? Ural (Yoyiq).
Dashti Qipchoqning sharqiy qismi kimga tegdi??? Jo'jixonning
beshinchi o‗g‗li SHAYBONGA.
476
Dashti qipchoqning dastlabki poytaxti???
Savol boshqacharoq.
«O‗zbek ulusi» deb atalgan davlatning dastlabki poytaxti???
TURA SHAHRI. Abulxayrxon 1428-yilda «O‗zbek ulusi» deb
atalgan davlatga asos soldi. Janubi-g‗arbiy Sibirdagi Tura shahri
bu davlatning poytaxti deb e'lon qilindi.
477
Davan davlati qachon barham topgan???
Milodiy III asrda.
Davan davlati (Xitoy manbalarida bu o'lka shu nom bilan tilga
olinadi) taxminan, mil. avv. III asrda paydo bo'lib, Farg'ona
vodiysida joylashgan. Davan mil. avv. II-I asrlarda yuksak
taraqqiy etgan davlat bo‘lgan MILODIY III ASRDA Davan
davlati barham topgan.
478
Daymyolar??? (Viloyat hokimlari).
XVI-XVIII asrlarda Yaponiya aholisi toifalarga bo‗lingan bo‗lib,
viloyatlarni feodallar - daymyolar nazorat qilar, ularning qo‗lida
dvoryan - samuraylar xizmat qilardi.
479
Dehli sultonlarini ketma-ketlikda belgilang? 1)
Qutbiddin Оyboq; 2) Аlоuddin Хiljiy; 3)
Muhаmmаd Tug‗luq; 4) Shаmsiddin
Eltutmish; 5) Fеruzshоh Tug‗luq. 1,4,2,3,5
Qutbiddin Оyboq; Shаmsiddin Eltutmish; Аlоuddin Хiljiy;
Muhаmmаd Tug‗luq; Fеruzshоh Tug‗luq.
480
Dehli sultonligi tugagan davrda qanday voqea
sodir bo'lgan??? 1526-yil???
Ibrohim Lo‗di 1526-yil 21-aprelda Boburga qarshi bo‗lgan
Panipat jangida halok bo‗ldi. Germaniyada dehqonlar qo‘zg‘oloni
1526-yil boshida mag‗lubiyatga uchradi. T. Myunser qatl qilindi.
481
Dehli sultonligida Sulton xalqni itoatda
tutishda kimlar yordamiga tayangan??? Yirik
zamindorlar.
Dehli sultonligida Yirik zamindorlarning yana bir qismi esa sulton
hokimiyatini tan olib, uning xizmatiga o'tadilar. Sulton ularning
ko'magida mahalliy aholidan soliqlar yig'gan, xalqni itoatda
tutishda ham zamindorlar yordamiga tayangan. XII-XIII asrlar
davomida Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar
hokimiyati uzil-kesil o'rnatiladi.
482
Dekret ma‘nosi? Dekret (decretum - qaror,
decernere - qaror qilish) davlat organi yoki
lavozimdagi shaxsni huquqiy akti, qarori.
Dekret (lotincha - qaror) - oliy hokimiyat boshqaruv organi
chiqargan va qonun kuchiga ega bo‗lgan qaror.
483
Demosfen rasmi???
Mashhur notiq Demosfen Ellada shaharlarini kezib, ularning
aholisini birlashish va makedonarga qarshi kurashishga da'vat
etadi. Fiva va ayrim boshqa shaharlar aholisi Filipp II
qo'shinlariga qarshi Afina ittifoqiga qo'shiladi.Demosfen
o'smirligidanoq notiq bo'lishni orzu qilardi. Lekin u juda past
ovozda gapirar va duduqlanardi. Ovozi balandligini oshirishni
mashq qilarkan, u dengiz shovqinidan balandroq baqirishga
harakat qilardi.
484
Dezdra guruchni vatani qayer ustozla variantla
arab Amerika Yaponiya yana bita variant
boridi eslolmayapmiz yordamlasvorila? Devzra
sozi qaysi tildan olingan fors arab ingliz nemis
Devzra arabcha. Vatani Isfara Tojikiston. Internet ma‘lumoti.
485
Din ishlari bo‗yicha qo‗mita tashkil qachon
etildi? 1992-yil. 1879-yilda qaysi davlatlar
o‘rtasida tuzilgan ittifoqchilik shartnomasi
Fransiyaning xalqaro mavqeyini уanada
yomonlashtirib yubordi? GERMANIYA VA
AVSTRIYA-VENGRIYA.
1992-yil O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga
binoan Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‗yicha qo‗mita
tashkil etildi. 1991-yil ―Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‗g‗risida‖gi qonuni qabul qilindi. 1998-yil ―Vijdon erkinligi va
diniy tashkilotlar to‗g‗risida‖gi qonunning yangi tahriri qabul
qilindi. 1879-yilda Germaniya va Avstriya-Vengriya o‗rtasida
tuzilgan ittifoqchilik shartnomasi Fransiyaning xalqaro mavqeyini
уanada yomonlashtirib yubordi. Shunday bo‗lsa-da, Fransiya
boshqa buyuk davlatlar o‗rtasidagi nizolardan ustalik bilan
foydalanib, o‗z mustamlakachilik imperiyasini tobora
kengaytirish imkoniga ega bo‗ldi.
486
Diniy tasavvurlar (Diniy e‘tiqodlar) qachon
paydo bo‘lga? So'nggi paleolit
So'nggi paleolit davriga oid g'orlar devorlarida topib tekshirilgan
rasmlar ham qadimgi odamlarning diniy tasavvurlari to'g'risida
hikoya qiladi. Bunday rasmlardan eng qadimiylari Ispaniyadagi
Altamir, Fransiyadagi Lasko va Boshqirdistondagi Kapova
g'orlaridan topilgan.
487
Direktoriya davrida Fransiya qaysi davlat
Fransiyaga qo‗shib olindi??? Belgiya
Fransiyaga qo‗shib olindi, Gollandiya esa
qaram respublikaga aylantirildi. General
Bonapart. Hokimiyatga kelgan yirik burjuaziya
o‗zga yurtlarni bosib olishdan manfaatdor edi
va Direktoriya davridagi Fransiyaning
urushlari bosqinchilik xarakteriga ega bo‗ldi.
Reynning so‗l qirg‗og‗i va BELGIYA FRANSIYAGA QO‗SHIB
OLINDI, Gollandiya esa qaram respublikaga aylantirildi. Bosib
olingan yerlarda fransuzlar feodal tartiblarni bekor qildi.
488
Dishan qal'a ???
Dishan qal'a - Tashqi qal‘a Xiva shahrining rabod qismi
hisoblanadi. Unda savdo va hunarmandchilik do‗konlari,
mahallalar joylashgan. 1842-yilda Xiva xoni Olloqulixon Xiva
shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida
shaharni uzunligi 6250 metr, balandligi 7-8 metr, qalinligi esa 5 -
6 metr bo‗lgan devor bilan o'ratgan. Ichan qal‘a 4 darvozali
bo‘lsa, Dishan qal'a 10 darvozali bo‘lgan.
489
Dollar diplomatiyasi qaysi xalqqa nisbatan
qo‘llanilgan? Lotin Amerikasi.
Prezident Taft «dollar diplomatiyasi» siyosatini e‘lon qildi. Bu
siyosat, asosan, iqtisodi nochor bo‗lgan Lotin Amerikasi
davlatlariga nisbatan qollandi. «Yordam berish» niqobi ostida
sotib olish, davlat to‗ntarishlari uyushtirish oddiy holga aylanib
qoldi.
490
Donishmandlik xudolarini aniqlang. TOT VA
GANESHA (AFINA).
GANESHA - donishmandlik xudosi AFINA - Zevsning qizi,
jangari ayol, donishmandlik ilohasi (Tot - Oy, donishmandlik va
tabobat xudosi) Tot, Ganesha (Afina).
491
Doniyolbiy islohotlari ...??? qo‗shinni
mustahkamlashga mang'it beklariga katta yer-
mulkni tanho qilib berdi soliqlarni ko‗paytirdi
Ernazarbiy elchiligidan Doniyolbiy siyosiy maqsadlarni ham
ko‗zlagan edi. Chunonchi, Buxoro-Usmonli davlati munosabatlari
haqida rus hukumatining qanday fikrda ekanligini bilish
maqsadida, uning topshirig‗iga ko‗ra, elchi rus hukumatiga
Buxoroning Usmonli davlati bilan do‗stlik aloqalarini
mustahkamlashga harakat qilishini ham ma‘lum qildi.
Shuningdek, Rossiya orqali Istanbul shahriga borish uchun ruxsat
so‗radi. Albatta, rus hukumati Buxoroning asosiy raqiblaridan biri
Usmonli davlati qatorida turishini istamas edi. Shuning uchun
ham rus hukumati Doniyolbiyning barcha iltimoslarini bajardi.
492
Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o‗z qo‗liga oldi
(1758-1785). U qo‗shinni mustahkamlashga,
unga tayanib ish ko‗rishga harakat qildi.
Barcha mang'it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib berdi.
Xalqdan olinadigan soliqlarni ko‗paytirdi. Bundan norozi xalq
qo‗zg‗olon ko‗tarar, Doniyolbiy esa ularni bostirishga ulgurmasdi.
Uning davrida Balx, Hisor, Ko‗lob, O‗ratepa viloyatlarining
mustaqillikka intilishlari kuchaydi. Katta yer egalarining
o‗zboshimchaligi haddan oshdi. Doniyolbiy shunday sharoitda
taxtni o‗g‗li Shohmurodga (1785-1800) topshirdi.
493
Doro I haqida to‘g‘ri ma‘lumotlarni toping???
522-yilda Frada, 519-yil - saklar
Doro I hukmronligining (1-yili) birinchi yili mld. avv. 522-yilda
Маrg‘iyonada Frada boshchiligida qo‘zg‘alon bo'ladi. Fradaning
o'zi asirlikka olinadi va qatl etiladi. Bu Behistun qoyatosh
yozuvlarida qayd etilgan.
494
Doro I qachon saklar ustiga qo‘shin tortasi???
Mld. Avv. 519-yil.
Mld. Avv. 519-yil - sak qabilalariga qarshi Doro I ning
bosqinchilik yurishlari (Shiroq jasorati).
495
Dotatsiya nima? TUHFA.
Dotatsiya - (lot. - tuhfa) ma‘lum xarajatlarni qoplash uchun
iqtisodiyotning bir subyekt tomonidan ikkinchisiga qaytarib
bermaslik sharti bilan pul mablag‗i berilishi.
496
Drevlyanlar, rodimichlar, tiverlar,
dregovichlar, vyatichlar, sevoryanlar va
hokazolar ilk o'rta asrlarda
Dnepr daryosi havzasida yashaganlar.
497
Dukchi Eshon qo‘z‘goloni paytida Turkiston
General-Gubernator? S. M. Duxovskoy.
Boshqa savol.
Turkiston general-gubernatori S. M. DUXOVSKOY (1898-1901):
«Turkiston o‗lkasi boshqa o‗lkalarga nisbatan tarixiy o‗tmishi,
etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e‘tibor
berilishini talab qiladi», - degan edi.1898-yil 17-may kuni
Muhammad Ali o‗z odamlari orqali atrofdagi qishloqlarga xabar
tarqatib, qo‗zg‗olon boshlash vaqti kelganligini e‘lon qilishi sabab
bo‗ldi.
498
Dukchi Eshon qoʻzgʻoloni boʻlganda Gʼarbiy
Sudandagi qaysi xalq qahramoni surgun
qilingan???
Samori Gabonga surgun qilindi. Fransuzlar 1898-yildagina uni
taslim eta oldilar.
499
Dunyo mo'jizasi?
Dunyo mo'jizasi - Otton III Rimni ulkan davlatning poytaxtiga
aylantirish orzusida bo'lgan.
500
Dunyoni qayta bo‗lib olish yo‗lidagi birinchi
urush qaysi? AQSH Ispaniyaga 1898-yil.
Ispaniyaga qarashli Kuba oroli AQSH ni qiziqtirdi. AQSH
Ispaniyaga qarshi urushga tayyorlana boshladi. AQSH o‗z
fuqarolarining manfaatini himoya qilish bahonasi ostida 1898-yil
Kuba sohillariga o‗z harbiy kemasini yubordi. Bu harbiy kema
Gavana reydida turgan joyda noma‘lum sababga ko‗ra portlab
ketdi. AQSH Ispaniyani aybladi.
501
Efiopiya bilan Sudan mustamlakachilarga
qarshi kurashishda nega ittifoqqa birlasha
olmadi???
A) Menelik vafot etgani uchun B) Efiopiyani Italiya midiyey
bosib olgani uchun. Abdulloh buning evaziga Yo‗xonnidan islom
diniga o‗tishini talab qildi. Mahdiylarni kuchsizlanishidan
foydalangan Buyuk Britaniya Efiopiyani Sudanga qarshi
gijgijladi. Natijada, 1885-yilda ikki davlat o‗rtasida urush
harakatlari boshlandi. Efiopiya hukmdori Yo‗xonni Abdullohga
murojaat qilib, umumiy dushmanga qarshi birgalikda kurashga
chaqirdi. Lekin Abdulloh buning evaziga Yo‗xonnidan islom
diniga o‗tishini talab qildi. Oqibatda, zarur bitim tuzilmay qoldi.
Efiopiya-Sudan urushida ko‗p qon to‗kildi. 1889-yilda Efiopiya
imperatori Menelik sudanliklar foydasini ko‗zlovchi bitimni
imzolashga majbur bo‗ldi.
502
Efiopiya imperatori Menelik ...??? 1889-yilda
Efiopiya imperatori MENELIK
SUDANLIKLAR.
Buyuk Britaniya Efiopiyani Sudanga qarshi gijgijladi. Natijada,
1885-yilda ikki davlat o‗rtasida urush harakatlari boshlandi.
Efiopiya hukmdori Yo‗xonni Abdullohga murojaat qilib, umumiy
dushmanga qarshi birgalikda kurashga chaqirdi. Lekin Abdulloh
buning evaziga Yo‗xonnidan islom diniga o‗tishini talab qildi.
Oqibatda, zarur bitim tuzilmay qoldi. Efiopiya-Sudan urushida
ko‗p qon to‗kildi. 1889-yilda Efiopiya imperatori MENELIK
SUDANLIKLAR foydasini ko‗zlovchi bitimni imzolashga majbur
bo‗ldi.
503
Efiopiyani 1867 va 1895-yild bosib olgan
davlat? Buyuk Britaniya va Italiya.
1867-yili inglizlar Efiopiyaga qarshi urush qilib, egalladi ammo
chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Italiya 1895-yilda Efiopiyani bosib
olish maqsadida bu davlatga hujum qildi. Biroq, 1896-yil 1-
avgustida Adua yonida Italiya qo‗shinlari tor-mor etildi. Oqibatda,
5 ming italyan askari halok bo‗ldi. Bu voqea Italiyada milliy
sharmandalik sifatida qabul qilindi. (Eski kitobdan).
504
Elam davlati poytaxti??? Suza shahri.
Elam davlati qachon tashkil topdi? Mil. avv. 3-ming yillikda. Mil.
avv. 3-ming yillikda Eronning janubi-g‗arbiy qismida Elam
davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo'lgan.
505
Eng yangi tarix nima edi. Totalitar, liberal,
sotsial yana bor edi??? Savolni ko‘rish
kerak???
BIRINCHI BOSQICH QAYSILAR: industrial jamiyat ijtimoiy-
siyosiy tizimi inqirozining boshlanishi davri.
506
Erk va Birlik partiyalari qachon faoliyati
to'xtatilgan? 1992-yil.
1990-yil 30-aprelda ―Erk‖ demokratik partiyasining ta‘sis
qurultoyida uning dasturi va nizomi qabul qilindi. Partiya
tomonidan 1990-1992 yillarda nashr etilgan ―Erk‖ gazetasi
507
Ernazarbiy xon qilib ko'tarmoqchi bo'lgan
Zarliq qaysi qabiladan?? Qozoq urug'idan.
Ernazarbiy Rossiya ta‘sirida bo‗lgan qozoq urug‗ boshliqlaridan
biri Zarliqni xon qilib ko‗tarish va imperiya tobeligiga o‗tishga
intilardi.
508
Eron hukmdori shoh Abbos egallagan hudud?
Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirot.
Eron hukmdori shoh Abbos bostirib kirib, Nishopur, Sabzavor,
Mashhad, Hirotni egalladi.
509
Eron inqilobiga koo‘ra shoxga ...Shoh
javobgarlikdan ozod shaxs, Bosh qo‗mondon
sifatida urush e‘lon qilish, sulh tuzish,
vazirlarni tayinlash va bo‗shatish kabi
huquqlarga ega ...???
Eronda, Ayni paytda, shohga katta huquqlar ham berildi.
Chunonchi, shoh javobgarlikdan ozod shaxs, Bosh qo‗mondon
sifatida urush e‘lon qilish, sulh tuzish, vazirlarni tayinlash va
bo‗shatish kabi huquqlarga ega edi. Shohning konstitutsiya va
qonunlarga sodiqlik haqida qasamyod qilishi qoida qilib qo‗yildi.
Qabul qilinayotgan qonunlarning shariatga muvofiqligi ustidan
nazorat qilish uchun besh ulug‗ ulamo tayinlanadigan bo‗ldi.
Inqilobining ikkinchi davri. 1907-1911-yillar Eron inqilobining
ikkinchi davri.
510
Eronda 1925-yilga qadar qaysi sulola
hukmronlik qilgan? Qojarlar.
Nodirshoh halokatidan keyin 1758-1796-yili Zend qabilasi 1796-
1925 yilgacha Qojarlar sulolasi.
511
Eronda kimning davrida poytaxt Tabrizdan
Isfaxonga ko‘chirilgan? Abbos I
Abbos I (1587-1629).
512
Erondagi inqilob davrida diniy ishlarni kimlar
nazorat qilganlar??? besh ulug‗ ulamo.
1907-1911-yillar Eron inqilobining ikkinchi davri deyiladi.
Harakat endi, asosan, mustamlakachilarga qarshi qaratildi. Qabul
qilinayotgan qonunlarning shariatga muvofiqligi ustidan nazorat
qilish uchun besh ulug‗ ulamo tayinlanadigan bo‗ldi. Erondagi
1905-1911-yillar inqilobi katta ijtimoiy hodisa - feodal-monarxiya
(feudal monarxiya) tuzumidan konstitutsiyaviy monarxiyaga
o‗tish bosqichi bo‗ldi.
513
Erondagi mujohidlar tashkiloti talablari???
1907-1911-yillar Eron inqilobining ikkinchi
davri.
Ayniqsa, mujohidlar tashkiloti katta ta‘sirga ega bo‗ldi. Ular
yashirin saylov huquqi, jamiyatlar tuzish, shaxs erkinligi, shoh
yerlarini musodara qilish, ish vaqtini 8 soat qilib cheklash, bepul
va majburiy ta‘lim joriy qilish kabi talablar bilan chiqdilar.
514
Eyfel qachon qurldi??? 1889-yilda
1889-yilda Parijdagi Jahon ko‗rgazmasi uchun fransuz muhandisi
Eyfel o‗sha davrda g‗oyat katta - faqat metalldan yasalgan,
balandligi 300 metr bolgan minora qurdi.
515
F.M. Dostoyevskiy asarlari???
F.M. Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo», «Telba» kabi asarlarida
rus xalqining hayoti, kishilarning ichki dunyosi juda katta mahorat
bilan ochib berilgan.
516
Farg‗ona viloyati qachon tashkil qilingan???
1876-yilda.
Savol tushunarsiz. (Kimgadir shu savol tushgan bo‘lsa, to‘liq
menga 94-630-96-44 ga yozib yuborsa, men shuni to‘ldirib
qo‘yaman, boshqalar foydalanishi uchun). Iste‘dodli publitsist va
shoir Xristo Botev ozodlik harakatiga yo‗lboshchilik qildi. Xristo
Botev 1876-yil 1-iyunda turklar bilan bo‗lgan jangda
qahramonlarcha halok bo‗ldi. Xristo Botev halok bo‗lgan kun
Bolgariyada Xotira kuni sifatida nishonlanadi.
517
Farg‗ona viloyati tashkil topganda qanday
voqea bo‘ldi???
1876-yilda Farg‗ona viloyati (markazi Yangi Marg‗ilon,
keyinchalik Skobelev hozirgi Farg‗ona shahri) tashkil qilingan.
Tashqi qarz yanada ko‗payib, 5,5 mlrd. frankka yetdi. 1876-yilda
hukumat Turkiyani moliyaviy bankrot deb e‘lon qilishga majbur
bo‗ldi.
518
Fargo'na tashkil (1876-yil) etilgan yildan o‘tib
nima bo‘lgan???
Aleksandr III tomonidan yangi «Turkiston o‗lkasini idora qilish
to‗g‗risidagi Nizom» tasdiqlandi. 1886-yil 12-iyulda imperator
Aleksandr III tomonidan yangi «Turkiston o‗lkasini idora qilish
to‗g‗risidagi Nizom» tasdiqlandi. Mazkur Nizomning asosiy
maqsadi o‗lkada ma‘muriy boshqaruvni mustahkamlash va yerdan
foydalanish tartiblarini o‗zgartirishdan iborat bo‗lgan. Nizomga
muvofiq Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi.
Xo‗jand, Jizzax, Kattaqo‗rg‗on, Samarqand uyezdlari uning
tarkibiga kiritildi. Qurama uyezdining nomi Toshkent uyezdi deb
o‗zgartirildi.
519
Fargo'na tashkil etilgan yilda nima bo'lgan?
1876-yil Senatga bo‗lgan saylovlarda
respublikachilar qo‗li baland keldi. Fransiya.
1876-yilda Farg‗ona viloyati (markazi Yangi Marg‗ilon,
keyinchalik Skobelev hozirgi Farg‗ona shahri). 1876-yilda esa
Britaniya o‗z qirolichasi Viktoriyani Hindistonning imperatori
deb e‘lon qildi.
520
Farobiy nima uchun ―Muallim us-soniy‖ deb
atalgan???
Farobiy yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi
va jahonga targ‗ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta
o‗zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo‗shgani uchun Sharqda
Arastudan (Aristotel) keyingi yirik mutafakkir - ―Muallim us-
soniy‖ va ―Sharq Arastusi‖ nomlari bilan shuhrat topdi.Yunon
falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga
targ‗ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o‗zlashtirib,
fanlar rivojiga ulkan hissa qo‗shgani uchun
521
Fashist ustidan sud qayerda bo‘lgan?
Nyurenburgda.
522
FERMOPIL JANGI (Forslar g‘alabasi)mil.
avv. 480-yilda bo'lib o'tgan. Leonid 300
spartalikdan boshqa barcha yunon
jangchilariga chekinishni buyurgan.
Spartaliklarning barchasi jang maydonida qahramonlarcha halok
bo'ldi. Ushbu voqea «Uch yuz spartalik jasorati», deb tarixda
mashhur bo'lib qolgan. Fermopil jangidan keyin Kserks
qo'shinlari O'rta Yunonistonga yetib borib, Afinani ishg'ol
qilganlar.
523
Filipp IV va Bonifatsiy VIII o‘rtasidagi mojora
nima edi?
Yevropa hukmdorlaridan Filipp IV birinchi bo'lib katta yer-
mulklarga egalik qilayotgan cherkovdan soliq talab qiladi. Rim
papasi Bonifatsiy VIII (1294-1303) ruhoniylarga Fransiya qiroliga
soliq to'lashni man etishdan tashqari, Filipp IV dan Flandriyaga
qarshi urushni to'xtatishini talab qiladi. Fransiya qirolining Papa
xohish-irodasiga bo'ysunmaganligiga javoban Bonifatsiy VIII
Filipp IV ning cherkovdan xoliligini tantanali e'lon qilish uchun
tayyorgarlikka kirishadi.
524
Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv
vujudga kelgan davrda bo‘lgan voqea???
Mil. avv. VIII asrda etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlatning
ittifoqi.
525
Franklar germanlarning qaysi qabilalarini
bo‘ysundirib, har yili o‗lpon to‗lashga majbur
etadilar?
Tyuring, alemann, bavar.
526
Fransiya Chadni qachon bosib oldi? Eski kitob. Fransiya 1900-yilda Chad ko‗li atrofi bo‗ysundirildi.
527
Fransiya konstitutsiya qabul uchun yigiladigan
parlamet. TA‘SIS MAJLISI.
TA‘SIS MAJLISI - konstitutsiya qabul qilish uchun yig‗iladigan
parlament.Fransiyada konstitusiya qabul qilgan organ. Shunga
o‘xshash boshqa savol?
528
Fransiyada ―Iyul monarxiya‖sidan so‘ng taxtga
kim kelgan? Lui Napoleon Bonapart.
Lui Napoleon Bonapart. (Napoleon III).
529
Fransiyada 1910-yildagi pensiya haqida
qonuniga ko‘ra pensiya necha yosh??? 65
yosh.
Fransiyada 1910-yilda esa pensiya haqida qonun qabul qilindi.
Unda pensiya yoshi 65 yosh deb belgilandi (bu ko‗rsatkich
Germaniya va Buyuk Britaniyada 70 yosh edi).
530
Fransiyada feodal tarqoqlik davrida Tuluza
grafligi qaysi ingliz qirolidan qaytarib
olindi???
Fransiya qiroli FILIPP II Angliya qiroli IOANN.
531
Fransiyada mavjud tuzumni keskin
o‗zgartirmaslik tarafdorlari???
O‗nglar - mavjud tuzumni keskin o‗zgartirmaslik, uni
konstitutsiya doirasida rivojlantirish tarafdorlari.1934-yili
hokimiyatga yana o‗nglar keldi. Fransiyada fashistik rejim
o‗rnatilishi real xavfga aylandi.1934-yili hokimiyatga yana
o‗nglar keldi. Fransiyada fashistik rejim o‗rnatilishi real xavfga
aylandi.
532
Fransiyada milliy blok qachon hokimyatga
kelgan??? 1919-yil.
Fransiyada Milliy blok qaysi yillarda g'olib bo'lgan? 1919-yil,
1928-yil, 1934-yil. Fransiyada1919-yil noyabrdagi saylovda
Milliy blok deb ataluvchi burjua partiyalaridan iborat guruh
tuzildi. 1919-yil noyabrdagi saylov jarayoni millatchilik va
«bolsheviklar xavfi» bilan qo‗rqitish ruhi ostida o‗tdi. Burjua
Do'stlaringiz bilan baham: |