128
Ma‘mur – restoran zalida ishni tashkil etuvchigina emas, balki mehmonlarni
qarshi oluvchi, kelishmovchiliklarni bartaraf etuvchi hamdir. Restoranni uyga
o‗xshatadigan bo‗lsak, ma‘mur – uy mezbonidir. Uyga mehmon kelsa, mezbon nima
qiladi? To‗ppa-to‗g‗ri – ularni quchoq ochib qarshi oladi va mehmonlar bu yerda
o‗zlarini o‗z uyidagidek his qilishlarini ta‘minlashga qo‗lidan
kelgancha harakat
qiladi.
Ofitsiantlar yaxshi xizmat ko‗rsatishlari, ma‘murlar esa mehmonlarni yaxshi
qarshi olishlariga erishishning birdan-bir yo‗li bu lavozimlarga mazkur ishga
qobiliyati bo‗lgan odamlarni olishdir.
Xodimlarni o„qitib-o„rgatish
jarayoni uzluksiz bo‗lishi lozim, Chunki uning
natijalari motivatsiyalash dasturlari bilan uzviy bog‗liq.
Xodimlarni o‗qitib-o‗rgatishni rejali asosda tashkil etish va amalga oshirish
zarur. Umuman olganda xodimlarni o‗qitib-o‗rgatish quyidagi dasturlarni o‗z
ichiga
olishi mumkin:
1)
o„z
bazasida o‗z kuchlari bilan o‗qitib-o‗rgatish ichki dasturini;
2) o‗z bazasida
chetdan jalb qilingan
tashkilotlarning kuchlari bilan o‗qitib-
o‗rgatish ichki dasturini;
3)
ixtisoslashgan
ta‘lim markazlarida malaka oshirish dasturlarini.
Dastlabki ikki band barcha xodimlarni o‗qitib-o‗rgatishga qaratilishi mumkin
bo‗lsa, oxirgi band – bu ayrim xodimlar uchun mo‗ljallangan ta‘lim jarayonidir.
1. Xodimlarni korxonaning o‗z bazasida o‗z kuchlari bilan o‗qitib-o‗rgatish
ichki dasturi
ularga shu korxonada tasdiqlangan ish prinsiplari va asosiy qoidalarni
o‗rgatish maqsadini ko‗zlaydi. Restoranda tayyorlanadigan
taomlarning nozik
jihatlarini oshpazlarga o‗rgatish bilan bosh oshpaz shug‗ullanadi. Iste‘molchilar bilan
bevosita ishlaydigan xodimlarga kelsak, ularni o‗qitib-o‗rgatish ushbu bosqichda: 1)
xizmatlar ko‗rsatish standartlari, ularni qo‗llash amaliyotini va 2) taomnoma
tarkibining xususiyatlarini qamrab oladi.
Bu dastur yangi xodimlar uchun mo‗ljallangan bo‗lib, ular restoran bilan
tanishibgina qolmasdan, balki unda qabul qilingan xizmatlar ko‗rsatish standartlarini
amalda bajarishni ham o‗rganishlari lozim.
129
Har qanday sotuvchi o‗z tovarini yaxshi bilishi kerak, shu sababli taomnomani,
turli xil taomlarni tayyorlash xususiyatlari va ularning ingridientlarini, bar
assortimentini bilish ofitsiantning muqarrar kasbiy fazilati hisoblanadi.
2. Sotish – bu bilim hamda sotuvlar va psixologiyaning
asosiy prinsiplarini
tushunishga ko‗paytirilgan iste‘dod. Sotuvlar jarayonida ishontira olish, mehmonning
e‘tirozlarini hamda shubhalar va ishonchsizlikda ifodalangan qarshiligini enga bilish,
suhbatni tadrijiy yakuni, ya‘ni sotuvga keltira olish kabi ko‗nikmalar ishga solinadi.
O‗qitib-o‗rgatish jarayonining ikkinchi bosqichi –
treninglar
ayni shu ko‗nikmalarni
rivojlantirishga bag‗ishlangan. Bu treninglar jalb qilingan mutaxassislar (biznes-
trenerlar) yordamida o‗tkaziladi.
Treninglar – amaliy ko‗nikmalarni jadal sur‘atlarda o‗zlashtirishning eng
zamonaviy va qulay usuli. Treninglar jarayonida ofitsiantlar taomnomani taklif qilish,
mehmon bilan suhbatlashish va uni nimagadir ishontirish yo‗llarini maxsus mashqlar
yordamida o‗zlashtiradilar.
3. Malaka oshirish dasturlari ayrim xodimlar uchun mo‗ljallangan va ularda
yanada murakkabroq kasbiy ko‗nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Bu
dasturlar mavjud bilimlar va ko‗nikmalarni takomillashtirish uchun maxsus ishlab
chiqilgan (masalan, ―Zalning samarali menejeri‖, ―Restoran boshqaruvchisi‖ va
sh.k.). Umuman olganda, bunday dasturlar tegishli lavozimlar uchun bazaviy
hisoblanadi, lekin o‗z xodimlarini qimmat turadigan kurslarga o‗qishga
yuborishga
barcha restoranlarning ham qurbi etavermaydi. Odatda malaka oshirishga yuborish
motivatsiyalash dasturiga xodimlarning sodiqligini oshirish doirasida bonus sifatida
kiritiladi.
Malaka oshirishni mehnatga haq to‗lashni oshirish bilan bog‗lash talab etiladi.
Aks holda turli treninglar va kurslarda o‗zlashtirilgan ko‗nikmalarni amalda
qo‗llashga xodimni hech narsa rag‗batlantirmaydi va sarflangan pullar havoga
sovuriladi. Hamonki xodimning malakasi oshgan ekan, demak, u endi o‗z mehnatiga
ko‗proq haq olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: