B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Adabiyotlar: 
1.
“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi. – T., 2018. 
2.
Чернецкая Л. Развитие коммуникативных способностей у дошкольников. – Ростов 
на Дону: Феникс, 2005. – 255 с. 
3.
Смирнова Е.О. Особенности общения с дошкольниками. – М., 2005.
4.
F.R.Qodirova. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2004. 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
RIVOJLANTIRUVCHI ERKIN FAOLIYAT MARKAZLARINI TASHKIL ETISH VA 
UNING AHAMIYATI 
Norbosheva M.
Termiz davlat universiteti, katta o‘qituvchi 
Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasi hamisha birinchi va muhim masala bo‘lib kelgan. 
Ta’lim-tarbiya masalasi xalqimizda doimo dolzarb sanalgan. Tarbiya avvalo oilada va 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimlari 
ichida boshlang‘ich xalqa sanaladi. Ana shu poydevor qanchalik mustahkam bo‘lsa keyingi 
bosqichlarda ham gurkirab rivoj topadi. Ana shuning uchun ilk bo‘g‘in bo‘lgan maktabgacha 
ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunga 2016 yildan boshlab 
maktabgacha ta’limga oid chiqarilgan bir qator qonunlar, qarorlar va farmoyishlar fikrimiz isboti 
bo‘la oladi.
Xususan, maktabgacha ta’lim tizimida alohida Vazirlikning tashkil etilishi va bugungi kunda 
vazirlik tomonidan maktabgacha ta’limga juda ko‘p yangiliklarning amalga oshirilishi shular 
jumlasidandir. Bundan tashqari rivojlangan davlatlar tajribalari o‘rganilib, yangi tahrirda qaror va 
ish hujjatlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini yaratilishi va shu 
asosda maktabgacha ta’limni olib borilishi tizimda yangi sifatli ta’limni kafolatladi. O‘quv dasturi 
kompetentlik asosida ishlab chiqildi.
Ilk bora maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mavzuli rejalashtirish belgilandi hamda bolani 
rivojlantirish xaritasi tavsiya etildi. Bundan tashqari, har bir maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
o‘zining variativ dasturini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mazkur dasturda o‘quv-tarbiya 
jarayoni bola qobiliyati va layoqatini har tomonlama rivojlantirish, ular shaxsini shakllantirishga 
qaratilgan. Bu jarayonning mahsuldorligi pedagogning bolalarni yaxshi bilishi, ta’lim-tarbiyaning 
xilma-xil metodlarini qo‘llashiga bog‘liq.
MTTning har bir guruh xonasi bir necha markazlarga bo‘linadi. Rivojlantiruvchi erkin 
faoliyat markazlari bolalarga o‘zlarining shaxsiy ko‘nikma va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda 
ta’lim jarayonini mustaqil individuallashtirish imkonini beradi. O‘quv-tarbiya faoliyatini tashkil 
etish tamoyillariga ko‘ra xavfsizlik tamoyilida – bolalarni jismoniy va psixologik xavfsizligini 
ta’minlash, do‘stona va qulay muhit bilan ta’minlash; ketma-ketlik tamoyilida esa – oddiydan 
murakkabga, 
egallangan 
bilimlardan 
yangi 
bilimlarga 
asta-sekinlik 
bilan o‘tish; 
moslashuvchanlikni – muhitga qarab faoliyatni almashtirish; yaxlitlikda – bolalarni har 
tomonlama barkamol rivojlanishlarini ta’minlash; hamkorlikda – ta’limning keyingi bosqichiga 
qulay o‘tishni ta’minlash asosida tashkil etilishi hisobga olingan.
Rivojlantiruvchi muhitning turlari: 1) Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika; 2) 
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish; 3) Nutq va til markazi; 4) Ilm-fan va tabiat markazi; 5) 
San’at markazi; 6) Musiqa va ritmika markazi. 
MTTlarda rivojlantiruvchi muhit yaratish va undan to‘laqonli foydalanish maktabgacha 
yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid davlat talablarini to‘la bajarilishiga xizmat qiladi. Bolalarni 
erkin fikrlashga o‘rgatish, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, o‘z “men”larini topishga 
yordamlashadi. Rivojlantiruvchi muhit – maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat o‘quv dasturiga 


220 
asosan muayyan yosh guruhida tashkil etiladigan ta’lim jarayonini amalga oshirishga xizmat 
qiluvchi muhim jarayon bo‘lib, u qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlashi lozim. Dastur – 
muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O‘zbekiston Respublikasida 
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid davlat talablariga muvofiq muayyan yosh 
guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil 
qilish yo‘llarini belgilaydilar. 
Qurish-yasash, konstiruksiyalash va matematika markazida bolalar ko‘p jihatdan nutq 
ijtimoiy ko‘nikmalar, matematik va ilmiy tafakkur, mayda va yirik motorika, ijod jarayonlarini 
rivojlantiradi

Markazni tashkil etishda faol harakatlanish mavjud bo‘lmagan joyni tanlash 
maqsadga muvofiq. Faoliyatning ko‘p qismi polda o‘tirgan holda amalga oshiriladi, va shu sababli, 
yumshoq gilam to‘shab qo‘yish lozim. Bu markazda faoliyat ko‘pincha syujetli-rolli o‘yinga 
aylanib ketadi. Shuning uchun sahnalashtirish markazlarini bir-biriga yaqin joylashtirish kerak.
Asosiy matematik qonuniyatlarni bilish bugun deyarli hamma uchun zarur. Ko‘p kasblar 
bevosita matematika bilan bog‘liq. Moliya, kompyuter texnologiyalari, injeneriya va boshqalar. 
Shuning uchun ham, garchi bu oson bo‘lmasada, farzandlarimizga “fanlarning shohi”ni ya’ni 
matematikani o‘rgatish juda muhim. Bolada matematikaga ilk qiziqish konstruktor yig‘ish 
jarayonida paydo bo‘ladi. Bu fikrga aksariyat ota-onalar qo‘shilishsa kerak. Ayniqsa, “lego” 
toifasidagi yig‘ma o‘yinchoqlarni bolalar yaxshi ko‘rishadi. “Lego” ularga qanday qilib kichkina 
qismlardan katta va murakkab qurilmalarni yasash mumkinligini tushunib olishda ko‘maklashadi. 
Bir buyuk matematik maktab davrida ota-onasi origami, ya’ni qog‘ozni buklash orqali yasaladigan 
o‘yinchoqlarni o‘rgatadigan to‘garakka olib borganidan so‘ng geometriyaga qiziqib qolganini 
aytadi. Chindan ham bu qadimiy san’at geometriyaning aksariyat teoremalarini o‘zida 
mujassamlashtirgan, qog‘ozdan turli - tuman shakllarni yasash asnosida bolada geometriyaga 
qiziqish oshib boradi. Bolalarda sensomotorika rivojlanadi va asta-sekin taraqqiy etadi. 
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi o‘yinlarning hududi aniq belgilanishi va 
o‘yinda ishtirok etmayotgan bolalarning bu zonaga kirishiga, o‘yinni buzishiga yo‘l qo‘ymaydigan 
chegaraga ega bo‘lishi zarur. Tarbiyachilar o‘yinning bir joydan boshqa joyga ko‘chirishlarini ham 
qo‘llab-quvvatlashlari lozim. Bolada kichik sahna ko‘rinishlarini o‘ynashga xohish, istak 
uyg‘otish uchun albatta kerakli jihozlar bo‘lmog‘i lozim. Bu borada rolli o‘yin markazlari 
faoliyatini tashkillashtirish maqsadga muvofiqdir. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarining ongida g‘oyaviy bo‘shliq paydo 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, Vatanimiz 
taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lidagi dolzarb vazifalarni 
amalga oshirish, maktabagacha ta’lim tashkilotlari da tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya 
jarayonlarinining barcha jabhalarini qamrab olishi zarur bo‘lib, mazkur jarayonda o‘rganilayotgan 
tushunchalarga nisbatan tarbiyalanuvchining qiziqishini shakllantirish va rivojlantirishda ularning 
faolligini oshirishni ta’minlash, aynan biz, pedagoglarning zimmamizdagi muhim vazifa 
hisoblanadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish