PEDAGOGIKA 2018, 5-son
4
bо‘yicha oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga bо‘lgan ehtiyojlarni qondirish,
tumanlar va qishloq joylardagi ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog
kadrlar bilan ta’minlash hamda ularni tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni
yanada takomillashtirish orqali ta’lim sifatini yaxshilash” iborasida shu sohada
sifatli kadrlarga bо‘lgan e’tibor о‘z ifodasini topgan va shunday kadrlarni
tayyorlashning tezkor va optimal usuli maxsus sirtqi bо‘lim deb qaralgan.
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning: “О‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi 4947-raqamli
Farmonining 1-ilovasi, ya’ni “2017-2021-yillarda О‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”
hujjatining“ 4.4.Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bо‘limida yuqoridagi
fikrning isboti sifatida quyidagi: “... uzluksiz ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, sirtqi ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat
bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash
siyosatini davom ettirish”, − degan maqsad aks etgan jumlalarni о‘qiymiz.
О‘zbekiston aholisining, shu jumladan, ishlab turgan pedagogika sohasi
xodimlarining oliy ma’lumot olish imkoniyatlarini oshirish amaldagi tizimda
chegaralanib qolganligi prezidentimiz e’tiboridan chetda qolmabdi, chunki bu
davrga kelib, mamlakatimizda faqat kunduzgi о‘qishga ustunlik berilib, boshqa
shakllari inkor qilingan edi, balki sirtqi va kechki ta’limga nisbatan past nazar
bilan qaralishi uning faoliyati tо‘xtatilishiga sabab bо‘lgan, pirovard natijada, u
kadrlar tanqisligini keltirib chiqargan edi. Shunday davrlar bо‘lganki, sirtqi va
kechki ta’lim “hayot maktabi” deb tan olingan hamda unda ish va ta’limni
qо‘shib olib borish orqali о‘z ishining yirik ustalari, Respublika miqyosida taniqli,
novator pedagoglar faoliyat kо‘rsatgan. Bu fikrni davom ettiradigan bо‘lsak,
ishdan ajralmagan holda ta’lim olib, keyinchalik ilmiy daraja va unvonlarga ega
bо‘lgan taniqli mutaxassislarimiz ham anchagina topiladi. Ayniqsa, sirtdan
ta’lim olgan buyuk sо‘z ustalari jamiyatimiz ma’naviy dunyosini naqadar
boyitishganini yaxshi eslaymiz. Aslida bilim olishni dildan istagan shaxsga ta’lim
shakllarining farqi bо‘lmasligi kerak. Yaqin о‘tmish ta’lim tizimi buni hayotda
isbotlagan. Afsuski, sobiq Ittifoqning sо‘nggi yillarida va 90-yillarda sirtqi va
kechki bо‘limlar faoliyati rivojlantirilmadi, ularga nisbatan shunchaki “shatak”
deb qaraldi, ya’ni kunduzgi bо‘limda о‘qish imkoniyati bо‘lmaganlar bu
bо‘limlarga о‘tkaziladigan poligonga aylandi, diplom uchungina о‘qish deb
Do'stlaringiz bilan baham: |