1.3 Ko’rgazmalilik uslublari va ulardan foydalanish.
Ko’rgazmalilik uslublari - Bu guruhdagi metodlar harakat faoliyatini ko’rish
va eshitish orqali o’zlashtirishni ta’minlaydi. Ko’rish, ayrim payitda eshitish ham
shug’ullanuvchilarda harakat faoliyati haqida hartomonlama tasavvur xosil qiladi,
bu navbatdagi takrorlash uchun tahminiy asosni kengaytiradi. Ko’rgazmali his
qildirish nisbatan chuqurroq, tezroq, va puxtaroq o’zlashtirishga imkoniyat beradi,
o’zlashtiriladigan harakat faoliyatiga qizikishni orttiradi. Bolalarni o’qitishda
ko’rgazmali xis kildirish muhim rol o’ynaydi, chunki ularda taqlid qilish, tirik
misollarga inti lish juda kuchli rivojlangan.
Ko’rgazmali xis etish shundagina qo’l keladiki, qachonki, ko’rgazmali qabul
qilinayotgan tushunarli va o’quvchi ongiga yetgan bo’lsa, ushanda ular aktiv va
samarali faoliyatga turtki bo’ladi. Bulmasa, shug’ullanish jarayoni jonsiz bo’lib,
faoliyatlar nomigagina bajarilishi mumkin, o’quvchilar esa passiv ijrochiga
aylanadi. Natijada o’rganuvchi faoliyatni tahlil qilishga harakat qilmaydi, diqqat -
e’tiborini harakatning tashqi tomoniga qaratadi xolos, bu esa, o’z navbatida, psixik
jarayonlarning aktivligini pasaytiradi, fikirlashning bir tomolama bo’lishiga olib
keladi.
Harakat faoliyatining o’qituvchi(yoki o’quvchi) tomonidan namoyish qilinishi
jismoniy tarbiya ta’limning keng tarqalgan metodlaridan hisoblanadi.
Taqlid qilishda o’quvchining ongi unga ko’rgazmali singdirilganini qabul qilib
olib tahlil qila olish qobiliyatiga bog’liq. Agar o’quvchi ko’rgan harakatini tahlil qila
olsa va u shunga o’rgatilgan bo’lsa, unda taqlid qilish o’quvchini bilimi o’zlashtirish
qobiliyatini o’sishi uchun samarali usullardan biriga aylanadi. O’qituvchining
so’zsiz taqlid qilish “kurginu bajar” prinsipi asosida taqlid qilish, ko’rganini
tushunmay, u haqida fikirlamay mantiqsiz takrorlashga aylantirib qo’yadi. Natijada
o’quvchi
o’qituvchisi
ko’rsatganini
ko’rko’rona
bajaradigan,
harakat
faoliyatlarining asosiy qonuniyatlari ma’nosini anglamaydigan ijrochilariga
aylantirib qo’yadi.
Taqlid qilish asosan o’quvchining yoshi va tayyorgarligi darajasiga bog’liq.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda taqlid qilishga intilish, sinchkovligi,
qiziquvchanligi orqali sodir bo’ladi(asosan, kattalarga o’xshashga urinish), katta
maktab yoshidagi bolalarda harakat faoliyatiga ongli munosabat bo’lib, tushungan
holda harakat texnikasini osonroq va tezroq egallashga intilish asosida sodir bo’ladi.
Taqlid qilishning samaradorligi to‘rt faktorga bog’liq:
1) o’quvchilarning taqlid qilishga tayyorligi, ya’ni ularning tayyor garligi
darajasining taqlid qilinadigan ob’ektning qiyinchiligiga muvofiqligi, shunga kura,
jismoniy mashq ijrosi kiyinligi shunday bo’lishi kerakki, uni egallash uchun
o’quvchilar faqat maksimal zo’riqish namoyon qilish orqaligina erishishlari lozim ;
2) o’quvchilarning taqlid ob’ekti haqidagi tasavvurlarini to’laligi;
3) taqlidning ta’limga xos tub mativining moxiyati darajasiga ay lantirishga
imkon beradigan qizikish sababini o’quvchida uygotish;
4) o’quvchini taqlidga xoxishi, ya’ni ko’zatayotganini aktiv takrorlash.
Jismoniy mashqni ko’rsatish uchun qo’yiladigan ayrim metodik talablar:
a)ko’rsatish doimo so’zdan foydalanish bilan olib borilishi lozim, bu
o’rganilayotgan harakat faoliyatini ijodiy takrorlashga imkoniyat ochadi: b)
ko’rsatish payitida o’quvchilarning o’qituvchining emotsional xolatiga taqlid
qilishini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Chunki bu o’zlashtirilayotgan
faoliyatga va ta’lim jarayoniga munosabatning shakllanishida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Ko’rsatishning mazmunini o’qitish vazifalari mazmuniga muvofiqligi:
a) birinchi ko’rsatishda o’zlashtirilayotgan jismoniy mashq texnikasi haqida
to’la tasavvur xosil kilinishi, undan so’ng ko’rsatilganni o’quvchi takrorlay olishi
mumkin bo’lsin, ko’rsa-yu, bajara olmasa, ta’lim jarayonidan ko’zlangan samaraga
erishish mumkin bo’lmay qoladi;
b) harakat faoliyatini qanday qilib egallash, o’rganish keraqligini ko’rsatish
talab etilsa, texnika ijrosi ko’rsatuvda individuallashtirilishi, sport maxoratining
yuqori bosqichini ifodalaydigan bo’lishi lozim;
v) qachonki, o’quvchi diqqatni alohida harakatlarga va aksentlashtirilgan
zo’riqishlarga qaratish lozim bo’lib qolsa, ko’rsatishda aynan usha joylari takroriy,
urg’u berib, sekinlashtirilib namoyon qilinadi, Aniq bo’lmagan, palapartish
ko’rsatishlarga yo’l qo’yilmasligi lozim, chunki u o’quvchilar tomonidan namuna
sifatida qabul qilinishi mumkin.
Jismoniy mashqni o’quvchi tomondan ko’rsatishga quyidagi xollarda ruxsat
berilishi mumkin:
a) o’qituvchi salomatligi yomonligi tufayli harakat faoliyatini ko’rsata olmasa;
b)ko’rsatishda o’qituvchi noqulay xolatda, imkoni bo’lmay qolgan xolatda
to’rganda(masalan, boshi yerga qarab yoki orqasiga qarab qolsa);
v) o’quvchida o’qituvchi harakatni butunlay bajarib bo’lmaydi degan fikr to’la
ongiga singib qolganini ko’rgan taqdirda uni yo’qotish uchun;
g) o’quvchi misolida bola ijrosini individuallashgan texnikasini
namoyishkorona bajarish kerak bo’lib qolgan taqdirda.
Ko’rsatishda o’qituvchi shunday nizomga rioya qilishi kerakki, u barcha
o’quvchilarga raxbarlik qila olsin (yuqoriroqda turib butun sinfni nazoratda tutish),
o’quvchilarga esa mashqni ko’proq yon tomondan ko’rish, to’zilishi va bajarilishi
ko’rgazmali tarzda(masalan, yon profilda oyoqlarni bukish yozishning ko’rinishi
qanday bo’ladi) ko’rsata olsin. “Bunday bajarish kerak emasligini ko’rsatish”ni
o’qituvchi tomonidan namoyish qilishga ruxsat beriladigan xolatlar: o’quvchilar
bajarilgan mashqqa tanqidiy karab osalargina; o’z harakatlarini solishtira
olsalargina; ularni tahlil qila oladigan bo’lganlarida, shuningdek, ko’rsatish ishon
tiradigan tushuntirishlar bilan olib borilsa va o’quvchini mashara qilish maqsadida
bulmasagina. “Oynada” aksini ko’rgandek ko’rsatuvlar faqat sodda harakatlar,
asosan, umumiy rivojlantiruvchi mashqlarnigi na ko’rsatishda qo’llanilishi tavsiya
etiladi. Kiyin harakatlarni bu usulda ko’rsatish koidaga kura ijroning tabiiyligini,
yengilligini yukolishiga olib kelishi amaliyotda isbotlangan.
Ko’rgazmali kurollarni namoyish qilish. Harakat faoliyati ni predmetli tasvirini
xis qilish uchun qo’llaniladi. Namoyish qilish ko’rsatishdan uta qulaylikka egaligi
bilan ajrab turadi, chunki unda ke rak bo’lib qolgan tarzda statik xolatlarga,
fazolarning almashini shiga diqqatni qaratish imkoniyati mavjud bo’ladi. Namoyish
kachon Aniq pedagogik vazifa bilan bog’liq bo’lsa, didaktik ahamiyatga ega bo’ladi.
U kushimcha usul bo’lib kullanilayotgan yoki bu metodni tuldirish uchun xizmat
qiladi. ko’rgazmali kurol o’zining ulchovi, shaqli, rangi, o’z elementlari
joylashishining zichligi bilan jadvalni qabul, xis qila olish prinsip larini ifodalasin,
turlicha ko’rgazmali kurollarning har birini namoy ish qilish rioya kilinishi lozim
bo’lgan ayrim metodik koidalarga to’g’ri kelsin.
Plakatlar harakat xolatini ko’rsatishda bajarishda urg’u beradigan kiyin
joylarni o’zida aks ettiradigan, o’quvchi diqqatini chal gitadigan elementlardan xoli
bo’lishi zarur. Aynisa, mazmuniga kura fao liyat tarkibidagi harakatlar ketma-
ketligini bir vaqtning o’zida aks ettirgan plakatlarning kimmati yuqori bo’ladi.
Namoyish qilish o’quvchilar tomonidan materialni qabul qilishga sharoit
yaratishi zarur: birinchidan, bolalarda ko’zatiladigan predmetga qizikishni
shakillantirishi lozim; ikkinchidan, ularning diqqati ta’limning Aniq vazifalariga xal
qiladigan yetakchi element larga yunaltirilgan bo’lishi zarur. Tushuntirish va
namoyish qilish vaqti va xajmini ta’limning vazifasiga buysundirilishi lozim. Har
qanday holda ko’rgazmali xis qilish natijani Aniqlash uchun o’qituvchi savollari va
o’quvchi javoblarining ahamiyati kattadir.
Plakatlarni namoyish qilish texnikasining yagona talablari mav jud emas.
Ularni darsdan, Mashg’ulotdan oldin ilib qo’yiladi yoki dars davomida harakat
faoliyatining zarur bo’lgan fazalari, elementlarini o’quvchilar diqqatining Aniq
vazifalarni xal qilishga yunaltirilib na moyish qilish amaliyotda kullanadi.
O’quvchilarni chalgitmaslik uchun namoyishdan so’ng ular tezlik bilan yigishtirib
olinishi, joiz bo’lsa, koldirilishi ham mumkin.
Doskaga bur bilan chizmalar chizish o’qituvchi yetarli darajada estetika bilan
chiza olish qobiliyatiga ega bo’lsagina ruxsat etiladi. Bu plakatlardan bir oz
afzallikga ega bo’lishi mumkin, lekin ularning urnini to’la bosa olmaydi.
Birinchidan, harakat faoliyatini asta-sekin lik bilan chizayotib, harakat fazalarini
navbat bilan almashinishi, mashq texnikasining asosi uning detallari haqida esda
kolarli tasav vurni xosil qilish oson bo’ladi. Ikkinchidan, rasm juda ham sodda,
mayda chuydalardan xoli bo’lishi mumkin, u, o’z navbatida, o’quvchilarni chalgit
maydi. Uchinchidan, doskadagi rasm - namoyish qilishning eng operativ metodi,
darsning har qanday daqiqasida kushimcha vaqt sarflamay, o’qituvchi undan foydala
nishi mumkin.
O’quvchilarning o’zlarini harakat faoliyati haqidagi chizmalari, o’z fikrlarini
grafik tarzda ifodalash, bajara olishni obrazli qilishni uylashga urgatadi.
Jismli kullanmalar nisbatan chegaralangan didatik imkoniyatlarga ega. To’la
kurinishi, yonboshdan, sharnirli modellari hara katning ayrim zvenolari, gavdaning
to’la harakati trayoktoriyasi, ampli tudasini namoyish qilish imkonini beradi.
Kinofilm, barcha texnik kiyinchiliklarga qaramay, pedagogik jarayonda juda
katta didaktik imkoniyatlarga ega. Kinofilm harakat faoliyati ijrosining eng yuqori
sport maxorati darajasida, kolaversa, uni kattalashtirib sekinlashtirib, turli
ploskostda, to’laligicha, ay rim detallariga aksentni karatib ko’p marotabalab
takrorlash imkonini beradi. Ko’rgazmali xis qilishda harakat xolatining
tezdashtirilgan chas totada kinoga olish judda katta ahamiyatga ega, chunki unda
oddiy kinoga olishdagiga nisbatan juda sekinlashtirilgan suratlar xosil bo’ladi. Bu,
o’z navbatida, harakatning barcha detallarini ko’rish imkonini beradi.
Ovoz va rangli signallar kerak bo’lgan tovushli va rangli muljallar - harakatni
boshlash yoki tugallash (yoki alohida harakat lar) uchun lozim bo’lgan temp, ritm,
amplituda va xokazolarni berishda kul keladi. Bu metronomni “urishi” - harakatga
keraqli temp berish uchun, yerdagi belgilar, bayrokchalar, uloktirish va x.k. Keng
tarkala boshlagan elektron ovzli yetakchilar, avtomatlashtirilgan muljallar
(mishenlar), zudlik bilan axborot beruvchi maxsus qurilmalar ta’lim jarayonining
samaradarligiga ta’sir ko’rsatmoqda.
Amaliy uslublar - Bu metodlar o’quvchilarning o’zlarini aktiv harakat
faoliyatlariga asoslangan. Shartli ravishda ularni ikki guruhga ajratamiz: qat’iyan va
qisman reglamentlashtirilgan mashq metodlari (B.A. Ashmarin, 1976). Ular
orasidagi farq nisbiy. Darajasi va harakteri turlicha bo’lsa-da, reglamentlash
daqiqasi har bir metodda ham mavjud. Ma’lum sharoitda turlicha kichik
guruhlardagi(podgruppadagi) ikki xil metod birlashtirilishi mumkin. Qisman
reglamentlashtirilgan mashq metodi va musobaqa metodi orqali bir xil harakat
faoliyati o’qitaverilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |