mang`it, oq mang`it, qora mang`it,
qo’ng`irotlarning
qonjig`ali, qo’shtamg`ali,
otinli, chuvak tamg`ali
kabi shaxobchalari borligi haqida yozadi
.
N.V.Xanikov sanab o’tgan o’zbek qavmlaridan 28
tasi Buxoro xonligida
mavjudligini va ularning turar joylarini birma-bir ko’rsatadi. Mang`itlar Buxoro
bilan Qarshi, xitoylar Buxoro va Karmana, naymanlar Ziyovuddin, qipchoqlar
Kattaqo’rg`on
bilan Samarqand, saroylar Samarqanddan Qarshiga boradigan yo’l
atroflarida, qo’ng`irotlar Qarshi va Shahrisabz, do’rmonlar G`ijduvon, bahrinlar
Miyonqol hududidagi yerlarda istiqomat qilishi haqida gapiradi
.
Etnonimlarning paydo bo’lishi muayyan jug`rofiy hududda yashagan
xalqning
ko’hna tarixi bilan chambarchas bog`liqdir. Shu ma’noda
K.Shoniyozovning keyingi yillarda olib borgan tadqiqotlarini alohida ta’kidlash
o’rinlidir
.
16
Umumiy tilshunoslik,
turkologiya, jumladan, o’zbek tilshunosligiga doir
asarlarda etnonimlar va etnooykonimlarga tegishli fikrlar uzoq davrlardan buyon
aytilib kelinayotgani ma’lum. Lekin etnonimlar masalasi asrimiz boshidan yana
ham ko’proq tilga olinadigan bo’lib qoldi. Chunki etnonimlarning lug`aviy-
ma’noviy ma’nosi, yasalishi modellari va morfologik xususiyatlari tilshunoslikdagi
keng va atroflicha o’rganilishi kerak bo’lgan qiziqarli sohalardan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, turkiy tillardagi etnotoponimlarning rang-barangligi
va turli xil
ma’no anglatish xususiyatiga ega ekanligi tilshunos olimlarning diqqat-e’tiborini
ham o’ziga jalb etdi. Natijada, ayrim turkiy tillardagi etnotoponimlarning
o’rganilish masalasiga bag`ishlangan ilmiy ishlar maydonga keldi.
O’zbek tilining muammoli masalalarini hal qilishda ko’p ishlar qilgan,
S.Qoraev o’zining «Toponimы, antrotoponimы i etnonimы kishlaka Tamtum»,
«Geografik
nomlar
ma’nosi», «Etnonimika», «Toshkent toponimlari»,
«Toponimika ― joy nomlari haqidagi fan» kabi bir qator ilmiy asar va
maqolalarida etnotoponimlar haqida anchagina qimmatli fikrlar ayta olgan.
Tilshunos
T.Nafasovning
tadqiqotlarida
Qashqadaryo
viloyatining
toponimlari, O’zbekiston
toponimlarining tahlili, o’lkamiz oykonimlarining izohi
16
Шониёзов К. Қанг давлати ва қанғлилар. -Тошкент: Фан, 1990.- 168 б.
o’z aksini topgan. Ularda boshqa olimlarning ishlarida izohlangan toponimlar
yangicha talqin qilinishi bilan bir qatorda, ko’pgina jug`rofiy nomlarning kelib
chiqishi birinchi bor
ilmiy asosda tushuntirilgan, ko’pgina o’rinlarda
mutaxassislarning e’tiborini tortadigan fikrlar bayon etilgan.
Olim qiyosiy-tarixiy tadqiq asosida eng qadimiy aholi maskanlarining nomi
etnonimlardir, degan xulosaga keladi. Shu asosda etnooykonimlarning ma’nosini
izohlashga, ularning paydo bo’lishi va etimologiyasi masalalarini tahlil qilishga
ham katta e’tibor bergan
.
H.Hasanov o’zining «O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan» nomli kitobida
jug`rofiy nomlarning tarixi, xilma-xilligi va qonuniyatlarini qisqacha bayon etgan.
Bundan tashqari, joy nomlarini o’rganadigan toponimika to’g`risida
tushuncha
berish jarayonida misollar O’zbekiston hududi doirasida olinsa-da, joy nomlarining
eski va yangi shakllarini tahlil qilishda uzoq o’lkalar toponimikasidan qiyosiy
misollar keltirilgan. Kitobchadan O’rta Osiyo joy nomlari jumlasiga kiruvchi
etnotoponimlar haqida ham qiziqarli ma’lumotlar topish mumkin.
N.Oxunov o’z tadqiqotlarida toponim deb ataluvchi joy otlarining nomlanish
xususiyatlarini o’rgangan. Ayniqsa, etnooykonimlar tahliliga alohida diqqat qilgan
va negizida
nayman, kenagas, do’rman, saroy, qang`li, qipchoq, qatag`on
singari
etnonimlar
yotgan qishloq, mahalla, guzar nomlarining ma’nosini ochishga, nega
shunday atalganligining sababini aniqlashga harakat qilgan
Do'stlaringiz bilan baham: