Konstruktsion materiallar texnologiyasi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/91
Sana01.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#522545
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91
Bog'liq
1 kurs MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKTSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2)

voloknitlar 
deb, qog‘oz to’ldirgichli plastmassalar 
bumagolit 
deb 
ataladi va hokazo. 
Plastifikatorlar. 
Plastmassalarning bu tarkibiy qismi ularning 
plastikligini oshiradi, bikirligini kamaytiradi, past temperaturalarga chidamli qiladi. 
Masalan, polixlorvinil nomli polimer +70
0
C dagina plastik bo’ladi, agar unga 30… 
40 % plastifikator (dibutilftalat) qo’shilsa, u normal temperada ham plastik bo’ladi. 
Shishalar. 
Shishalar shisha hosil qiluvchi komponentlarni o’ta sovitish natijasida 
olinadi. Bunday qattiq, lekin kristall bo’lmagan materiallar organik bo’lmagan 
shishalar deb ataladi. Хom-ashyo sifatida kremniy, bor, alyuminiy, fosfor, titan, 
sirkoniy, litiy, magniy, qo’rg’oshin elementlari oksidlari qo’llaniladi. Murakkab 
tarkibga ega bo’lgan sistemaning suyuq holatdan qattiq holatga o’tishi hamda qattiq 
holatdan suyuq holatga o’tishi qaytar jarayondir. Shishasimon holatda sistema 
ortiqcha ichki energichga ega, shuning uchun uning kristall holatga qaraganda 
barqarorligi kamdir. Shuning uchun jismning kristall holatga o’tishi shishasimon 
holat orqali ro’y beradi. Kremniyli (silikat) shishalardan asosi kremniy (11) 
oksiddan iborat bo’lib, nisbatan keng qo’llaniladi. Silikat shishalarning kristall 
panjara tuzilishlari tetraedr sinchlaridan iborat. Bunday sinchlarning kristall 
kvarslardan farqi shundaki, bog’lanish tugunlari keng o’zgarishi mumkin. Natijada 
tartiblanish darajasi o’zgaradi. Kremniyning bir qismi alyuminiy yoki bor elementi 
bilan almashtirilsa, o’zgacha tuzilish hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan shishalar 
alyuminiy-silikatli yoki bor-silikatli shishalar deb ataladi. Modifikatorlarning 
atomlari kremniy-kislorod tetraedri orasiga joylashgan bo’lib, asosiy karkas 
tuzilishni buzmaydi. Bunday shishalarni tayyorlashda shixta materiallarni 
tayyorlash, maxsus pechlarda pishirish, kerakli shaklni berish hamda temperatura 
ta’sirida kimyoviy ishlov berish kabi ishlarni bajarish kerak. Kvars shishalar tabiiy 
va sun’iy kvarslarni qayta ishlash orqali olinadi. Тexnik shishalar asosini alyuminiy, 
bor, kremniy oksidlaridan iborat murakkab tarkib tashkil qiladi. Shishaning xossalari 
kristall jismlar kabi izotrop xususiyatga ega. Uning zichligi 2200-8000 kg/m
3
ni 
tashkil qiladi va albatta tarkibiga bog’liq bo’ladi. Shishaning mikroqattiqligi 4-10 


GPa ga, elastiklik moduli 40-120 GPa ga, siqilishdagi mustahkamligi 2 GPa ga, 
cho’zilishdagi mustahkamligi esa 90 GPa gacha, egilishdagi mustahkamligi 120 
MPa ga teng. Kvars shishalarning kimyoviy tarkibi murakkab bo’lmasa ham 
tuzilishi bir jinsli bo’lib, zarbiy qovushqoqligi nisbatan kam. U mo’rt va nisbatan 
mustahkamlikka ega. Shisha isitilganda qovushqoqligi ortib boradi, bunga qarab 
uning agregat holatini aniqlasa bo’ladi. Qattiq holatdan suyuq holatga o’tish ma’lum 
temperatura oralig’ida sodir bo’ladi. Ana shu temperatura chegaralari shishasimon 
holatga o’tish (400 - 600
o
C) va yumshoq (600-800
o
C) holat bilan belgilanadi. Oraliq 
temperaturada shisha yuqori qovushqoqlikka va plastiklikka ega bo’ladi. Shishani 
qayta ishlash uchun yumshoq holatga o’tadigan temperaturadan yuqoriroq 
temperaturada (1000-1100
o
C) qizdiriladi. Shishalar tiniq bo’lib, yorug’likni yaxshi 
o’tkazadi. Ular yorug’lik nurini sindirish va qaytarish koeffisiyentiga teng. Shisha 
tarkibini o’zgartirish hamda uning sirtni yupqa parda qoplama bilan qoplash usuli 
bilan uning xususiyatlarini o’zgartirish mumkin. Agar shisha tarkibiga kumush 
galogenlaridan qo’shilsa, fototron deb ataluvchi effekt vujudga keladi, ya’ni shisha 
shaffofligi o’zgaradi, hamda tushayotgan yorug’lik tezligiga qarab, shisha har xil 
rangda tovlanadi. Shisha ma’lum temperatura oralig’ida qizdirilgandan keyin keskin 
sovitilsa, yoritmaydi, ya’ni darz ketib sinmaydi. Bu shishaning muhim 
xususiyatlaridan biridir. Kvars shishalarning chiziqli kengayish koeffisiyenti s=5,8-
10,7 ga, temperaturaga bardoshliligi esa 1000
o
C ga teng. Shisha 540-650
o
C gacha 
qizdirilib yuqori temperatura ta’sirida havoda yoki moyda tez toblansa, ichki 
kuchlanishlar barqarorlashadi, natijada mustahkamlik 3-6 barobar oshadi va zarbiy 
qovushqoqlik 5 - 7 marta oshishi mumkin. Shishalarning ishlatilish sohasi juda keng 
va xilma-xildir. Ulardan quvurlar, optik asboblar, kimyoviy uskunalar va vositalar 
hamda boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish