Konstruktsion materiallar texnologiyasi


Kislorodli konvertorlarda po'lat olish



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/91
Sana01.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#522545
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91
Bog'liq
1 kurs MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKTSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2)

Kislorodli konvertorlarda po'lat olish. 
Kislorod konvertorlarida olingan po'latlarni sifati ancha yuqori bo'ladi. 
Kislorod ustki qismi sovutiladigan furmalar orqali kislorod haydalib, uni ko'tarib va 
tushirish dvigateli yuritma yordamida bajariladi. Furma kanali metal sirtidagi 300-
700 mm uzoqlikda joylashgan. Berilayotgan kislorodni bosimi 10-20 atm., tezligi 
97-99 %, bir tonna po'lat olish uchun bir minutda 2.2-4.5 m
3
kislorod haydaladi. 
Jarayon uzoqligi pech hajmiga qarab 30-60 minut. Kislorodli konvertorlarni ish 
jarayoni avtomatlar bilan jihozlangan bo'lib, hamma jarayonlar avtomatik tarzda 


nazorat qilinadi. Konvertorni uporasi yordamida 0-360
0
ga burilishi mumkin. 
Konvertorni skrap (temir-tersak), cho’yan, flyus bilan to’ldirish konvertorni yuqori 
qismidagi bo’g’izidan, po'lat va shlakni quyib olish uchun yon tomonidagi novdan 
bajariladi. Shixta tarkibi suyuq oq cho’yan, po'lat temir-tersagi, ohaktosh, temir 
rudasi, boksit, dala shpati bo'lishi mumkin. Konvertorga quyilayotgan cho’yanni 
temperaturasi 1250-1400
0
C. Kislorod konvertorlarida temperatura katta bo'lgani 
uchun 20-30 % temir ruda va skrapdan foydalanish mumkin. Jarayon boshida 
konvertorni gorizantal holatga keltirilib shixtaga solinadi (25-30 % suyuq cho’yan 
og’irligiga nisbatan metall chiqindilari). So’ng oq cho’yan quyiladi va konvertorni 
vertikal holatga keltirilib kislorod bera boshlanadi, ish bilan birga shlak hosil 
qiluvchi komponentlar ham solinadi (ohak, bosit, temir rudasi). Furma yuzi bilan 
metall yuza oralig’i 0,3-0,8 m uzoqlikda bo'lishi kerak. 
Kislorod katta bosimda bo'lganigi uchun konvertordagi suyuq metall 
aralashtirilib, sirkulyatsiyalanadi. Bu ximiyaviy jarayonni borishini yaxshilaydi. 
Furma ostida temperatura 2200-2400
0
C ga yetadi. Kislorodni berish konvertordagi 
suyuq metalda uglerodni miqdori normal miqdorga kelguncha beriladi va 
to’xtatiladi. Bunday jarayonda oksidlanish reaksiyalaridan ko'p miqdorda issiqlik 
ajraladi.Oksidsizlanish jarayoni oxirida temir ham kislorod bilan ozroq to’yinib 
qoladi. Shuning uchun oksidsizlantirish jarayoni bajariladi. Buning uchun jarayon 
oxirida pechga Mn, Si, Al solinadi va temir tarkibidagi kislorod bilan birikib MnО, 
SiО
2
, Al
2
О
3
birikmalari hosil bo'ladi va ular shlakka o’tadi. Temir esa metallga 
o'tadi. Hosil bo'lgan po'latni qabul qilish uchun uni 40
0
ga buriladi va kovshga quyib 
olinadi. Shlakni qabul qilish uchun konvertorni 50-55
0
burilib kovshga qabul qilinib 
olinadi.Konvertorlarda past legirlangan (legirlovchi elementlar miqdori 2-5 %) 
po'latlar olish mumkin. Bunda legirlovchi elementlar elektr pechlarida eritib olinadi, 
so’ng konvertorga quyiladi. Jarayon uzoqligi pechni hajmiga ko’ra 30-60 minut, 300 
tonna hajmli konvertorlarni ish unumi 400-500 t/s. Marten va elektr pechlarini ish 
unumi esa 80 t/s, olingan po'latni sifati yaxshi. 
Kislorod konvertorlarini yana bir afzallik tarafi yonilg’i ishlatilmasligidir, 
chunki elementlarni oksidlanishi issiqlik chiqarilishi bilan boradi. Hozirda 
olinadigan po'latlarni 50-55 % i kislorodli konvertorlarda olinadi. Konvertorlarda 
olinadigan po'latlarni afzalligi: ish unumi yuqori, uskunalarning konstruksiyasi 
sodda, boshqarish qulay, yonilqi ishlatilmasligi, po'latni tannarxi arzon. Kamchiligi: 
quyilgan cho’yandan 90-94 % gacha po'lat olinadi, vaqt juda qisqa bo'lganligi uchun 
po'lat tarkibini aniq nazorat qilish qiyin. Po'latdan shlak to’la ajralib ulgurmaydi. 
Metall chiqinlilaridan ko'plab ishlatib bo'lmaydi, chunki suyuq cho’yan sovib 
qoladi. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish