Sultonova madinaning “Etnonim va etnooykonimlarning o’rganilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari” mavzusidagi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/36
Sana04.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#528095
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
etnonim va etnooykonimlarning organilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari

ming, yuz, qirq, jaloyir, saroy, 
qo`ng `irot, olchin, ag`in, nayman, qipchoq, qalmoq, chaqmoq, qirg`iz, qarlIk, 
turk
, turkman, boyovut, burlayin, qiyot, xitoy, qang`li va
boshqalar. 
Turk atamasi 
urug`, elat, ko`chmanchilar mamlakati, bahodir, kuchli, 
qudratli, alohida jangchilar, qurolsozlar, dubulg`a, sodda 
ma`nolarini ifodalashi
ilmiy manbalarda qayd etiladi. 
Turk nomi o`tmishda o`zbek xalqi va uning tiliga nisbatan qo`llanilgan. 
Bundan tashqari, O`rta Osiyo, Qozog`iston, Sibir, Kavkaz, Volgabo`yi xalqlari 
ham 
turk
deb atalgan. Ularning tili turk tili yoki turkiy til deb yuritilgan. Lekin 
o`tmishda o`zbek tilini boshqa tillardan farq qilish uchun u 
turkcha, turkistoncha, 
O`rta Osiyo turkchasi, o`zbek turkiysi 
kabi har xil nomlangan. O`zbeklarning 
o`troq qismi XVI asrgacha turk nomi bilan yuritilib kelingan, undan keyin ularning 
ma`lum qismi — shahar aholisi sart deb ataladigan bo`ldi. 
Aytilganidek¸ e
tnooykonimlar 
(urug`, qabila, millat, xalq nomlari asosida 
yaratilgan aholi punktlari nomi) tildagi eng qadimgi toponimik qatlamlardan 
hisoblanadi. Ular uzoq tarixiy davrning yodgorligi bo’lib, ma’lum xalqning 
tarixini, etnik tarkibini o’rganishda, ularning tarqalish chegarasini ko’rsatishda 
muhim manba sifatida qimmatlidir.


Etnooykonimlar xalq tarixi, turmushi, urf-odati, xo’jalik faoliyati, joyning 
tabiiy-jug`rofiy sharoiti bilan bevosita bog`liqdir. Ular xalqimiz aql-zakovatining 
mevasi, madaniy yodgorligimiz sifatida qat’iy e’zozlanmog`i, qadrlanmog`i lozim. 
Tilimiz boyligi bo’lgan joy nomlarini yozib olish, to’plash, ilmiy tahlil qilish 
hozirgi kunda zarur bo’lgan muhim masalalar jumlasiga kiradi.
Toponimika xalq tarixi, tili va turmush tarzi haqida qimmatli ma’lumot 
beruvchi fandir. Bunda etnooykonimlar alohida o’rin tutadi. Etnonim va 
etnooykonimlar turli xalq va elatlarning o’tmishini, ular amal qilib kelgan e’tiqod 
va an’analarni anglashda katta ahamiyatga egadir.
Etnonim va etnooykonimlar xalq tarixi bilan zich bog`liq bo’lib, ularda joy 
nomlarini yaratgan kishilarning ma’naviyati, turmushi, hayoti, harakter xususiyati, 
yashash tarzining o’ziga xos tomonlari o’z ifodasini topgan. Etnooykonimlar turli 
tarixiy hodisalar, xalqlar migrastiyasi, xalqaro aloqalar, shuningdek, til taraqqiyoti 
bilan bog`liq holda shakl va mazmun jihatidan o’zgarishi mumkin.
Joy nomlari orasida etnooykonimlar o’zining qadimiyligi va turg`unligi bilan 
ajralib turadi. Bu boy va o’ziga xos lingvistik material Markaziy Osiyo 
toponimikasida hali etarli o’rganilgan emas, etnonim va etnooykonimlarning atoqli 
otlar tizimida tutgan o’rnini belgilash, ularni morfologik va so’z yasalishi 
onomastik konversiya usuli, grammatik tarkib va sintaktik usul jihatidan tahlil 
qilish, lug`aviy-ma’noviy tasnifini yaratish, etimologiyasini ochish singari qator 
muammolar o’z tadqiqotchilarini kutmoqda.
Etnonimlar o’z mohiyatiga ko’ra turdosh otga yaqin turadi va ular ma’lum 
xalq, elat, qabila, urug`-aymoq nomlaridir. Etnonimlar majmui etnonimiya 
sanaladi. Leksikologiyaning, jumladan¸ nomshunoslikning ma’lum bir xalq yoki 
hudud etnonimiyasining lingvistik xususiyatlarini o’rganadigan bo’limi etnonimika 
deb yuritiladi. O’zbek tili etnonimiyasining boy materiali mavjud va ular haqida 
juda ko’p fikrlar aytilgan. Shunga qaramasdan, etnonimlarning turdosh otmi yoki 
atoqli otmi ekanligi masalasi izchil aniqlangan emas.
Xalq, qabila, urug` nomidan yasalgan joy nomlarini etnooykonimlar tashkil 
qiladi. Oykonimlar joy nomlari orasida alohida guruhdir. Aholi punktlari va uning 


ichki bo’linishlari ― qishloq, ovul, mahalla, guzar, ko’cha nomlari oykonimlar 
sanaladi. Oykonimlarning o’ziga xos xususiyatlari mavjud.
Kishi ismlari, laqablari, taxalluslari, familiyalaridan yasalgan turarjoy nomlari 
antropooykonimlar
hisoblanadi: Mo’minobod, Mulla Eshqul, Hakimoqsoqol, Usta 
Abdulla kabilar. O’simlik va daraxtlar nomlari asosida yaratilgan joy nomlari 
fitooykonimlar
sanaladi: Oqterak, Chortut, Mingtut, Mingchinor kabilar. Relefni 
bildiruvchi tepa, jar, chuqur, do’ng, dasht kabi so’zlar vositasida shakllangan joy 
nomlari 
geomorfologik 
oykonimlar sanaladi: Yo’g`ontepa, Jarariq, Dashtiso’xta, 
Dashtak, Do’ngqishloq kabilar.
Etnonimlar xususidagi dastlabki ma’lumotlar Gerodotning «Tarix», 
Strabonning «Geografiya», Pompey Trogning «Filipp tarixi», Yustinning «Pompey 
Trog epitomi» asarlarida uchraydi. Mazkur asarlarda s
kif, sak, massaget, dax
kabi 
turkiy qavm nomlari bilan birga boshqa xalq nomlari ― 
toxar, so’g`d
ham tilga 
olinadi. Ularning asarlarida bu qabilalarning qadimdan Kaspiy dengizidan Xitoy va 
Hindistongacha bo’lgan joylarda yashaganliklari haqida ma’lumot beriladi.
Etnonimlar haqidagi ma’lumotlar Markaziy Osiyo olimlari asarlarida ko’p 
uchraydi. Bunday ma’lumotlar Ibn Havqal (X asr)ning «Surat ul-arz» («Er 
kurrasining surati»), noma’lum muallifning «Hudud al-olam min al-mashriq ilal 
mag`rib» («Dunyoning sharqdan g`arbgacha bo’lgan hududlari»), Mahmud ibn 
Valining «Bahr ul-asror», Muhammad Tohirning «Ajoyib at-taboqat», Xudoyberdi 
ibn Qo’shmuhammad Xivaqiyning «Dili g`arib», aytilganidek¸ M.Koshg`ariyning 
«Devonu lug`otit turk» va Abu Rayhon Beruniy asarlarida mavjud.
Sharqning yetuk olimlaridan biri Abu Rayhon Beruniy qadimgi xalqlar, 
ularning nomlari ― etnonimlar haqida ma’lumot beradi. Alon va os urug`lari 
haqida ilk bor Abu Rayhon Beruniy xabar beradi. Amudaryo o’z oqimida 
to’siqlarga uchrab so’l tomonga ― qipchoqlar yurtiga oqa boshlagach, bu erda 
yashagan aholi Xazar (Kaspiy) dengizi qirg`oqlariga ko’chdilar, ― deydi Beruniy. 
Ular 
Alon 
va 
os 
urug`lari ekanligini yozadi.
Ma’lumki, Abu Rayhon Beruniydan keyingi davrda yaratilgan yozma 
yodgorliklar orasida¸ aytilganidek¸ Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`atit 


turk» asari turkiy etnonimlar tarixiga doir qimmatli ma’lumot beruvchi manba 
sanaladi. Mahmud Koshg`ariy o’zi yashagan davrdagi Movarounnahrda yashagan 
elatlar haqida fikr yuritgan. U umumturkiy oiladagi urug`-qabila va elatlarning 
yaqinligi, til birligi hamda o’ziga xos bo’lgan farqli tomonlarini ko’rsatib berishga 
harakat qilgan va ularning joylashish jug`rofiy xaritasini bergan.
Mahmud Koshg`ariy «Devon»idagi quyidagi ma’lumotlar fikrimizni to’la 
isbotlaydi: «
Qaz
― Afrosiyob qizining nomi. 
Qazvin
shahrini shu qurgandir. Bu 
so’zning asli 
g`oz 
o’ynaladigan joy demakdir. Chunki u shu erda turar va shu erda 
o’ynar edi. Shuning uchun ba’zi turklar Qazvinni turk shaharlaridan hisoblaganlar. 
Shuningdek, Qum shahri ham chegara hisoblanadi. Chunki qum turkcha so’zdir. 
Afrosiyobning qizi bu erda ov qilar va o’ynar edi. Ba’zilar turk shaharlari 
chegarasi Marvash – Shohijondan boshlanishini so’zlaydilar. Chunki Qazning otasi 
To’nga Alp Er ― Afrosiyobdir. U Tahmurasdan uch yuz yil keyin Marvni bino 
qilgandir. 
Ba’zilar butun Movarounnahrni turklar o’lkalaridan deb hisoblaganlar. U 
Yankanddan boshlanadi. Uning bir oti Dizruyindir. U sariqligiga ko’ra, mis shahri 
demakdir. Bu Buxoroga yaqindir. Bu erda Afrosiyobning qizi – Qazning eri 
Siyovush o’ldirilgandir. Majusiy – otashparastlar har yili bir kun bu erga kelib, 
Siyovush o’lgan joy atrofida yig`laydilar. Butun Movarounnahr, Yankanddan 
Sharqqacha bo’lgan o’lkalarni turk shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki, 
Samarqand ― Semizqand, Toshkand ― Shosh, O’zjand, Tunqand nomlarining 
hammasi turkchadir. Qand turkcha shahar demakdir. Ular bu shaharlarni qurdilar 
va shunday nom qo’ydilar. Hozirgacha ham shunday kelmoqda. Bu erlarda forslar 
ko’paygach, so’ng ular Ajam shaharlari kabi bo’lgan. Hozir turk o’lkalarining 
chegarasi Abisgun dengizi bilan o’ralgan. Rum o’lkasidan va O’zjanddan 
Chingacha cho’ziladi. Uzunligi besh ming farsax, eni uch ming farsax, hammasi 
sakkiz ming farsaxdir»

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish