Konstruktsion materiallar texnologiyasi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/91
Sana01.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#522545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91
Bog'liq
1 kurs MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKTSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2)

Yonuvchi slaneslar
- o‘simlik yoki jonivorlarni chiqindilaridan hosil 
bo‘luvchi smolasimon loyli jins. Ba’zi hollarda yonilg‘i sifatida ishlatiladi. Tabiiy 
suyuqliklardan neft va uning birikmalari eng yaxshi yonuvchi yonilg‘i 9500-10000 
kkal/kg energiya beradi.Pista ko‘mir. Yog‘ochni 400-600
0
C havosiz muhitda 
qizdirish yo‘li bilan olinadi. Pista ko‘mir eng yaxshi yonilg‘i, chunki tarkibida 0,8 
% kul bo‘ladi. 
Koks gazi. 
Toshko‘mirdan koks olishda koks gazi hosil bo‘ladi va tarkibi vodorod (50-
60%), metan (20-34 %), uglerod oksidi CO (3-4 %), CO
2
2-3 % va azot bo‘ladi. 1 
m
3
koks gazi yonganda 4000-4500 kkal issiqlik ajraladi. 1 tonna ko‘mir yonganda 
300-320 m
3
gaz hosil bo‘ladi. 
Domna pechlarida ish jarayonini borishi natijasida gaz ajraladi. Bu gazni 
tozalab koks gazi bilan aralashtirib ishlatiladi. Bu gaz bilan Marten pechlarini, 
qizdirgich pechlarini qizdirishda ishlatiladi, yonganda 1150-1500 kkal issiqlik 
ajralib chiqadi. 
O‘tga chidamli materiallar. 
Cho‘yan va po‘latni yuqori temperaturada eritib olinadi. Shuning uchun 
pechning ichki devorlari, ayniqsa, uning erigan metall va shlak tegadigan yuzalariga 
ishlatiladigan materiallar o‘tga chidamli bo‘lishi kerak. O‘tga chidamli materiallar 
pechdagi yuqori temperaturada parchalanmasligi, yumshamasligi, metall va 
pechdagi gazlar ta’sirida shaklini o‘zgartirmasligi, qiziganda shaklini 
o‘zgartirmaydagan bo‘lishi kerak. O‘tga chidamli materiallar kukun, g‘isht va har-
xil buyumlar ko‘rinishida bo‘ladi. Ximiyaviy tarkibiga ko‘ra o‘tga chidamli 
materiallar kislotali, asosli va neytral bo’ladi. 
Pech devori materialini tanlash uchun pechdan chiqadigan shlakni xarakterini 
bilish kerak. Agar pechda kislota xarakterli shlak hosil bo‘lsa pech devoriga 
ishlatiladigan materiallar ham kislota xarakteriga ega bo‘lishi kerak va aksincha. 
O‘tga chidamli kislota xarakterli materiallarga dinas g‘ishti, kvars va boshqalar 
kiradi. 
Dinas g‘ishtni tarkibida 92-96 % kvarsit bo‘ladi, bog‘lovchi material sifatida 
gil tuproq ishlatiladi va shakl berib 1400-1600
0
C da maxsus pechlarda qizdiriladi. 
O‘tga chidamli asosli materiallarga magnezit (MgSO
3
) va hokazolar kiradi. 
Magnezitni erish temperaturasi 2000-2400
0
C.
Dolomit kukun va g‘isht shaklida po‘lat eritadigan pechlarda ishlatiladi.MgSO
3
maydalanib, ozroq gil tuproq qo‘shiladi va kerakli buyum olinadi va 1400
0
C gacha 
pechda qizdiriladi.Bu g‘isht Marten va elektr pechlarini devorlarini qoplashda 
ishlatiladi. Magnezit kukuni esa, pechlarni ta’mirlashda ishlatiladi. O‘tga chidamli 
neytral materiallar metallurgiya pechlarida eng ko‘p ishlatiladigan materiallardir. Bu 
materiallarga gil tuproq bilan qum tuproq kiradi. 
Flyus
. Yuqorida aytilganidek, rudani domna pechlarda eritishdan oldin 
boyitiladi. Lekin boyitilgan rudada baribir keraksiz jismlar mavjud. Ruda 
eritilayotgan vaqtda yonilg‘idan hosil bo‘lgan kul va bekorchi jinslar pechda 
metallni erishiga to‘sqinlik qiladi va bunday bekorchi jinslardan qutilish uchun 
maxsus modda solinadi. Bu moddani flyus deb ataladi. Flyus bekorchi jins tarkibiga 
va miqdoriga qarab belgilanadi. Keraksiz jins kislotali bo‘lsa, flyus sifatida biror 


asosli oksid, keraksiz jins asosli bo‘lsa, aksincha flyus sifatida kislotali xarakterli 
flyus solinadi. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish