9-MAVZU:
METALLARDAN
QUYMA
DETALLAR
OLISH
TEXNOLOGIYASI
Reja
:
1. Quymakorlikning mashinasozlikdagi o’rni, quyma materiallar xossalari va
ularni aniqlash.
2. Qoliplar, ularning materialga qo’yiladigan talablari, tarkibi va tayyorlanishi.
3. Model komplekti, sterjenlarni tayyorlash.
4. Qoliplarni qo’l va mashinalar yordamida qoliplash.
5. Quymalar olishning maxsus usullari.
Mashinasozlik sanoatida, turli mashina detallarining og’irlik jihatidan qariyb 50 %
dan ortiqrog’i, traktorsozlikda
60 % va stanoksozlikda esa 80 %
ga yaqini
metallardan quyma tarzida olinadi. Quymakorlikda bolg’alash, shtamplash, kesib
ishlash va boshqa usullarida tayyorlanishi qiyin bo’lgan
yoki mutlaqo tayyorlab
bo’lmaydigan murakkab shaklli turli o’lchamdagi metall quymalari oson olinadi.
Qirindiga o’tuvchi quyim qiymatining kamligi, chiqindilar (quyma sistema metali,
brak quymalar) ning bevosita qayta eritilishi kabi afzalliklari tufayli katta iqtisodiy
samara beradi. Texnik-iqtisodiy talablarga javob beradigan quymalar olishda
foydalanadigan asosiy materiallarga cho’yanlar. po’latlar va rangli metall
qotishmalari kiradi. Ayniqsa. ularning suyuqlanish
temperaturasining pastligi,
oquvchanligi kam kirishishi, ximyoviy tarkibining tekis bo’lishi, hamda arzonligi
juda qo’l keladi. Ma`lumki, ximiyaviy tarkibiga. metalning qolipga qo’yilish
temperaturasiga va boshqa ko’rsatgichlarga bog’liq. Masalan,
sof metallar va
evtektik qotishmalarning oquvchanligi qattiq eritmalarnikidan qattiq. eritmaniki esa
qotishmalarda uglerodning grafit tarzida ajralishadi hajmning kattalanishi qolip
bo’shlig’ining suyuq metall bilan yaxshi to’lishiga olib keladi. Ma`lumki,
qotishmalarni qolipda sovishida Si uglerodning grafit tarzida ajralishga yordam
bersa Mn uglerodni Fe da erishiga va grafit tarzida ajralishiga qarshilik ko’rsatadi.
S ham grafitning ajralishiga qarshilik ko’rsatishi bilan birga qotishmaning mexanik
xossalarini pasaytiradi. P esa qotishmaning oquvchanligini oshiradi.
Metall
temperaturasi oshganda uning oquvchanligi ham ortadi, unda erigan gazlar (N
2
, N
2
,
O
2
, SO, SO
2
, SN
2
va boshqa gazlar) ham ortiq bo’ladi, bu esa quymaning mexanik
xossalariga putur etkazadi.
Metallarning oquvchanligi aniqlashda qolip materialidan ko’ndalang kesim yuzi
0,56 sm
2
li trapetsiya shaklida spiral qolip tayyorlanib unga metall quyiladi. Olingan
quyma spiralning uzunligiga qaraladi. Spiral quyma qancha uzun bo’lsa, metallning
oquvchanligi shuncha yuqori bo’ladi. Quymalar olishda foydalaniladigan
materiallar ichida talablarga cho’yanlar javob beradi.
Ishlab chiqarilayotgan
quymalarning
70 % quyma cho’yanlarga,
17 % po’latlarga,
8 % boshqa xil
cho’yanlarga va qolganlari ranglik qotishmalarga to’g’ri keladi. Ma`lumki,
olinadigan quymaning tannarxi material xiliga. seriyasiga shakliga, massasiga va
texnologik jarayonlarning mexanizatsiya va avtomatlashtirilganlik
darajasiga
bog’liq.