171
VIII BOB. AKTUARIYLAR BOSHQARMASI VA UNING FAOLIYATINI
TASHKIL ETISH
8.1 Aktuariylarga umumiy tavsif
Qadimgi Rimda aktuari (
actuariu
) rasmiy ravishda tayinlangan, Senat
qarorlarini yozib va undagi munozaralarni kunlik
qayd qilib boradigan shaxs
hisoblangan. Ma'lumki, "aktuariy" atamasi birinchi marta biznes munosabatlarida
1762 yilda, Londonda "Adolatli hayotni sug'urtalash va omon qolish" jamiyati
tashkil etilganida ishlatilgan.
Hamkorlik to'g'risidagi hujjatda jamiyatning bosh
ijrochi direktori aktuar deb nomlanishi kerakligi belgilab qo'yilgan edi.
Ushbu
nom jamiyatni asos solgan guruhning rahbari Edvard
Rou Moreres tomonidan
tanlangan bo’lib, Moresning lotin tiliga bo'lgan sevgisini aks ettirgan. Bosh
ijrochi direktorning asosiy vazifalaridan biri, jamiyat tomonidan tuzilgan
shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish edi, bu vazifa
esa Qadimgi Rimda Senat
qarorlarini qayd etib boradigan aktuariylar bilan bir qator o'xshashliklari mavjud
edi. Jamiyatning dastlabki yillarida aktuar lavozimi kompaniya kotibi lavozimiga
ko'proq mos kelardi. U direktorlar kengashi va umumiy yig'ilishlari buyruq va
bayonnomalari uchun javobgar bo’lib, shuningdek qo'shimcha ravishda jamiyat
daromadlar va xarajatlar kitobini yuritishi kerak edi.
1775 yilda ushbu lavozimga
matematik
Uilyam Morgan tayinlandi, u o'z faoliyat doirasini maqbul sug'urta
mukofotlarini hisoblash va kompaniyaning moliyaviy operatsiyalarining
ishonchliligini ta'minlash bilan chekladi. O'shandan beri "aktuar" nomi ushbu
moliyaviy-matematik ishni bajarganlarga nisbatan qo'llanila boshlandi. "Aktuariy"
atamasi birinchi marta Buyuk Britaniya qonunchiligida 1819 yilda ishlatilgan.
Oldin aktuariylar asosan hayotni sug’urtalashda foydalanilgan. “Simulyatsiya
qilingan o'lim va omon qolish ehtimolini moliyaviy matematika” tushunchasi bilan
birlashtirish ushbu kasbning dastlabki rivojlanish belgilaridan biri bo’lgan. Keyingi
davrda aktuariylar hayotni sug'urtalashdan tashqari boshqa sug’urta
turlari bilan
ham shug’ullana boshladi. Bu sug’urta turlarida ko’proq noaniqliklar mavjudligi
sababli aktuariy hisob-kitoblarida murakkabroq matematika va statistikani qo’llash
172
talab qilinadi. Ko'pgina mamlakatlarda aktuarilar moliya va investitsiyalar
sohasida, jumladan investitsiya
portfelini boshqarish, fond birjalari brokerlari va
brokerlarni boshqarish bo'yicha tadqiqotlar, investitsiyalarning
samaradorligini
o'lchash va monitoring qilish, daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi bog'liqlikni
boshqarish yoki zamonaviy moliyaviy instrumentlar ( masalan, variantlar, kuponlar
va fyucherslar )ni tahlil qilish kabi sohalarda ham faol ish olib bormoqdalar. Ba'zi
mamlakatlarda (Fransiya va Belgiya) aktuarilar bank va boshqa moliyaviy
institutlarda ham muhim rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: