O‗zbеkistоn rеspublikasi оliy vа o‗rtа mахsus tа‘lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot univеrsitеti


Mazkur tadqiqot jarayonida hal qilinadigan maqsad va vazifalarni belgilash   2



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/158
Sana03.04.2022
Hajmi3,53 Mb.
#526810
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158
Bog'liq
Turizm&Servis Kaf 04 RESTORAN SERVISINI TASHKIL ETISH 10ta

1.
Mazkur tadqiqot jarayonida hal qilinadigan maqsad va vazifalarni belgilash 

2.
Tadqiqotchining xulq-atvorini belgilovchi va tadqiqot vazifalariga muvofiq 
keluvchi afsonani yaratish

3.
So‗rovnoma tuzish (baholash ko‗rsatkichlari va mezonlarini belgilash) 

4.
Sirli mehmon roliga nomzodlarni tanlash, ularga yo‗l-yo‗riq ko‗rsatish

5.
Tadqiqotni o‗tkazish

6.
Olingan natijalarni tahlil qilish 

7.
Mavjud motivatsiya dasturlariga tuzatishlar kiritish yoki bunday dasturlarni 


86 
yaratish haqida qarorlar qabul qilish (agar ular bo‗lmasa) 
4.4-rasm

―Mystery Guest‖ tadqiqotini o‗tkazish sxemasi
So‗rovnoma tadqiqotni o‗tkazishga taxtlangach, Sirli mehmon rolini o‗ynashga 
talabgorlarni tanlash va ularga yo‗l-yo‗riqlar ko‗rsatish amalga oshiriladi. Shundan 
so‗ng axborot yig‗ishga kirishiladi. Muhimi shundaki, Sirli mehmon rolini 
o‗ynayotgan odam odatdagi tashrif buyuruvchilar kabi o‗zini erkin va tabiiy tutishi, 
restoran xodimlari bilan tanish bo‗lmasligi kerak. Keyingi bosqichda olingan axborot 
tahlil qilinadi va uning natijalariga muvofiq rahbariyat muayyan xulosalar chiqaradi, 
xodimlarni o‗qitib-o‗rgatish va motivatsiya dasturlarini o‗zgartirish xususida qarorlar 
qabul qiladi. So‗nggi zikr etilgan omil juda muhim – o‗tkazilgan tadqiqot natijalarini 
papkalarga yashirmang, ulardan o‗z biznesingizni rivojlantirish yo‗lida foydalaning.
Endi restoran sohasiga xos bo‗lgan muammolarni aniqlash uchun ―Mystery 
Guest‖ metodi bilan tadqiqotni amalda o‗tkazish taomilini ko‗rib chiqamiz.
―LazzaT‖ kafesining egasiga uning tanishlari xizmatlar ko‗rsatish saviyasining 
pasayganidan shikoyat qila boshladilar. Xususan, ofitsiantlar uzoq kutishga to‗g‗ri 
kelayotgani, ularning tashrif buyuruvchilarga befarqligi aytildi.
Shunday qilib, ―Mystery Guest‖ metodi bilan o‗tkaziladigan tadqiqotning 
maqsadi
– ―LazzaT‖ kafesi mijozlarining mavjud servisdan ko‗ngli to‗lmayotgani 
sabablarini aniqlash. Tadqiqot jarayonida hal qilish talab etiladigan 
vazifalar

ofitsiantni kutish vaqtini aniqlash va kafega tashrif buyuruvchilarga xodimlarning 
munosabati haqida tasavvur hosil qilish.
Ikkinchi bosqichda Sirli mehmon tadqiqotni o‗tkazishda foydalanadigan 
afsona
ni yaratamiz (ishtirokchilar soni maqsad va vazifalarga qarab belgilanadi).
Ishtirokchi uchun afsona 
Yosh ayol kechqurun ishdan keyin ―LazzaT‖ kafesiga tashrif buyuradi. Uning 
maqsadi – dugonasi bilan (u biroz kechikyapti) dasturxon atrofida gurunglashib dam 
olish. Ayolning tashqi ko‗rinishi va kayfiyatidan u ko‗p pul sarflash niyatida emasligi 
va choychaqa ham katta bo‗lmasligini tushunish mumkin. Ayni vaqtda u o‗ziga 
alohida e‘tibor ko‗rsatishni talab qiladi. Uning o‗zini tutish senariysi: 


87 

taomnomani o‗rganish, taomlar tarkibi xususida bir nechta savol berish; 

choy va desert buyurtma qilish; 

qo‗shimcha yana biror narsa (salfetka, qoshiqni almashtirish yoki shakar 
keltirish)ni so‗rash; 

taomnomani yana bir marta so‗rash; 

hisob-kitob qilishni so‗rash; 

hisob-kitob qilish. 
Senariy odatdagi tashrif buyuruvchilar harakatlarining turli xil variantlarini 
o‗zida ifodalashi mumkin. Hammasi sizga qaysi turdagi axborot kerakligiga bog‗liq. 
Xizmatlar ko‗rsatish borasida qandaydir kamchiliklar borligiga shubha qilayotgan 
bo‗lsangiz, ularni tadqiqotda rivojlantirishingiz, u yoki bu holda xodimlar o‗zini 
qanday tutishini tekshirishingiz mumkin. 
So„rovnoma
tuzish uchun tadqiqot ishtirokchisi nimani va qanday baholashi 
lozimligini aniqlash talab etiladi. Buning uchun berilgan maqsad va vazifalarga 
muvofiq baholash talab qilinadigan ko‗rsatkichlarni sanab o‗tamiz. ―LazzaT‖ kafesi 
bilan bog‗liq misolda bu: 
1) ofitsiantni kutish vaqti; 
2) xodimlarning tashrif buyuruvchilarga munosabati: u qarshi olishdan 
boshlanadi, tadqiqot ishtirokchisi kafeda bo‗luvchi vaqt mobaynida u bilan muloqot 
qilishni o‗z ichiga oladi va mehmonning muassasani tark etishiga xodimlarning 
munosabati bilan tugaydi. 
Ko‗rsatkichlar turli shkalalar bo‗yicha baholanishi mumkin. Bunda shuni 
e‘tiborga olish lozimki, shkala qancha uzun va chigal bo‗lsa, baholarning xolisonalik 
darajasi shuncha past bo‗ladi, Chunki psixologik omillar ta‘sirida bitta konkret 
bahoni tanlash bunday tanlash imkoniyati ko‗payishi bilan og‗irlashib boradi 
(masalan, o‗n balli shkala bo‗yicha baho qo‗yish besh balli shakala bo‗yicha baho 
qo‗yishdan og‗irroq). Shu sababli ―LazzaT‖ kafesi bilan bog‗liq misolda biz besh 
balli shkalani tanlaymiz, bu yerda ―1‖ – eng past baho, ―5‖ – eng yuqori baho. 
―Mystery Guest‖ metodi bilan tadqiqot o‗tkazish uchun namunaviy blanka 
(so‗rovnoma) 8-ilovada keltirilgan.


88 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish