Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, Nizomiy nomidagi TDPU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori,
pedagogika fanlari doktori, professor. E-mail:
barnoabdullayeva@umail.uz
B. Abdullayeva
PEDAGOGIKA 2018, 5-son
11
Ключевые слова:
информационная компетентность учащегося,
конкурентоспособность, методологическое отношение, составные
части информационной компетентности, модель формирования
информационной
компетентности,
технология
формирования
информационной компетентности.
alabalarda axborot kompetentligini rivojlantirish ularning kasbiy va
ilmiy tayyorgarligi jarayonidagi asosiy bosqich bo‘lib, ularni raqobatbardosh va
ilmiy salohiyatli kadrlar etib tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Bu borada bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan (A. S. Belkin,
I. I. Dzegelenok, E.F. Zeer, Ye. M. Yermekov, A. A. Kuznesov, M. P. Lapchik,
N. V. Makarova, Ye. I. Mashbis, I. G. Semakin, N. D. Ugrinovich, Ye. K. Xenner va
boshqalar) bo‘lishiga qaramasdan, axborot kompetentligining dolzarbligi va
uning tuzilmasini aks ettiruvchi nazariy asoslarning yetarli emasligi, ta’lim
jarayonida axborot kompetentligini shakllantirishning model va texnologiyalari
yaratilmaganligi sababli shaxsning raqobatbardoshligini belgilash jarayonida
uning axborot kompetentligini o‘rganish, uni shakllantirish va rivojlantirish
texnologiyalari ishlab chiqilmagan.
Masalaga tizimli-faoliyatli va kompetentli yondashish orqali talabalarda
axborot kompetentligini rivojlantirishning maqsad va vazifalari aniqlashtiriladi,
mazmuni, rivojlantirish bosqichlari hamda metodlari shakllantiriladi,
rivojlantirish bo‘yicha tizim ishlab chiqiladi, muammoning ilmiy asoslangan
yechimlari topiladi. Natijada, bo‘lajak professional xodim shaxs sifatida jadal
shakllanadi, jamiyatga integratsiyalashadi, bo‘lajak kasbiy faoliyatini
o‘zlashtirish jarayoni insonparvarlashadi. Ta’lim oluvchining dunyoqarashi
rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni hurmat qilishi yuzaga keladi.
Kompetentli yondashish tadqiqotning amaliyotga yo‘naltirilgan taktikasi
hisoblanib, obyekt hodisa sifatida tahlil qilinadi, uning kompetentlik
xususiyatini shakllantirish amalga oshiriladi. Kompetentli yondashish sohasidagi
tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, talabalarda shakllanayotgan
kompetentlik bajarilayotgan faoliyatning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda,
ulardagi bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini belgilaydi hamda axborot
kompetentligining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |