2.2.1 a) tushuntirish xatiga sharhlar
1. Mahkamlash moslamasi
Quyida tasvirlangan mahkamlovchi moslama 2-ilovaning 2-moddasini 1
a)-bandi qoidalariga javob beradi, bunday moslamalarning yetarlicha
miqdori tashqi tomondan va 6-ilovaning 2.2.1 a) tushuntirish xatining
qoidalariga muvofiq ichki tomondan ishonchli mahkamlanganligi sharti
bilan o‘rnatilishi mumkin.
(TRANS/WP.30/123, 34-36-bandlar; TRANS/WP.30/127, 45-band;
TRANS/WP.30/AC.2/23, 3-ilova)
O‘rnatilish ketma-ketligi
2 3 4
Bolt tirqishga
o‘rnatiladi. Unga
teskari tomondan
vtulka kiydiriladi.
So‘ngra boltga
uchlik kiydiriladi.
O‘rnatuvchi
instrument bilan
uchlik boltni tortadi
va listlarni siqadi.
Keyingi kuchning
ta’siri ostida vtulka
qulflovchi
ariqchalarga
presslanadi.
Kuchning ortib
borishi chorasi
bo‘yicha
presslangan
vtulkani
uchlikdan ajratib,
boltning o‘zagi
sinadi.
2. Mahkamlash moslamasi
Misollari quyida keltirilgan mahkamlash moslamasi 6-ilovaning 2.2.1 a)
tushuntirish xatining qoidalariga muvofiq keladi. Unga xos, masalan,
katta diametrdagi yassi boshcha, nakatkali boshtagligi yoki boshchaning
ichki tomonlarida kvadrat boshtagligi va nakidkali gayka (plastik ishg‘ol
qilish bilan) bilan qulflovchi bolt kabi, texnik xarakteristikalarni inobatga
olgan holda, bu moslama biron bir payvandlash, mixparchinlash va
hokazolarsiz yuk bo‘linmasining ichkarisida qattiq mahkamlanishi
mumkin. Garchi ushbu mahkamlovchi moslamaning yig‘ilishi yig‘ilishi
kerak bo‘lgan tarkibiy elementlarning ikki tomonidan kuch ishlatishni
talab etadi, bu moslama faqat nakidkali gayka tomonidan, ya’ni yuk
bo‘linmasining ichkarisidan demontaj qilinishi mumkin. Bu kvadrat
boshtagligi bilan moslama odatda yuk bo‘linmasiga oshiq-moshiqlarni
mahkamlash uchun qo‘llaniladi.
(TRANS/WP.30/135, 43 va 44-bandlar; TRANS/WP.30/137,
59-61-bandlar; TRANS/WP.30/AC. 2/27, 3-ilova)
Mahkamlash moslamasining misoli
Nakatkatli boshtagligi
O‘rnatish kaliti
Nakidkali gayka
Ichkaridan
Qulflovchi bolt
Tashqaridan
Katta diametrdagi
yassi boshcha
Kvadrat
boshtagligi
Yuk bo‘linmasini pollarini mahkamlash uchun pnevmatik o‘rnatiluvchi
shpilkalar
Konstruksiyalardan birida o‘zi kesuvchi shuruplarning rezbasiga
ahamiyatli darajada o‘xshash gelikoidal rezbali shpilkalar qo‘llaniladi,
ular pol nisbatan ingichka bo‘lganida bog‘lanishning mustahkamligini
oshiradi. Bunday usulda shpilkani o‘rnatish jarayonida shpilkaning
xromruxlangan qoplamasi pol ustuni materiali bilan payvandlanishi
sodir bo‘ladi, buning natijasida ularning orasidagi ulanishning
yetarlicha mustahkamligiga erishiladi.
(TRANS/GE.30/33, 125-band; TRANS/GE.30/GRCC/10, 52-54-bandlar)
O‘zi burg‘alovchi va o‘zi kesiluvchi shuruplar
1-rasmda tasvirlangan o‘zi kesiluvchi, o‘zi burg‘alovchi shurup
Konvensiyaga 6-ilovaning 2.2.1 a) a) tushuntirish xatining ma’nosi
bo‘yicha o‘zi kesiluvchi shurup sifatida ko‘rilmaydi. 6-ilovaning 2.2.1 a)
a) va b) tushuntirish xatining qoidalariga muvofiq bunday o‘zi kesiluvchi,
o‘zi burg‘alanuvchi shuruplar metall ustunlarning pastki qismiga
payvandlanishi kerak. Aks holda ushbu shuruplardan ba’zilarida bo‘rtib
turuvchi qismi 2-rasmda ko‘rsatilgani kabi 45 gradusdan kam bo‘lmagan
burchak ostida bukilishi mumkin. Biroq, 3- va 4-rasmlarda ko‘rsatilgan
pol konstruksiyasi namunalari bilan birgalikda qo‘llanilish holatida,
shuruplarning payvandlanishi yoki bukilishi majburiy hisoblanmaydi.
(TRANS/WP.30/135, 48-51-bandlar; TRANS/WP.30/AC.2/27, 3-ilova)
1-rasm
O‘rnatish tartibi
Tuzilmaviy komponent I (yog‘och)
Tuzilmaviy komponent II (po‘lat)
1. Yog‘ochga burab qotirilishi 1
2. Yog‘och qatlami va po‘lat qatlami 2
3 o‘tilgan (kesuvchi patlar
metallga yaqinlashishda I
sinib tushadi)
II
3. Rezba kesilishini yakunlash
(tuzilmaviy komponentlar 1 va 2
bog‘langan)
B-C
kesmasi
B Oldingi devor
C
2-rasm
A ko‘rinish
3-rasm
Pol va qo‘shimcha yedirilishga
turg‘un qoplama o‘zi
burg‘alovchi shuruplar
yordamida shassiga
mahkamlanadi
4-rasm
Moslashtirilgan bruslardan yaratilgan
pol o‘zi burg‘alovchi shuruplar
yordamida shassiga mahkamlanadi
Yopiq mixparchinlarni ishonchliligi
Umuman olganda, mazkur Konvensiyaning qoidalariga muvofiq yopiq
mixparchinlarning qo‘llanilishi taqiqlangan (6-ilova, 2.2.1 a) s)
tushuntirish xatlari). Boshqa tomondan, yopiq mixparchinlar umuman
olganda 6-ilova, 2.2.1 a) a) tushuntirish xatlarining talablariga javob
beruvchi mahkamlovchi moslamalarning yetarlicha soni bilan tarkibiy
elementlarning ulanishi shartida qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin.
(TRANS/WP.30/137, 54-58-bandlar; TRANS/WP.30/AC.2/29, 3-ilova)
Do'stlaringiz bilan baham: |