Sharipov Shavkat Safarovich, Nizomiy nomidagi TDPU rektori, pedagogika fanlari doktori,
professor. E-mail:
pedagogika.uz@mail.ru
Sh. Sharipov
*
PEDAGOGIKA 2018, 5-son
3
ta’lim sifati jahonning barcha burchaklarida kelajakda tenglashishi mumkinligi
hamda oliy ma’lumot olish yoshidagi barcha shaxslarning yalpi oliy ma’lumotli
bо‘lishi mumkinligi tо‘g‘risidagi bashorati muhim bо‘lib, bu sohada chuqur
nazariy va amaliy ishlar amalga oshirilishi kutilmoqda. Ha, jamiyat rivoji oliy
ma’lumotli kadrlarning sifatli bilim olishlariga bog‘liq bо‘lib qoladi. Ayniqsa,
sifatli oliy ta’lim pedagogika sohasida alohida ahamiyat kasb etayotgani
e’tiborni tortadi. Ma’lumki, ta’lim qaysi shaklda bо‘lmasin, u jamiyat
tomonidan tо‘plangan bilim, tushuncha, dunyoni anglash, qadriyat, tajriba,
kompetensiyalar va xulq-atvor modellarini avloddan avlodga maqsadli
ravishda uzatib turilish jarayoni (YUNESKO) sifatida amaliyotda о‘zini oqlagan.
Bu jarayon murakkab bо‘lib, kishilik jamiyatining ilg‘or toifasi tomonidan uning
ilmiy va amaliy masalalari hal qilinadi. Bu о‘rinda ta’limning qaysi shakliga
jamiyatning
qanchalik
buyurtmachi
bо‘lishi
masalaning
mohiyatini
ravshanlashtirib turadi, ayniqsa, maxsus sirtqi bо‘limga О‘zbekiston
Respublikasida kuchli ehtiyoj bor edi. Maxsus sirtqi bо‘limni, kо‘pchilik
о‘ylaganidek, shunchaki oliy ma’lumotli kadrlarni sifatidan qat’i nazar, jadalroq
tayyorlash usuli deb tushunish xato bо‘ladi. Ta’kidlash joizki, ishlayotgan о‘rta
maxsus ma’lumotli kadr uchun maxsus sirtqi bо‘lim malaka oshirishdek bir
vazifani bajaradi, chunki maktabgacha ta’lim, maktab ta’limida mehnat
qilayotgan, garchi oliy ma’lumoti bо‘lmasa ham, bunday pedagoglar о‘z bilimi
va mahorati bilan ta’lim sifatiga qо‘yiladigan talablarga javob berib kelayotgan
xodimlar hisoblanadi. Ular uchun oliy ma’lumot о‘z kasbini yana ham
takomillashtirish kaliti vazifasini о‘taydi, о‘zi saboq berayotgan fan bо‘yicha
ilmiy fikrlash, unga kreativlik jihatdan yondashish, ilg‘or tajribalarni yanada
kengroq qо‘llash imkoniyatlarini ochadi, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati bilan
shug‘ullanish imkoniyatini yaratadi. Qolaversa, 2017-yil о‘rtalarida О‘zbekiston
Respublikasi ta’lim tizimida xizmat qilayotgan pedagoglarning 97 567 nafari
о‘rta maxsus ma’lumotli ekanligi Respublika Prezidentini tashvishga soldi ham.
Bu esa Prezidentimizning “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yо‘nalishida
maxsus sirtqi bо‘limlarni tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ-3183-sonli qarorini qabul
qilishga asos bо‘ldi. Bu qaror oliy ma’lumotli kadrlar safini oshirish bо‘yicha
YUNESKOning yuqorida eslatilgan konferensiyasi g‘oyalariga mos keladi.
Qarorda uning maqsadini belgilagan “...maktabgacha, boshlang‘ich, musiqa,
tasviriy san’at, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya yо‘nalishlari va boshqa fanlar
Do'stlaringiz bilan baham: |