Konstruktsion materiallar texnologiyasi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/91
Sana01.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#522545
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91
Bog'liq
1 kurs MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKTSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2)

termoplastik polimerlar 
yoki 
termoplastlar 
deb ataladi. Тermoplastik polimerlarni ko’p marta qayta 
suyuqlantirib, ulardan ko’p marta buyumlar olish mumkin. Molekulalari to’rsimon 
tuzilgan polimerlarda bunday xossalar bo’lmaydi. Ularning strukturasi (tuzilishi) 
chiziqli molekulalarning bir-biri bilan birikishi natijasida hosil bo’ladi. 
Molekulalarning bir-biriga tiqilib, bitta molekula hosil qilish jarayoni temperatura 
va bosim ta’sirida sodir bo’ladi. Тo’rsimon struktura hosil bo’lgandan keyin 
polimerlarning plastikligi va suyuqlanish xususiyati yo’qoladi. Bunday polimerlar 
termoreaktiv polimerlar yoki reaktoplastlar deb ataladi. Polimerlarda kristallanish 

kr
) ma’lum temperaturada ro’y beradi. Polimer sovitilganda shishasimon qotish 
ro’y beradi. Bu ma’lum kichik bir temperatura oralig’ida (10-20
o
C) polimerning 
yana suyuq holatga qaytish holatidir. Bu temperatura polimerning shishasimon 


holatga o’tish temperaturasi (Т
sh
) deyiladi. Тemperatura Т dan kichik bo’lsa, 
boshlang’ich tartibdagi segmentlar temperaturasi kamayadi va mo’rtlik 
temperaturasi (Т
m
) ga yetganda polimer materiali yemiriladi, bu qattiq jismning 
mo’rt yemirilishiga o’xshash bo’ladi. Тemperatura Т
sh
dan katta bo’lsa, tartibli 
segmentlarning ham harakati oshadi, mikromolekulalarning tartiblanishi ham ortadi. 
Polimerlarning kuch ta’sirida elastik deformatsiyalanishi uning yuqori elastik holati 
deyiladi. Тemperatura oquvchanlik chegarasiga yetganda tashqi kuch ta’siri olinsa, 
deformatsiya qaytish xususiyatini butunlay yo’qotadi. Bunday holatni polimerning 
yuqori oquvchanlik holati deb ataladi. Polimerlarning Т
sh
, Т
kr
, Т
oq
temperaturalarini 
aniqlashda termomexanik usul qo’llaniladi. Shishasimon strukturaga ega bo’lgan 
polimerlar 
ma’lum 
temperatura 
oralig’ida 
yemirilmasdan 
kuchli 
deformatsiyalanadi. Bunday deformatsiya yuqori elastiklikka ega bo’lgani uchun 
majburiy elastik deb ataladi. Polimer materiallari uchun yemirilish sodir bo’ladigan 
kuchlanish qiymati kuch ta’sir etish vaqtiga bog’liq bo’ladi. Kuch qo’yilgan vaqtdan 
boshlab, yemirilish sodir bo’lgungacha ketgan vaqt polimerning ishlash muddati 
deyiladi. Polimer materiallarning muhim xususiyatlaridan biri relaksatsiyalanishidir. 
Agar polimer cho’zib deformatsiyalangan va shu holda mahkamlab qo’yilgan 
bo’lsa, strukturadagi segmentlarning qayta taqsimlanishi natijasida yuqori elastik 
deformatsiya ro‘y beradi. Bunday hol o‘z navbatida avvalgi kuchlanish darajasini 
pasaytiradi, relaksatsiya hodisasi ro‘y beradi. Materialning doimiy kuch ta’sirida 
o’z-o’zidan cho’zilishi ham relaksatsion xususiyatga ega. Materialning ishlash 
sharoitlarini belgilashda shu xususiyatlarni hisobga olish kerak. Polimerlarni qayta 
ishlash yoki ishlatishda elastiklikni oshirish maqsadida ularga plastifikatorlar 
qo‘shiladi. Plastifikatorlarning vazifasi molekulalarning elastikligini oshirishdan 
iborat. Poliefirlar, efirlar, xlor birikmalari plastifikatorlar sifatida qo’llaniladi. 
Plastifikatorlar polimer tarkibiga eritma tariqasida kiritiladi. Тashqi ta’sir natijasida 
polimer molekulalarining parchalanishi ro‘y beradi. Bu jarayon zanjir reaksiyadir. 
Destruksiya natijasida yemirilish sodir bo’ladi. Stabilizatorlar parchalanishdagi 
zanjir reaksiyaning borishiga to‘sqinlik qiladi. Stabilizatorlar oksidlanishini oldini 
oladigan, temperatura ta’sirida parchalanishni to‘xtadigan birikmalar (ingibitorlar), 
yorug‘lik nuri ta’sirida parchalanishni oldini oladigan birikmalar, radiatsion nur 
ta’sirida parchalanishni to‘xtatadigan birikmalar va hokazo. Stabilizatorlar 
polimerni olish jarayonida yoki qayta ishlashda, odatda juda kam miqdorda (0,01-2 
%) qo‘shiladi. Stabilizatorlar sifatida aminlar, finol hosilalari, juda maydalangan 
metallar qo‘shilishi mumkin. Polimer materiallarining rangini o’zgartirish 
maqsadida har xil buyoq moddalar (pegmentlar) qo’llaniladi. Lekin bunday 
buyoqlar polimer bilan yaxshi aralashishi va temperatura, nur, havo va boshqa tashqi 
ta’sirlarga chidab, o’z tasirini uzoq saqlay olishi kerak. Bo’yoqlar organik va organik 
bo’lmagan birikmalar bo’lishi mumkin. Masalan, shu maqsadlarda metall oksidlari 
(TiO
2
, Fe
2
O
3
), metall tuzlari hamda qurumdan foydalaniladi. Polimer materiallarda 
to’rsimon strukturani hosil qilish uchun ham qo’shimchalarlar kiritiladi. Masalan, 
kauchukka shunday struktura hosil qilish uchun oltingugurt, selen, fenol qo’shiladi. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish