2.3
Jismoniy tarbiyada aylana mashg`ulot vositalari
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi oldiga
qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadida turli vositalar: gigiyenik talablar,
tabiatning tabiiy kuchlari, jismoniy mashqlar va hk.lar qo‘llaniladi. Bunday
vositalarning kompleks tarzda qo‘llanilishi organizmga har tomonlama ta’sir
ko‘rsatib bolalar jismoniy tarbiyasiga yordam beradi. Gigiyenik talabalarga: kun
tartibi, mashg‘ulotlar, uyqu, bedorlik, ovqatlanish, kiyim va oyoq kiyimlar gigienasi,
mashg‘ulot o‘tkaziladigan xonalar, sport maydonlarining tozaligi, ozodaligi va
hk.lar kiradi.
Inson salomatligini ilmiy jihatdan asoslangan, to‘g‘ri tashkil etiladigan
ovqatlanishsiz tasavvur qilish qiyin. To‘g‘ri tashkil etilgan ovqatlanish oshqazon-
ichak tizimi, energiya almashunuvlari jarayoning faol kechishini ta’minlab,
organizmning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tegishlicha davomiy,
sog‘lom uyqu organizmning dam olishini ta’minlab, asab tizimi ishchanligini
ta’minlaydi.
Kun tartibiga rioya etish va harakat faolligi bolani tartibga, uyushqoqlikka
o‘rgatib, aniq maqsad asosida tizimli faoliyat olib borishga yo‘naltiradi. Bolalarning
MTM lar va oiladagi faoliyatiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar tibbiy ko‘rsatmalar
orqali aniqlanadi.
Tabiat unsurlari (quyosh, havo, suv) organizmning ishchanligi va funksional
imkoniyatlarini oshirib, moslashuvchanligi va himoyasini ta’minlaydi
.
Tabiatning tabiiy kuchlariga quyosh, havo, suv kiradi, ular jismoniy
mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytiradi va kishi ish qobiliyatini oshiradi.
Quyoshli, ochiq havoda yoki suvda (suzish) bajariladigan mashqlar jarayonida
ijobiy emotsiyalar paydo bo‘ladi (ko‘proq kislorod yutiladi, modda almashuvi
kuchayadi…). Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirishga, uni yuqori va past
temperaturaga moslashuv qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Bular natijasida
issiqlikni idora qiluvchi apparat harakatga keladi, ya’ni kishi organizmi turli xil
meteorologik omillarning o‘zgarishiga o‘z vaqtida javob bera oladigan darajaga
keladi. Suv terini kirdan tozalaydi, o‘rmon bog‘lardagi shifobaxsh moddalar
(fitontsidlar) ga boy havo mikroblarni yo‘qotishga yordam beradi, qonni kislorodga
to‘yintiradi. Quyosh nuri teri ostida D vitaminining saqlanishiga xizmat qiladi, turli
mikroblarni o‘ldiradi va bolalarni kasalliklardan (raxit…) saqlaydi
.
Aylana metodi– bu ishning tashkiliy-metodik shakli hisoblanib, kuch,
tezkorlik, chidamlilik va ayniqsa, ularning majmuaviy shakllari – kuch
chidamliligi, tezkor chidamlilik, tezkor kuchlarni rivojlantirish uchun ishlab
chiqilgan jismoniy mashqlar majmuasining oqimli va ketma-ket bajarilishini
ko‘zda tutadi. Ushbu metod turli mushak guruhlariga uzluksiz va interval
mashg‘ulotlar tipida ta’sir qiladigan mashqlarni izchil bajarishni ko‘zda tutadi.
O‘zgaruvchan metod–bu metod mashqni uzluksiz bajarish davomida,
harakatlanish tezligini, tempini, ritmini maqsadli o‘zgartirish orqali yuklamalarni
izchillik bilan o‘zgartirishni ko‘zda tutadi.
Takroriy metod–bu metod orqali, mashqlar ko‘p marotaba bajariladi,
mashqlar o‘rtasida ishchanlik qobiliyatining to‘liq tiklanishi uchun yetarli bo‘lgan
dam olish intervallari mavjud bo‘ladi.
Interval metod– bu metod orqali, mashqlar ko‘p marotaba bajariladi, ish
o‘rtasidagi dam olish intervallari aniq (turli) bo‘ladi. Qo‘llanilayotgan mashqlar
turiga qarab, interval mashg‘ulotlar turli xil sport turlari uchun zarur bo‘lgan
aerob, anaerob-alaktat ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |