Konstruktsion materiallar texnologiyasi


Qoliplar, ularning materialga qo’yiladigan talablari, tarkibi va tayyorlanishi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/91
Sana01.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#522545
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91
Bog'liq
1 kurs MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKTSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2)

Qoliplar, ularning materialga qo’yiladigan talablari, tarkibi va tayyorlanishi. 
Yuqorida qayd etilgandek, quymalar olish uchun suyultirilgan metall quyma 
shakliga va o’lchamlariga yaqin qilib tayyorlangan qolipga metall kanallar sistemasi 
orqali qo’yiladi. Olinuvchi quymaning materiali, shakli, o’lchamlari, seriyasi va 
boshqa ko’rsatgichlariga qarab qoliplar turli materiallardan tayyorlanadi. Masalan, 
cho’yan va po’lat quymalar qoliplar materialining 80 % ga yaqin qum va gillardan 
iborat bo’ladi. Qoliplar ish muddatiga ko’ra bir marta, bir necha dona quyma va 
ko’plab quymalar olishga yaroqli xillarga ajraladi. Bir marta quyma olishga yaroqli 
qoliplar asosi kvarts qumi, gil va tegishli xossalarga erishish uchun qo’shiladigan 
materiallar (grafit, kvars kukuni, yog’och qipig’i, mazut va boshqalar) suv bilan 
qotishtirib tayyorlansa. muvaqqat qoliplar yuqori temperaturaga chidamli 
materiallar (shamot, magnezit, qum. asbest va boshqalar) kukunlarini gil bilan 
qorishtirib tayyorlanadi. Doimiy qoliplar esa cho’yan, po’lat alyumin va mis 
qotishmalaridan tayyorlanadi. Bir marta quyma olishga yaroqlik qoliplar nam va 
quritilgan xillarga ajratiladi 
Nam qoliplar.
Bu qoliplar qolip materiallaridan foydalanib 10-12 % gacha gil 
bo’ladi. Nam qoliplar yuqori plastiklikka ega bo’ladi, quymalardan oson ajralib 
chiqadi. Bunday materialdan qolip tayyorlash vaqti qisqa bo’lib, narxi arzon. Nam 
qolipning asosiy kamchiligi mustahkamligining pastligidir. Shu sababli nam 
qoliplardan mayda va o’rtacha quymalar olishdagina foydalaniladi. 
Quruq qoliplar
. Bu qoliplar qolip materiallaridan tayyorlanib, ularning tarkibida 15 
% gacha gil bo’ladi. Bu qolip pechlarda 300-350°C temperaturada bir necha soat 
qizdiriladi. Natijada qolipning mustahkamligi ortadi. Bu qoliplardan yirik, qolip 
devorli quymalar olishda foydalaniladi. Qoliplovchi materiallarga qo’yiladigan 
asosiy talablarga quyidagilar kiradi: 
1) Plastiklik. Materiallarning tashqi kuchi ta`sirida model va sterjen qutisi shakliga 
osongina tushib, undan model yoki sterjen qutisi ajratiladigandan keyin ham olgan 
shaklini saqlab olish xususiyati plastiklik deyiladi. 
2) Puxtalik. Materiallardan qolip tayyorlashda tashishda unga metall quyishda 
dinamik va statik kuchlar ta`sirida buzilmay o’z shaklini saqlab qolish xususiyati 
materiallarning puxtaligi deyiladi. 
3) Termomexanik chidamligi. Qolipga yuqori temperaturali metall quyilganda 
materialning uning ta`sirida suyuqlashmay ximiyaviy jihatdan barqaror bo’lish 
xususiyati materiallarning termomexanik chidamligi deyiladi. 
4) Qayishqoqlik (beriluvchanlik). Qolip materiallarning qolipga qo’shilayotgan 
metall ta`sirida siqilib metallning sovib kirishi oqibatida metall tomon berilish 
xususiyati beriluvchanlik deyiladi. 
5) Gaz o’tkazuvchanlik. Qolipga yuqori temperaturali metall quyilganda 
materiallarning undagi havo va ajralayotgan gazlarni o’zidan o’tkazish xususiyati 
materiallarning gaz o’tkazuvchanligi deyiladi. 
6) Chidamlik. Qayta-qayta quyma olishda materiallarni fizik va mexanik xossalarini 
saqlab qolish xususiyati uning chidamligi deyiladi. 
7) Arzonligi. Qolip materiali yirik quymakorlpk sexlarida ming-minglab tonnalab 
ishlatiladi (1 tonna quyma olish uchun 4-7 tonna qolip materiali ishlatiladi). Shu 


sababli uning arzonligi ham katta ahamiyatga ega. Qolip materialning tarkibi qolip 
tayyorlashda foydalaniladigan asosiy material kvars qumidir. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish