M abduraimova, N. Abdullaeya


Aktuar hisob-kitoblar (actuarial science) -



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527339
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

Aktuar hisob-kitoblar (actuarial science) - 
har xil moliyaviy faoliyat 
turlarida, birinchi navbatda sug'urta sohasida tomonlarning moliyaviy 
munosabatlarini baholashda ishlatiladigan matematik, statistik, moliyaviy, 
demografik va iqtisodiy usullar to'plami.
Aktuar hisob-kitoblar ob'ektni sug'urta qilish uchun zarur bo'lgan 
xarajatlarni aniqlashda ishlatiladi. Bu tarif stavkalarini hisoblash va sug'urta 
qildiruvchi va sug'urtalovchi o'rtasidagi moliyaviy munosabatlarni aniqlash, 
sug'urta kompaniyasining bozordagi mavqeini baholash, uning ishonchliligi va 
moliyaviy natijalarini tahlil qilishda foydalaniladigan statistik va iqtisodiy-
matematik usullar tizimidir.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, aktuariy bir necha ilmiy fanlar, ya’ni, 
xavflarni hisoblash bilan bog'liq matematikani (ehtimollik nazariyasi, matematik 
statistika, tasodifiy jarayonlar nazariyasi, aktuar va moliyaviy matematika, 
ekonometrika, xavflarni boshqarish), iqtisodiyot, huquq, axborot tizimlari, 
demografiyani yuqori darajada biladigan noyob mutaxassis bo'lishi kerak. Aslida, 


174 
butun sug'urta tizimining barqarorligi, aktuarilarning mahoratiga va bilimlariga 
bog'liq. 
Hozirgi innovatsion iqtisodiyot sharoitida sug'urta aktuarilarining asosiy 
vazifalari ko'lami juda keng bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga oladi: 

barcha sug’urtalanadigan risklarni hisoblash va guruhlash ya’ni risklarni 
klassifikatsiyalash; 

xavflarni boshqarish va baholash (shu jumladan, anderraytingdan 
foydalangan holda); 

sug'urta voqealari yuz berishining statistik ehtimolini hisoblagan holda, 
hodisalar takroriyligini baholash; 

sug'urta hodisasi yuz berganda zararni alohida risklar yoki to’liq portfel 
bo'yicha taqsimlashni aniqlash; 

kompaniyaning moliyaviy barqarorligi va to'lov qobiliyatini, sug'urta 
portfelining mahsulotlar, filiallar, agentliklar, savdo liniyalar va boshqalar 
kesimida zararliligini har tomonlama tahlil qilish; 

sug’urta shartnomalarining uzoq va qisqa muddatli xususiyatlarini hisobga 
olgan holda har bir sug'urta turi uchun tarif stavkalarini belgilash; 

sug'urta mahsulotlari tannarxini hisoblash, ish-yuritish xarajatlarini 
matematik asoslash; 

kompaniyaning sug’urtalash, qo'shma sug'urtalash, qayta sug'urtalash, 
o'zaro sug'urtalash bo’yicha majburiyatlarini bajarish uchun yetarli bo’lgan 
sug'urta zahiralarini aniq sug’urta turlari va amaldagi qonunchilikdan kelib 
chiqqan holda baholash, zahiralarning yo'qotishlarni qoplashini tahlil qilish; 

kompaniyaning ma’lum ishonch bilan yashab qolishini (buzilmasligini) 
ta'minlovchi sug'urtalovchining o'z mablag'lari hajmi va tuzilishini aniqlash 
(ustav kapitali, zahira kapitali, qo'shimcha kapitali, taqsimlanmagan daromad); 

qayta sug'urtalash yordamida kompaniyaning barqarorligini oshirish 
imkoniyatlarini tahlil qilish, qayta sug'urtalash shartnomasining turli shartlarida 
qayta sug'urtalash badallarini hisoblash; qayta sug'urtalash himoyasini 
optimallashtirish; 


175 

investitsiya qilish riskini va sug'urtalovchi tomonidan to'plangan sug'urta 
mukofotlarini joylashtirishning boshqa usullarini baholash; 

sug'urta kompaniyasining sug'urta bozorida mavqeini baholash va 
vaziyatga qarab, kompaniyaning pozitsiyasini mustahkamlash bo'yicha hisob-
kitoblar bilan tasdiqlangan tavsiyalarni shakllantirish va boshqalar. 
Aktuarilar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning muhimligini inobatga olgan 
holda, ko'p mamlakatlarda aktuarilar faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi. 
Bir qator mamlakatlarning sug'urta qonunchiligi ushbu sohada mutaxassisning 
kasbiy bilim darajasini tasdiqlovchi va sug'urta kompaniyalari bilan professional 
maslahat va hamkorlik qilishga imkon beradigan aktuar sertifikatini talab qiladi. 
Sertifikat Milliy aktuarilar assotsiatsiyasi yoki London aktuarilar instituti 
tomonidan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodga beriladi. 
Xalqaro aktuar uyushmasi tomonidan bir qancha asosiy fanlar ro'yxati 
tasdiqlangan bo’lib, bular moliyaviy matematika; ehtimollik nazariyasi va 
matematik statistika; iqtisodiyot; buxgalteriya hisobi; modellashtirish; statistik 
usullar; aktuar matematika; hayotni sug'urtalash; umumiy sug'urta; pensiyalar; 
tibbiyotni moliyalashtirish; investitsiyalar va aktivlarni boshqarish; aktuar 
boshqaruvi asoslari; professionallik kabilarni o’z ichiga oladi. 
Aktuarilarni tayyorlash dunyodagi eng qimmat ta’lim berish turlaridan biri 
hisoblanib, masalan, Angliyada to'liq kurs uchun 100 ming funt sterlingdan 
ko'proq pul talab qilinadi. Aktuariylikga nomzodlar kamida 15 ta imtihon 
topshirgan holda uch bosqichli malaka sertifikatidan o'tishadi.
O’zbekiston Respublikasida esa Moliya vazirining 2007 yil 6 sentabrdagi 
82-son buyrug’i bilan “Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi” to’g’risidagi 
nizom tasdiqlangan. 
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil
10 apreldagi PQ-618-son “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qaroriga muvofiq aktuariy malaka 
sertifikatini berish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to’xtatish va 
bekor qilish tartibini belgilaydi. 


176 
Aktuariy malaka sertifikati - jismoniy shaxsga, agar u aktuar tashkilot shtatida 
bo’lsa yoki u bilan aktuar tashkilot o’rtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma 
tuzilgan bo’lsa, aktuar xizmatlarini ko’rsatish huquqini beruvchi hujjat. 
Bu sertifikat da’vogarga malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladi. Malaka imtihoni 
topshirish uchun da’vogarlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a)
iqtisodiyot, matematika va informatika oliy ta’lim yo’nalishlari va 
ixtisosliklaridan biri bo’yicha O’zbekiston Respublikasi oily ta’lim muassasalarida 
olingan oliy ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida 
olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi oily 
ma’lumotga ekvivalent deb tan olingan oily ma’lumotga ega bo’lish yoxud 
O’zbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda olingan fizika-matematika 
yoki iqtisodiyot fanlari bo’yicha ilmiy darajaga ega bo’lish; 
b)
so’nggi o’n yil ichida kamida 5 yil sug’urta, matematika, statistika 
informatsiya sohalarida ish amaliyoti (shu jumladan o’rindoshlik asosida) yoki shu 
sohalarda dars berish stajiga ega bo’lishi kerak. 
Aktuariy malaka sertifikatini berish uchun davogar tomonidan to’lov kunidagi 
eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida, amal qilish muddatini 
uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, shuningdek uning dublikatini berish uchun esa 
to’lov kunidagi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida yig’im 
to’lanadi. Ko’rsatilgan mablag’lar Moliya vazirligining shaxsiy g’azna 
hisobvarag’iga o’tkaziladi va malaka imtihonlarini o’tkazish, aktuariy malaka 
sertigikatlarini rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun 
foydalaniladi. 
Da’vogar aktuariy malaka sertifikatini olish uchun Moliya vazirligiga malaka 
imtihonini ruxsat berish to’g’risidagi ariza bilan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan 
holda topshiradi: 

anketa; 

diplom; 

mehnat daftarchasidan notarial tasdiqlangan ko’chirma; 


177 

to’rtta fotosurat (3 x 4); 

yig’im to’langanligini tasdiqlovchi bank to’lov hujjati. 
Ko’rsatilgan hujjatlar bitta nusxadan taqdim qilinadi. 
Moliya vazirligiga ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kun muddatda 
da’vogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish to’g’risida 
qaror qabul qilinadi. Rad etish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda Moliya 
vazirligi da’vogarni 3 kun muddat ichida rad etilish asoslarini ko’rsatgan holda 
yozma ravishda xabardor qiladi. Ruxsat berish to’g’risidagi qaror qabul qilinganda 
esa da’vogarlarning ro’yxatini imtihon komissiyasiga topshiradi. 
Malaka imtihonini tashkillashtirish va o’tkazish uchun Moliya vazirligi 
tomonidan imtihon komissiyasi tashkil qilinadi. Imtihon komissiyasi rais, rais 
o’rinbosari, kotib, va kamida uch a’zodan iborat bo’ladi. Imtihon kamida uch oyda 
bir marta o’tkazilib, sanasini Moliya vazirligi belgilaydi. Imtihon natijalari 
o’tkazilgan sanadan ikki kundan kechiktirilmagan holda e’lon qilinadi. 
Barcha mamlakatlarda ayniqsa sug’urta bozori rivojlanayotgan davlatlarda 
aktuariyga bo’lgan talab doimiy ravishda o'sib bormoqda. Aktuariydan malaka 
sertifikatidan tashqari qobiliyat, kuch, vaqt va pul talab etiladi. Ammo chet elda 
aktuariy kasbi eng yuqori haq to’lanadigan va obro’li kasb hisoblanadi. 
Dunyoda ko'pgina aktuar milliy tashkilotlar mavjud. Ularning eng taniqlilari 
Amerika aktuarilar jamiyati, bir qancha xalqaro aktuariylar uyushmalari, Buyuk 
Britaniya aktuariylar instituti (1848) va fakulteti (1856) bo’lib, bu institut va 
fakultet 2010 yil 1 avgustda birlashgan. 
1895 yilda, yuqorida aytib o'tilganidek, Belgiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk 
Britaniya va AQSH milliy aktuariylik jamiyatlari Bryusselda joylashgan Xalqaro 
aktuar uyushmasini (International Actuarial Association – IAA) tashkil etishdi. 
1998 yilda Assotsiatsiyaga yangi konstitutsiya qabul qilindi va 2010 yilda qayta 
tashkil etildi. Hozirgi kunda Xalqaro aktuar uyushmasi professional aktuar 
tashkilotlarini birlashtirgan kuchli xalqaro tuzilma hisoblanib, har to’rt yilda bir 
marta har xil davlatlarda o’zini Kongresslarini o’tkazadi. Xalqaro aktuarilar 
kongresslarining an'analaridan biri bu barcha milliy aktuariylik jamiyatlarga 


178 
o’zining tuzilishi, faoliyati, aktuar ilmi va amaliyotining dolzarb muammolari 
to'g'risida ma'lumot berish, qiziqarli statistik ma'lumotlarni taqdim etish 
hisoblanadi. Kongresslar haqiqiy fan vakillarini va uning amaliy dasturlari mavjud 
katta ilmiy dasturni o'z ichiga oladi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish