b)
eshiklar va boshqa yopish tizimlari (jumladan qulflovchi kranlar,
tuynuklarning qopqoqlari, flanslar va hokazolar) bojxona muhrlari
va plombalari qo‘yilishi mumkin bo‘lgan moslamalarga ega bo‘lishi
kerak. Ushbu moslama shunday bo‘lishi kerakki, uni tashqaridan
yechib olish va ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan o‘rniga qayta
o‘rnatish mumkin bo‘lmasligi va eshiklar va qulflovchi qurilmalar
bojxona muhrlarini va plombalarini buzmasdan ochilmasligi kerak.
Oxirgilar muvofiq tarzda himoyalangan bo‘lishi kerak. Ochiluvchan
qopqoqlarni qilishga ruxsat etiladi;
2-moddaning 1 b)-bandiga tushuntirish xati
2.2.1 b) Eshiklar va boshqa yopish tizimlari
a) Bojxona muhrlari va plombalari qo‘yilishi mumkin bo‘lgan
moslamalar quyidagicha bo‘lishi kerak:
i) payvandlash yoki 2.2.1 a) tushuntirish xatining a)-bandi
talablarini qoniqtiruvchi hech bo‘lmaganda ikki
mahkamlovchi detallar yordamida mahkamlanishi kerak;
yoki
ii)
yuk bo‘linmasini yopish va muhrlashdan keyin
ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan ushbu moslamani
yechib olish mumkin bo‘lmaydigan ko‘rinishdagi
konstruksiyaga ega bo‘lishi kerak.
U, shuningdek, quyidagicha bo‘lishi kerak:
iii) kamida 11 mm bo‘lgan diametrdagi tirqishga yoki 3 mm
kenglikda kamida 11 mm uzunlikdagi teshikka ega
bo‘lishi kerak; va
iv) muhrlar yoki plombalarning qo‘llaniluvchi turiga bog‘liq
bo‘lmagan holda xavfsizlikning teng darajasini
ta’minlashi kerak.
b)
Eshiklarni osish uchun oshiq-moshiqlar, osmalar, sharnirlar va
boshqa detallar va hokazolar mazkur tushuntirish xatining a)
bandini i) va ii) bandostilari talablariga muvofiq tarzda
mahkamlanishi kerak. Bundan tashqari, bunday qurilmalarning
turli xil tarkibiy qismlari (masalan, oshiq-moshiqlar, buraluvchi
o‘qlar yoki sharnirlar), agar ular yuk bo‘linmasining bojxona
xavfsizligini kafolatlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, yuk
bo‘linmasining yopilgan va muhrlanganida ularni yechib olish
yoki ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan qismlarga bo‘lish mumkin
bo‘lmaydigan shunday tarzda mahkamlanadi; (1 a) rasmni
ko‘ring, 6-ilova).
Biroq, bunday qurilmaga tashqari tomondan kirish yo‘q bo‘lgan
holatda, oshiq-moshiqdan yopilgan va muhrlangan eshikni yoki
ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan shunga o‘xshash qurilmani
bo‘shatib bo‘lmasligini ta’minlash yetarli bo‘ladi. Agar eshik yoki
qulflash tizimi ikkita oshiq-moshiqdan ortig‘iga ega bo‘lgan
holatda, faqat eshikning chetlariga ikki yaqin oshiq-moshiqlar a)-
bandning i) va ii)-bandostilarida yuqorida keltirilgan talablar
bilan
muvofiqlikda
mahkamlanishi
kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.8, 1987 yil 1 avgustda kuchga kirgan)
2.2.1 b) b) tushuntirish xatiga sharhlar
Eshik yoki ikkitadan ortiq oshiq-moshiqqa ega bo‘lgan eshiklarni
yopish tizimi
Agar eshik yoki eshiklarni yopish tizimi ikkitadan ortiq oshiq-
moshiqlarga ega bo‘lgan holatda, vakolatli organlar Konvensiyaga 2-
ilovaning 1-moddasi talablariga rioya qilish maqsadida qo‘shimcha
oshiq-moshiqlarni mahkamlanishini talab qilishi mumkin.
(TRANS/WP.30/AC.2/35, 6-ilova; TRANS/WP.30/155, 45-band)
Ikki tabaqali qisqa yon tomon oshiq-moshiqlari
Quyida tasvirlangan qurilma 6-ilova 2.2.1 b) tushuntirish xatining b)-
bandi va a) ii)-bandosti talablariga javob beradi.
Rezbali tirqishli plita
O‘zak
(vintning olti qirrali
boshchasisiz)
Tirgak
M 8 M 8
Do'stlaringiz bilan baham: |