218
qaratish, tengdoshlar bilan birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish, muloqot orqali o‘z hayotiy
tajribasini kengaytirish va boyitib borishga o‘rgatadi.
Kommunikativ ko‘nikmalar – o‘rganilayotgan til vositalari
yordamida muayyan faoliyat
sohasi doirasidagi muloqot maqsadlari va vaziyatiga mos ravishda nutqiy faoliyatni amalga oshira
olish layoqati.
Kommunikativ qobiliyat esa – muloqot jarayonida kishilar o‘rtasidagi samarali o‘zaro
aloqani ta’minlovchi individual psixologik xususiyat bo‘lib, uni aniq metodika, qat’iyat va
amaliyotda qo‘llash orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada L.Cherneskaning fikricha, bolada
kommunikativ kompetentlikni tarkib toptirish uchun, eng avvalo, unda quyidagi uchta malakani
shakllantirish kerak:
Birinchisi – bu bolani qiziqishlari sohasini aniqlash, unda aynan bolani muloqotga kirishishi
uchun u qiziqadigan va gaplashishni xohlaydigan mavzular aniqlab olinishi kerak. Bu bosqichni
to‘liq amalga oshirmasdan hech qanday natijalarga erishib bo‘lmaydi, chunki katta yoshdagi inson
o‘z-o‘ziga birorta ishni qilishga motivatsiya bera olishi mumkin, lekin yosh bolalar buni amalga
oshira olmaydi.
Ikkinchi bosqich bilimlar sohasini aniqlash hisoblanadi. Bunda boladagi muvaffaqiyatli
muloqotga kirisha olish borasidagi bilimlari bor yoki yo‘qligi
aniqlanadi, agar bunday bilimlar
mavjud bo‘lmasa unda bu kabi axloq qoidalarini bolaga o‘rgatish lozim bo‘ladi. Bu borada eng
katta mas’uliyat ota-onalar zimmasiga tushadi, ota-ona bolaga suhbatga kirisha olish qonun-
qoidalari va muammoli vaziyatlardan chiqib keta olish usullarini o‘rgata olishi kerak.
Uchinchi bosqich bu muloqotga kirishish ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichi hisoblanadi
va u bir nechta komponentlarni o‘z ichiga oladi.
-
xabarlarni birorta odamga tegishliligini asoslay olish;
-
suhbatdoshining e’tiborini o‘ziga qarata olish;
-
gaplarini asoslab bera olish;
-
tolerant bo‘lish;
-
suhbatdosh nima haqida gapirayotganini tushina olish;
-
suhbatdoshini qiziqtira olish;
-
suhbatdoshini e’tibor
bilan eshitish;
-
suhbatdoshiga nisbatan empatiyani mavjudligi;
-
muammoli vaziyatlarni hal eta olishdan iborat.
Shu uchta bosqichni to‘g‘ri amalga oshirish orqali bolada kommunikativ ko‘nikmalarni
shakllantrish mumkin.
Bolada kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishning eng samarali usuli bu o‘yin
hisoblanadi. O‘yin orqali bolalarning ijtimoiylashuvi, liderlik qobiliyati, ijodiy fikrlashi, jamoada
ishlash kabi ko‘nikmalari shakllanib boradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan o‘yinlarning aksariyati aynan bolaning
kommunikativ ko‘nikmasini shakllantirishga karatilgan bo‘lib, bularga didaktik, syujetli-rolli,
“hikoyani qayta hikoya qilish”, so‘z-mantiqiy tafakkurning rivojlanganligini aniqlash uchun keng
tarqalgan “mazmunan bir syujetli rasmlar asosida hikoya tuzish” metodikasini, N.I.Gutkinaning
“Uycha” rasmi metodikasi, A.L.Venger va D.B.Elkoninning “Grafik diktant” metodikalarini misol
qilib olishimiz mumkin.
Ye.O.Smirnovaning fikricha, bolalarga o‘zlari tanlagan o‘yinlarni o‘ynatish
maqsadga
muvofiq deb hisoblaydi, chunki bolalar ko‘pincha tanish bo‘lgan, qoidalarini biladigan, bir so‘z
bilan aytganda aynan aqli yetadigan o‘yinlarni tanlashadi. Bu tarbiyachiga bolani fikrlash va
nutqining rivojlanganlik darajasini aniqlab olishga yordam beradi. O‘yinlarni bolani ehtiyoji va
aqliy qobiliyatini hisobga olgan holda to‘g‘ri tashkil qilish, bolani kommunikativ kompetentligini
shakllantirib borishga xizmat qiladi.
Bu masalaga jiddiy va pedagogik-psixologik jihatdan mukammal bilimlarga ega bo‘lgan
xolda yondashish zarur, chunki bolani kommunikativ savodxonligi
uning kelajakda barkamol
bo‘lib yetishishini aniqlab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.