PEDAGOGIKA 2018, 5-son 7 yaratishga buyurtma beradi va uni ma’qullaydi hamda tegishli yuqori
tashkilotlarga tasdiqlash uchun tavsiya etib boradi.
Maxsus sirtqi bо‘lim talabalari kunduzgi bо‘lim talabalaridan tayyorgarligi
jihatdan tubdan farq qiladi. Kunduzgi bо‘limda pedagog xodimlar tomonidan
yetkaziladigan materiallarni talabalar yangilik sifatida qabul qiladi. Maxsus sirtqi
bо‘lim talabalari esa aksariyat fanlar bо‘yicha muayyan bilimga ega va uni
hayotda qо‘llab kelgan, bu esa oliy ta’lim muassasasi pedagoglariga katta
mas’uliyat bilan saboq о‘tishlarini taqozo etar edi. Bu, sо‘zsiz, mazkur
bо‘limdagi amaliy ish tajribasiga ega bо‘lgan talabalarga munosib saboq bera
oladigan pedagog xodimni tanlash muammosini ham keltirib chiqarar edi.
Ushbu masala muvofiqlashtiruvchi kengashda va tegishli kafedralar majlisida
doimiy ravishda muhokama qilib borilmoqda va bu muammo hal qilinib,
turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan mutaxassislar almashish ham yо‘lga
qо‘yildi.
Maxsus sirtqi bо‘limda fanlar bо‘yicha sessiya oralig‘i mustaqil ishlari topshiriqlari tо‘plamini yaratish va uni amaliyotga kiritish eng muhim о‘quv-
metodik ish hisoblanadi. Sessiya oralig‘i mustaqil ishlari oraliq nazorat shakli
bо‘lsa-da, u talabani muayyan fan bо‘yicha tо‘liq tayyorgarligini ta’minlash, shu
asosda yakuniy nazoratga tayyorlash vazifasini bajaradi hamda sifatli kadr
tayyorlashning muhim tadbiri bо‘lib xizmat qiladi. Bu murakkab ijodiy ishga
yuksak attestatsiyali va tajribali pedagoglar jalb qilingan hamda uni yanada
takomillashtirish choralari ham belgilangan.
Universitetda talabalarni masofada turib о‘qitish uchun on-layn
(masofada turib real vaqt rejimida videoma’ruzalar, maslahatlar, nazorat
turlarini о‘tkazish) va off-layn (masofada turib о‘qitish tizimidagi tegishli о‘quv-
metodik resurslarni mustaqil ravishda о‘zlashtirish) rejimlarida ishlovchi о‘quv
jarayoniga moslasha oladigan veb-tizimli о‘quv platformasi yaratilgan va
talaba.tdpu.uz internet manzili orqali maxsus sirtqi bо‘lim talabalarining asosiy
ish joyidan ajralmagan holda masofada turib о‘quv rejasidagi barcha fan
dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil о‘zlashtirish imkoniyati yaratilgan.
Bunda har bir talabaga individual tarzda о‘quv platformasiga kirish uchun login
va parollar taqdim etilgan. О‘quv platformasiga maxsus sirtqi ta’lim yо‘nalishlari
uchun mas’ul kafedra pedagoglari tomonidan fanlar bо‘yicha zarur barcha
о‘quv me’yoriy hujjatlar, о‘quv materiallari, savol va topshiriqlar, maslahat