Konstruktsion materiallar texnologiyasi


Po'latni Marten pechlarida ishlab chiqarish



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/91
Sana01.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#522545
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91
Bog'liq
1 kurs MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKTSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2)

Po'latni Marten pechlarida ishlab chiqarish 
(Alangali regesirator pechlari). 
Po'latlardan xalq xo'jaligida keng qadamlar bilan foydalanish va sanoatda va 
korxonalarda metall ishlab chiqarishda ularni o'rni beqiyos. 1886 yilda fransuz 
metallurglari Prer va Emil Martenlar chiqitga chiqqan chiqindilarni cho'yan bilan 
birga eritib po'lat olishni taklif qildilar.Shixta sifatida cho'shka cho'yani bilan temir-
tersakdan foydalaniladi. Skrap jarayoni asosli va kislotalari xarakterdagi pechlarda 
boradi. Hajmi V=100 tonna. Cho'yan rudali jarayon. Bu jarayonda shixta sifatida 
suyuq cho'yan bilan temir rudasi olinadi, ya'ni temir-tersakni qayta eritishda 


cho’yandagi qo’shimcha elementlarni oksidlash uchun pechga ma’lum miqdorda 
temir rudasi solinadi. Skrap ruda jarayonida P va S ko'p bo'lgan shixta materiallari 
ishlatiladi.Marten pechlarini asosiy qismi vannadir. Bu cho’zinchoq ish yoki eritish 
bo’shlig’i bo'lib, metal bu vannani tubida joylashadi. Pechning devorlari o'tga 
chidamli dinas yoki xrom magnezit g’ishtlardan terilgan. Pechni oldi qismida shixta 
materiallarni yuklash uchun darcha bor. Orqa devorida erigan po'latni chiqarish 
uchun teshik va nov mavjud. Pechni ish qismi yerdan 4,5-8 m balandlikda 
joylashgan, bu esa tarnov ostiga katta hajmdagi kovshni quyishga imkon beradi. 
Marten pechlarida metalni eritish uchun katta temperatura kerak, buning uchun havo 
va gaz qizigan holda beriladi. Qizdirishni to’rtta regeneratorlari bajaradi. 
Regeneratorlar o'tga chidamli g’ishtlardan vertikal kanalchalar shaklida terilgan 
bo'lib, pechning har tomonidan ikkitadan joylashgan. Regeneratorlarning ustki 
bo’shlig’i erish kamerasini tepa qismi bilan birlashgan bo'lib, pastki qismi kiritish 
yoki chiqarish trubalari bilan birikkan. Pechning vannasiga haydaluvchi sovuq gaz 
va havo qizigan gaz regeneratorlarining katak-katak kanallaridan o'tib, asta-sekin 
qizitadi. Sovuq havo ham ikkinchi qizigan havo regeneratorlarining katak-katak 
kanallaridan o'tib qiziydi. Marten pechlarida qayta temperatura kerak, buning uchun 
metallni erishi uchun havo va gaz qizigan holda beriladi. Pechni vannasiga 
haydaluvchi suvuq gaz va havo qizigan gaz reaksiyalarini katak-katak kanallaridan 
o'tib, atsa-sekin qiziydi, sovuq havo ham ikkinchi qizigan havo ta’sirida qiziydi. 
Jarayonni boshlanishida pechga haydaladigan gaz bilan havo 1100-1300
0
C qizdirilib 
so'ng yuboriladi. 
Regeneratorlardan haydalayotgan havo va gaz pechning bo'g’zida o'zaro 
aralashib yonadi va natijada materiallar ma’lum vaqt o'tgandan so'ng eriydi. Havo 
regenerartorlari kattaroq bo'lib, pechga ko'proq havo beradi. Chunki ortiqcha havo 
pechning ichidagi cho’yan va skrap uglerodini va boshqa elementlarini oksidlaydi. 
Har 20-30 minutda havo va gazning yo'nalishi avtomatik ravishda o'zgartirilib, 
pechga borayotgan havo va gazning qizish darajasi tezlashadi. Qizdirilgan gazning, 
qizdirilgan havoda yondirilishi natijasida pechning ishchi yuzasida temperatura 
1800-1900
0
C ga yetadi, bu esa po'lat ishlab chiqarish uchun yetarlidir. Agarda 
Marten pechlari tabiiy gaz yoki mazut yordamida qizdirilsa, gazlarning qizitib 
beruvchi kameralarning hojati bo'lmaydi. Marten pechlarining hajmi har xildir. Eng 
ko'p tarqalgani 50 dan 175 tonnagacha bo’lib, ish hajmi 500 tonnani sig’diradigan 
pechlar ham mavjud.Alangali regenerator pechlarida pechning hajmiga, 
ishlatilayotgan shixta tarkibiga, yoqilqi turiga, eritiluvchi po'latning markasiga qarab 
bir sutkada 2-5 marta po'lat eritib olish mumkin. Yangi qurilgan yoki remontdan 
chiqqan pechni yog’och va ko’mir hamda mazut gorelkalari bilan devorlarning 
700
0
C qizdirib, so’ng regenerator orqali aralashma beriladi. Aks holda gaz tezda 
yonmasdan havo bilan portlovchi modda hosil qilishi mumkin.Eritilayotgan po'latni 
sifatini tekshirish uchun shixta pechda to’la eritib bo'lingandan so’ng uni mikro va 
makrostrukturasi maxsus ekspress labarotoriyalarida tekshiriladi. 5-10 minutda 
metalni ximiyaviy tarkibi tekshirib ulguriladi. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish