2.2 Musobaqa metodi
Musobaqa metodi musobaqalashish, kuch sinashishning ko’pgina harakterli
belgilarini, alomatlarini o’zida aks ettirib, kuch sinashish (musobaqa) jismoniy
mashqlar bilan shug’ullanishning aloxi da o’quvchilarga stimul beruvchi bir
shaqlaridandir. Musobaqa - musabaka metodining nisbatan Aniq farqlanib to’rgan
ifodasi sanaladi. Shuning uchun ham musobaqa metodi har qanday jismoniy
mashqni musobaqa predmeti qilib, Mashg’ulotlarda keng shaqlda qo’llanishi
mumkin. Masa lan: jismoniy tarbiya darsining boshlanishidan oldingi o’quvchilar
saflanishidan tortib to o’quvchilar zaldan chikib ketgunlaricha, musobaqa metodini
qo’llash undan foydalanish mumkin.
Qayd qilinganidek, bu metod o’yin metodi bilan umumiy ekani e’ti borga
molik. Birok ularning bir-biridan prinsipial farqi bor. Bu farq shundan iboratki o’yin
metodida o’qitish syujetli harakterda olib bo riladi. Musobaqa metodida bu xolat yuk
bo’lib, harakat faoliyatini bajarish jarayoni to’laligicha uning mazmuniga
buysundirilgan bo’ladi.
Musobaqa metodining harakterli belgilari: 1. U yoki bu harakat faoliyatida
faoliyatni vazifaga buysundirish oldindan belgilangan, urnatilgan koidalar bilan
muvofiq bo’ladi. Bunday vazifalar o’quvchilar ijodiy aktivligini stimullovchi
faktorlar bo’lib, ularning tayyorgarligini baxolashning va takkoslashning ulchovidir.
2. Birinchilik, yuqori sport natijasi uchun jismoniy va psixologik kuvvatni maksimal
namoyon qilish. Musobaqalashish metodi natijasida organizmning funksional
imkoniyatlarini to’la ochish uchun sharoit yaratiladi. 3. O’quvchilarning o’zlari
uchun belgilangan nagruzkalarini boshqarish imkoniyatlarining chegralanganligi.
O’z nabatida, bu metod o’quvchilardan harakat faoliyatini bajarish davomida
vujudga kelgan vazifalarni bajarishda, xal qilishda o’ziga xos mustaqillik talab
qiladi.
Shuningdek, musobaqa metodi nisbatan harakat faoliyatini takomillashtirishda
samaralirokdir, lekin ular bir lamchi o’zlash tirishda ku tilgan samarani bermasligi
mumkin. Musobaqa metodi harakat sifatlarini deyarli yuqori darajada
rivojlanganligini talab qiladi, aynik sa ularni kompleksli namoyon qilishda bu
metodga extiyoj uta yuqori dir. Musobaqa metodi pedagogik nuktai nazaridan
o’quvchilar galabasi va maglubiyatiga turg’un psixologik tayyorgarlikni
tarbiyalashga yunalti rilishi lozim, shundagina ta’lim jarayonida u o’zini oklaydi,
boshqa to mondan esa turli sharoitda har tomonlama jisman tayyorgarligini to’la
namoyish qilish imkonini beradi hamda jismoniy tayyorgarligi daraja sini oshirish
vositasi bo’lib xizmat qilishi ham mumkin.
Bu metodda shug‘ullanuvchilarning faoliyati qat’iy tarkiblashtirilgan holda
tashkil etilib, quyidagilardan iborat bo‘ladi:
-Jismoniy yuklanishni qat’iy normallashtirish mashq jarayonida uning
dinamikasini to‘la boshqarish, shuningdek dam olish oraliq vaqtini qat’iy tartibga
solish va ularning belgilangan tartibda jismoniy yuklanish bilan almashtirish.
-Qat’iy belgilangan harakat dasturi (harakat tarkibi, ularning o‘zgarishini,
takrorlanish va bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishligi).
Shug‘ullanuvchilarning
faoliyatini boshqarishni yengillashtiruvchi tashqi
sharoitlarni, yaratish yoki ulardan foydalanish, Mashg’ulot joylarida gruppalarni
to’zish va taqsimlash, o‘quv vazifalarini bajarishga, yuklanishni miqdorlash, ularni
ta’sirini nazorat qilishga imkon beruvchi yordamchi sport anjomlari va boshqa texnik
qurilmalardan foydalanish. Harakatlarga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan mashq
metodlari 2 xil bo‘lib ular quyidagilardan iboratdir:
1) bo‘lingan - konstruktiv mashq /mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish va
keyinchalik butunlay bajarishga erishish/:
2) butunlay mashq metodi /vaqtingcha ayrim detallarning chiqarib tashlab bajarish/.
Bo‘lingan konstruktiv mashq metodiga masalan suvda So’zishni o‘rgatish,
akrobatik mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish kiradi. Hammamizga ma’lumki,
mashqlar musobaqa sharoitida butunligicha bajariladi.
Butunlay mashq metodi shug’ullanuvchilarga o‘rgatish lozim bo‘lgan mashqlar
butunligicha o‘rgatilib, lekin ayrim detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi -
soddalashtiriladi.
Ikkala metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud bo‘lib ular
quyidagilardan iborat: bo‘lingan konstruktiv mashq metodining ijobiy xususiyati -
o‘zgarilishi lozim bo‘lgan mashqlar oz vaqt ichida shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish
mumkin.
Salbiy xususiyatlari - qismlab o‘rgatilgan mashqlarni butunlaycha bajarishga
erishish uchun qo‘shimcha vaqt sarf qilinadi yoki bo‘lmasa ayrim akrabatik mashqlarni
butunlaycha bajarilishiga erishishda qismlar orasida pao’za bo‘lishi mumkin.
Butunlay mashq metodining ijobiy xususiyati qushimcha vaqt sarf qilinmaydi.
Salbiy xususiyati o‘rgatishi lozim bo‘lgan mashqlar oldingi metodga nisbatan ko‘p vaqt
talab qiladi.
Qismlarga bo‘lingan mashq metodidan harakat uncha bo’zulmay nisbatan
mustaqil elementlarga bo‘linishi mumkin bo‘lgandagina foydalaniladi.
Masalan: Erkin usulda So’zish texnikasini o‘rganishda bo‘lib tashlash va keyin
elementlarini yaxlit qilib birlashtirish quyidagicha sodir bo‘lishi mumkin.
1.Suv ustida sirpanish;
2.Xavz qirg‘oqlarda oyoq harakatlarini o‘rganish;
3.Sirpanish bilan oyoq harakatlarini qo‘shib bajarish;
4.Sayoz joyda tik to‘rib qo‘l harakatlarini o‘rganish;
5.Shuning o‘zini nafas olish bilan qo‘shib bajarish;
6. Barcha elementlarni birgalikda bajarish.
Yaxlit mashqni bo‘lib bajarish butun harakatlar mohiyatini o‘zgartirishga va ularning
to’zilishini keskin foydalanilmoqda.
Yaxlit mashq to’zilishi, oldin odatda ayrim detallarni chiqarib tashlash hiSobiqga
soddalashadi, bu detallar keyin o‘rganilayotgan mashqning asosiy mexanizmi bilan asta
sekin birlashadi va uni yaxlit bajarish ko‘rinishida takomillashadi. Masalan, yugurib kelib
«
qaychi
»
usulida uzunlikka sakrash texnikasi quyidagi tartibda o‘rganiladi:
1.
Qisqa masofadan qadamlab sakrash.
2.
Shuning o‘zi, lekin eng baland nuqtaga chiqqan oyoqni qaychisimon harakat qilib
sakrash
3. Sakrashga yordamlashadigan taxta yoki tramplindan foydalanib, ko‘tarilish
fazasida diqqatni qo‘l va oyoqlar bilan birgalikda harakat qilishiga qaratilgan holda
sakrash.
4. O‘rtacha tezlikda yugurib kelib, to‘la usulda sakrash;
5. Yerga tushishga tayyorlanish harakatlariga e’tibor bergan holda sakrash /oyoq
oshirib tashlash, qo‘llarni orqaga qilish qaychisimon usulida sakrash.
Harakatga o‘rgatishda asosiy metodlar bilan birga bir qator yordamchi metodik
usullardan foydalaniladi.
Qoida bo‘yicha agar murakkab harakat butunligicha o‘rganayotgan bo‘lsa
"yaqinlashtirish" deb atalgan mashqlar keng qo‘llanilib ular asosiy harakatni
o‘zlashtirishga, ularni butunlay immitatsiya yoki soddalashtirilgan shaqlda o‘rganish
yo‘lidan foydalaniladi. Harakat faoliyatlarini takomillashtirish bosqichlarida, ularning
sifatlarini o‘ziga xos shaqllarini bir paytda yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Bunda
asosiy rolni jismoniy sifatlarni harakat tarkibini o‘zgartirmasdan rivojlantiruvchi
qo‘shmcha jismoniy yuklanishlar sharoitida butunlay bajariluvchi harakatlar bilan
harakterlanuvchi metodlarning ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |