Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda sintaksis elementlarini o‘rganish. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni punktuatsiya elementlari bilan tanishtirish Reja



Download 248,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana03.04.2022
Hajmi248,23 Kb.
#525896
1   2   3   4   5
Bog'liq
5. maruza

2-Gapni o‘rganishdagi izchillik 
Dasturga ko‘ra, 1-sinfda o‘quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar 
beriladi. Gap tugallangan fikr biidirishi, gap so‘zlardan tashkil topishi, uning 
oxiriga ma’lurn tinish belgilari qo‘yilishi haqida amaliy ma’lumotlar beriladi. 
2-sinfda 
esa o‘quvchilar gap haqida nazariy tushunchalar oladilar. Ular 
gapdan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini 
bildirgan so‘zni ajratishga o‘rganadilar. Aslida gapning grammatik asosi ustida 
ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo‘laklarni o‘rganishga muqaddima 
bo‘ladi. 
3-sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir. O‘quvchilar gapni amaliy 
o‘rganishdan tushuncha sifatida o‘rganishga o‘tadilar. Ular gapning muhim 
belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda bosh va ikкinchi darajali bo‘laklarning 
ta’rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi. Bu sinfda gapda so‘zlarning bog‘lanishiga 
katta e’tibor beriladi. O‘quvchilar gapning asosi (ega va kesim)ni ajratadilar
ikkinchi darajali bo‘laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so‘z (hokim va tobe 
so‘z)ni, so‘zlarning grammatik jihatdan, ya’ni qo‘shimchalar orqali bog‘lanishini 
bilib oladilar. 
4-sinfda gapning uyushiq bo‘laklarini o‘rganish bilan gap bo‘laklari haqidagi 
bilim kengaytiriladi. 


Shunday qilib, o‘quvchilarda gap bo‘laklari haqidagi tasavvurni o‘stirish 
gapni o‘zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari gap bo‘laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali 
bo‘laklarga) bo‘linishini o‘zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo‘laklar 
turlarga ajratilmaydi. Gapni o‘zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali 
bo‘laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil 
qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali 
bo‘laklar esa bosh bo‘laklarni aniqlovchilik va to‘ldiruvchilik vazifasini bajaradi. 
Ikkinchi darajali bo‘laklarning mohiyatini ochish uchun o‘quvchilar gapni 
tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo‘lagiga bog‘lanib, uni izohlab kelayotganini 
aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo‘laklarning xususiyatlari gapni yoyish (yig‘iq 
gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, o‘quvchilar „ 
Qaldirg‘ochlar uchib keldi “ gapini yozadilar. Fikrni to‘liq ifodalash uchun gapga 
qayerga? va qachon? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni qo‘yish topshiriladi. 
O‘quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo‘lagi (ikkinchi darajali bo‘lak) fikrni 
yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar. 

Download 248,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish