1.2 So’z uslublari va undan foydalanish.
Ta’lim metodlari tavsifi
- O’quvchilarning bilimdlarini oshirish, malaka va
ko’nikmalarni egallash uchun ta’lim metodlari
uch guruhga ajratiladi.
Har bir
guruh bir necha xil metodlarni o’z ichida mujassamlashtirgan. Mujassamlashtirilgan
metodlarning ta’lim jaraenidagi o’rniga ko’ra so’zdan foydalanish, ko’rgazmali xis
qilish va amaliy metodlar deb guruhlanadi va ulardan pedagogik jarayonda keng
foydalaniladi.
Uch guruhdagi metodlarning mavjudligi orqali o’quvchinining o’zlash tirilgan
faoliyati bilan organizmning turli analizatorliri tizimi yordamida tanishtirish
ta’minlanadi: o’quvchi eshitadi, uqadi, o’zi harakat jarayonini xis qiladi. Ishga
ikkala signal sistemasi jalb qilinadi. Harakat faoliyatini o’qitishda amaliy metodlar
muxum ahamiyat kasb etadi. Birinchi ikki poydevor qursa, uni qurib bitirish - ya’ni
harakat faoliyatining ijrosi u yoki bu usul orqali amalga oshiriladi.
So’zdan foydalanish usullari - O’qituvchi o’z faoliyatini asosan so’z
yordamida (konstruktivlik, tashkilotchilik, izlanuvchanlik) amalga oshiradi,
shuningdek o’quvchilar bilan o’zaro muloqat va munosabat o’rnatadi. So’z ta’lim
jarayonini faollashtiradi, aytarli to’la va aniq tasavvurning shakillantiradi, ta’lim
ning vazifasini chukurrok xis qilish va fikrlashga yordam beradi. So’z yordamida
o’qituvchi o’quv materialidan foydalanadi, uning o’zlashtirilishi natijasini baxolaydi
va tahlil qiladi, bu bilan o’quvchini o’z-o’zini baxolashga o’rgatadi. Va nihoyat, so’z
bo’lmaganda, o’qituvchi ta’limning barcha jarayoniga xos xolatni va o’quvchining
xulqi yurish-turishi boshqa shu kabi jarayonlarni boshqara olmagan bo’lar edi.
Shunday qilib, o’qituvchi So’zning ikki funksiyasidan foydalanish imkoniga
ega: birinchidan - ma’nosi orqali ukitilayotgan material ning mazmunini ifodalash;
ikkinchidan emotsionalligi - o’quvchi xissiyotiga ta’sir etishi.
So’zning ma’nosi harakat vazifasini amalga oshirish uchun Aniq va
o’quvchilar tushunarli bo’lishi lozim. B.A. Ashmarin (1979) shu yunalish buyicha
kuyidagi uslubiy tavsiyalarni taqlif etadi.
1. So’z ma’nosining mazmuni o’quvchilar xususiyatlari va ta’lim vazifalariga
muvofiqlashgan bo’lishi. Yangi harakat faoliyatini o’zlashtirishdan avval dastlabki
O‘qitishning metodlari
Amaliy metod
-
qat’iy
regla-
mentlashtirilgan
mashq metodi.
- qismlarga bo’lib
o’rgatish.
-
bir
butunligicha
urgatish.
- qisman reglamen-
tlashtirilgan
mashq
metodlari.
- o'yin metodi.
- musobaqa metodi.
Suzdan (nutk)
foydalanish
metodlari.
- suxbat,
- tushuntirish
- baxo
- buyruk.
- topshirik.
- xikoya .
- ifodalash.
- muxokama.
- ko'rsatma.
Ko’rgazmalilik
metodi.
- ko’rsatish.
- plakatlar.
-
doskaga
chizib
ko’rsatish.
- kinofilmlar.
- namoyish etish
- rang va tovush
signallari.
- maketlar, modellar.
tushuntirishdan foydalanish, eng avval harakat faoliyati asosini anglash va so’ng
harakat texnikasini detallarini bayon qilish va unga tushunib yetish.
2. So’zdan foydalangan holda o’zlashtiriladigan harakat faoliyatini foydasini
o’qtirish. Masalan, bolalar tirmashib chiqishning erkin usulini bir oz bilganliklari
sababli, ko’pincha koordinatsiya talab qiladigan uch usul bilan tirmashib chiqishni
o’rganish hohishni pasayishga olib keladi. Tushunarli tarzda bu usulning afzalliklari
so’zlab berilsa, o’zlashtrishdagi salbiy munosabatni yuqqa chiqarish mumkin.
3. So’zning harakat faoliyatidagi alohida harakatlarning o’zaro bog’liqligini
aniqlashda keraqligi. Buni, ayniqsa, yo’llanma beruvchi mashqlarni bajarishda
yoddan chiqarmaslik lozim. Bu mashqlar aytarli emotsional bo’lmay, ularni
o’zlashtirilayotgan asosiy harakat faoliyatlari bilan bog’liqligini anglash kerak ligi
talab qilinadi.
4. O’qituvchining mashq texnikasi asosini tushuntirishdagi so’ziga katta
ahamiyat berish, asosiy zo’riqish talab qilinadigan daqiqalarini tushunish. Bu
maqsadda ko’pincha ko’rsatma bilan aytish tarzidagi so‘zlar, iboralar (“qo’llarni”,
“boshni”,va.x.k.)dan foydalaniladi.
5. So’z obrazli bo’lishi kerak, bu uning ko’rgazmaliligini oshiradi va
o’quvchilarga ancha tushunarli qiladi. O’quvchilar bilimlari va harakat tajribasini
hisobga olgan holda, o’qituvchi qo’yilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan
keraqli daqiqalarga o’quvchi diqqatini qaratishi mumkin.
6. O’quvchilarga ular avtomatlashmagan holda bajarayotgan harakatlari haqida
(tuzatishga to’g’ri kelib qolgan payitlar bundan mustasno) gapirish maqsadga
muvofiq emas. Agar o’qituvchi o’quvchining avtomatlashgan harakatlari haqida
gapirsa, o’quvchi ijro vaqtida harakatni usha fazalari ustida o’ylaydi, natijada
avtomatlashgan harakatlar tarkibida o’zilishlar sodir bo’ladi.
Jismoniy bilimlarni egallashda terminlarning ham muhim ahamiyati bor.
Terminlar o’quvchilarga o’zlari uchun yangi bo’lgan tushuncha va tasavvurlariga
so’z orqali urg’u beradi. Tanish tushunchalarni aniq ajratish, o’qituvchiga esa umum
qabul qilingan tushunchalar - so‘zlar bilan tushuntirishni osonlashtiradi. Nihoyat
o’qituvchi va o’quvchi orasida qisqa, keng ma’noli so‘zlarning ma’lum ma’nolari
asosida o’zaro tushunish – muloqat vujudga keladi.
Terminlarda kasbning tarixi aks ettiriladi, masalan, gimnastikada ko’proq
chexlar, shvedlarning atamalari; futbolda, tennisda, boksda inglizcha; qilichbozlikda
ko’pincha franso’zcha atamalar, so‘zlar ko’p uchraydi. Hozirgi kundagi chet el
terminlarini o’zbek tiliga tarjima qilish, milliy atamalarimiz bankini yaratish
jismoniy tarbiya nazariyasining eng yirik muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.
Hozirgi zamon terminlari va atamalarini yaratilishiga quyidagi talablar
qo’yilmoqda(V.V. Belinovich, 1958).
1. Atama yoki termin ko’rsatuvchan bo’lishi lozim, ya’ni mashq texnikasining
asosini ifodalasin. Shundagina ular o’zlari uchun xos bo’lgan mazmunni
egallaydilar.
2. Atama aniq bo’lishi kerak. Bu talabni bajarish jismoniy mashq harakterini
shunchalik aniq aks etirilishi kerakki, uni tushuntirish va izohlashga xojat qolmasin.
Bu o’qituvchi va o’quvchilar muloqati - fikr almashinuvini aytarli darajada qisqa va
tushunarli qiladi.
3. Atamalar qisqa bo’lishi kerak. Agar bu talab bo’zilsa terminlarni qo’llash
ifodalashga aylanib qoladi. Qisqalik juda ham aniq so’z topib ishlatishni talab qiladi.
4. Atama tushunarli bo’lishi lozim. Atamalar ta’lim jarayoni ning tiliga
shunday aylanishi mumkinki, agarda, kullanilayotgan so’z – atamalar o’quvchini
tushunish kuchiga yarasha bo’lsa hamda ularda umumiy qabul qilingan adabiy tilda
vosita sifatida qo’llansa.
So’zning emotsionallik xizmati o’quv va tarbiyaviy vazifalarni xal etishda
muhim ahamiyatga ega. Emotsional jixatdan rango-ranglik so’zning ta’sir kuchini
oshiradi va ma’nosini tushunarli qiladi. U o’qituvchining o’z faniga, o’quvchiga
bo’lgan munosabatini bildiradi, o’quvchi qiziqishini oshiradi, o’z yutugiga
ishontiradi qiyinchiliqlarni yengish uchun ishonch tug’diradi.
Umumiy pedagogika jarayonida so’zdan doimo foydalaniladi. Jismoniy
tarbiya jarayonida uni qo’llash o’ziga xos mazmuni va uslubiy xususiyatlari bilan
ajralib turadi.
Aytib berish (xikoya) o’quvchi faoliyatini o’yin tarzida tashkillash uchun
ko’pincha o’qituvchi tomonidan qo’llaniladi.
So’zda ifodalash - bu harakat faoliyati xususida tasavvur xosil qilish usuli
bo’lib, faoliyatning harakterli belgilari sanaladi, so’z orqali nima qilish lozimligi
tushuntirilib, nima sababdan aynan shunday qilish zarurligi aytiladi. Undan dastlabki
- birlamchi tushuncha xosil qilish yoki eng sodda harakatlarni o’zlashtirishda
o’quvchining harakat tajribasi va bilmidan foydalanishda qo’llaniladi.
Tushuntirish - harakat faoliyatlariga ongli munosabatning muhim usullaridan
biri bo’lib, u asosiy “nima uchun?” degan savolga javob beradi.
Suxbat bir tomondan, faollikni oshiradi, o’z fikrini aytish malakasini
shakillantiradi, boshqa tomondan, o’qituvchiga o’z o’quvchilarining bilish,
bajarilgan ishni baxolash uchun yordam beradi. Suxbat faqat o’qituvchining
o’quvchilarga bergan savollari va ularga o’quvchilarning javoblari yoki o’z dunyo
qarashlarini erkin gapirib berish, o’rtaga tashlash tarzida amalga oshiriladi.
Muhokama suxbatdan faqat biror vazifani bajarilagndan so’ng o’tkazilishi
bilan farq qiladi. Muhokama bir tomonlama bo’lishi mumkin - agar u o’qituvchi
tomonidan o’tkazilsa, ikki tomonlama bo’lishi mumkin - o’quvchilar ishtiroki bilan
o’tkazilsa.
Topshiriq dars oldidan vazifa qo’yish yoki dars davomida xususiy vazifa
qo’yishni nazarda tutadi. Vazifaning birinchi shaqli shu bilan harakterlanidiki,
o’qituvchi vazifa bajarishning barcha usullarini tushuntiradi. O’quvchilarga talab
qilinganlarni faqat bajarish vazifasi qoladi xolos. Ikkinchi shaqli o’quvchilar uchun
nisbatan kiyinroq bo’lib ular o’qituvchidan vazifani faqat ifoda tarzida oladilar, uni
xal qilish, yechishni mustaqil qidirishga majbur bo’ladilar.
Baxolash harakat faoliyatining bajarilish tahlili natijasidir.
Ko’rsatma qisqaligi bilan ajralib turadi va so’zsiz bajarishni talab qiladi. Bu
o’quvchi diqqatini faqat vazifani bajarish lozimligi va bir vaqtning o’zida uni
bajarish mumkinligiga qaratadi, o’quvchi ishonchini oshirish uchun xizmat qiladi.
Ko’rsatma orqali o’quvchi vazifani xal etishning aniq muljalini, shunigdek, xech bir
asoslashsiz xatolarni tuzatish usullarini oladi.
Komanda - jismoniy tarbiya jarayonidagi xususiy va eng ko’p tarqalgan
so’zdan foydalanish metodi. U faoliyatni so’zsiz bajarish, harakatni tugatish yoki
tempni o’zgartirish buyrug’i shaqlidir. Safdagi komandalar (armiyada, darsda va
boshqa Mashg’ulotlarda qabul qilingan), maxsus xakamlikdagi replika (so’z
tashlash)lar, start olish komandalari va boshqalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda
komandalar qo’llanilmaydi. Kichik maktab yoshdagi bolalarda esa komanddalar
cheklangan bo’ladi. Komandalarning samaradorligiga so’zni zarur urg’u bilan
talaffo’z eta bilish, nutq va o’quvchilar harakati ritmini xis qila olish va rivojlan
tirish, ovoz toni va kuchini o’zgartira olish qobiliyati, qaddi-qomatning chiroyliligi,
qo’llarning ifodali harakatlantira olish hamda o’quv chilarning yuqori darajadagi
intizomi ta’sir etadigan vositalardan sanaladi.
Sanoq kerak bo’lgan harakat tempini yo’lga qo’yishda foydalanila di. U bir
necha usullar orqali amalga oshiriladi; ovoz bilan hisoblashish (“bir, ikki, uch,
to’rt!” ), bir bo’g’inli so‘zlar qo’shib sanash (“bir- ikki-nafas oling !”) va nihoyat,
turli xil qo’shib sanashlar, qarsak, ritm bilan ovoz borish va xokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |