Т/Р
|
RAMZLAR
|
RASMLAR
|
МАЪНОСИ
|
1
|
Quyosh
|
Vinsent Van Gog – Arldagi qizil vinogradniklar
|
Qadimgi Misrda disk ko’rinishida tasvirlangan. Rimda esa alkimyogarlar quyoshni boylik va qayta tug’ilish ramzi deb bilishgan.
Ko’p tasviriy asarlarda quyosh yangilanish, yomon kunlarning tugashi va yaxshi kunlarning boshlanishi ma’nosini beradi. Quyoshni ko’pgina adabiy asarlarda ham beminnatlik ramzi sifatida keltirishgan. Sababi u har doim Yer yuzidagi barcha jonzotlarga o’zining nurlarini beminnat taratadi.
|
2
|
Quyosh nuri
|
|
Quyoshdan chiqqan nur – iliqlik ramzi. U qalblarga yaxshilik beruvchi, yomonlik, g’azab va hasadni erituvchi kuch sifatida qaraladi. G’arb san’atida ilohlarni quyosh nurlari ostida tasvirlagan va bunday tasvirlar ularning cherkovlarida aks ettirilgan.
|
3
|
Kamalak
|
va S. Tkachevalar - Ona diyorda
|
Greklar va rimliklar mifologiyasida Irida kamalakni yaratgan hamda yer va osmon o’rtasidagi elchi sifatida qarashgan.
Skandinariya mifologiyasida kamalak yo’l (Bivryost) orqali Asgardni (yer va osmon) o’zga olamlar bilan birlashtirgan. Afsonada aytishicha, dunyo tugashida bu ko’prik buziladi.
Hind mifologiyasida kamalak – chaqmoq va shohlar ma’budi Indraning kamoni hisoblangadi.
Buddizm dinida – nirvana holatining so’nggi pog’onasi.
Xitoyliklarda – osmon yorig’i bo’lib, uni ma’budlar rangli toshlardan yasashgan deyiladi.
Xristian dinida – Alloh tomonidan dunyoni suvga to’ldirgandan keyin, odamlarga boshqa qirg’in keltirmaslik va kechirimlikning belgisi sifatida qaraladi. Umumiy qaralganda kamalak – muqaddas ramziy belgidir.
|
4
|
Oy
|
Ayvazovskiy – To’lin oy kechasi
|
Yagonaligi uchun san’at asalarida muhabbat va oshiqlik ramzi hisoblangan. Tasviriy va amaliy san’at asarlarida qo’llaniladigan bu ramziy belgi - Yerning eng yaqin yo’ldoshi bo’lgani uchun Quyoshdan keyin tasvirlanadi. Oy ramzi ham G’arb, ham Sharq san’atida ko’p ifodalanadi. U har doim oshiqlarning yagonasi, muhabbat va sevgi iztirobida yonayotganlar uchun najot bo’lib kelgan. Oshiqlar Oyda o’z mahbubalarinig jamolini ko’radi. Adabiy asarlarda ham shoirlar, yozuvchilar qizning jamolini yorug’ to’lin oyga qiyos qilib kelishgan. Bu esa har qanday sevikli yor uchun go’zal o’xshatmadir.Oy ramzi dastlab Misr iyegroflarida qo’llanilgan. Qadimdan Oy yuzidagi dog’larni inson qiyofasidagi dog’larga qiyoslashgan. Umuman olganda, Oy ramzi keng ma’nolarda qo’llaniladi:
Islom dini ramzi;
Yagonaligi uchun san’atda muhabbat va oshiqlik ramzi;
Vaqt ramzi;
Suv va yomg’ir boshqaruvchisi ramzi;
Ayollik ramzi;
Abadiylik ramzi;
O’lim ramzi;
G’am-qayg’u, alam ramzi;
|
5
|
|