Microsoft Word Автомобилни бошқариш ва ҳаракат лотин doc



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/58
Sana31.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#521550
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58
Bog'liq
A k a d e m I y a avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo

Avtomobilning informativligi 
deganda uning harakat ishtirokchilarini 
kerakli axborot bilan ta’minlay olish qobiliyati tushuniladi. Bunda 
axborotlarni 2 turga ajratish mumkin: 

ichki axborot; 

tashqi axborot. 


67 
Haydovchi harakatlanish jarayonida o‘zi boshqaradigan transport 
vositasidan axborot oladi (ichki axborot) va bir vaqtda geometrik ko‘rish 
maydonidagi transport vositalaridan axborot oladi (tashqi axborot). 
Informativlik ko‘rish (forma, transport vositasi o‘lchamlari, kuzov 
rangi, salonning elementlari, rangli ishora jihozlari), tovush (tovushli 
ishora, radio axborot dvigatel transmissiyasi va boshqa shovqinlar) va tahlil 
(boshqarish organlarini haydovchi ta’siriga reaksiyasi) orqali olinadi. 
Transport vositasining tashqi informativligiga quyidagilar kiradi:

passiv informativlik; 

aktiv informativlik. 
Passiv informativlik transport vositasining energiya sarflamasdan 
axborot berish xususiyati bo‘lib, bunga qiyofa, o‘lcham, kuzovning rang 
ta’sir xususiyati va transport vositasiga o‘rnatilgan yorug‘lik qaytarish 
qurilmalari kiradi.
Aktiv informativlik transport vositasining ma’lum miqdorda 
energiya sarflab axborot berish xususiyati bo‘lib, bunga yoritish tizimi, 
yorug‘lik va tovushli ishoralar berish kiradi.
Transport vositasining rang-tasvir xususiyatlari quyidagi talablarga 
javob berishi kerak: 

ishoralilik, ya’ni oqimdan transport vositasini yaqqol ajralib turishi 
xususiyati;

taniqlilik, ya’ni transport vositasining vazifasini rang, belgi va 
tasvir asosida anglatish;

psixofiziologik komfort – bu kuzatuvchining ko‘rish qobiliyatiga 
rangning uzoq muddat ta’sir etishi natijasida psixofiziologik holatining 
buzilmasligi. 
Transport vositasiga qo‘yiladigan talablardan biri uning rangi bilan 
atrof-muhit rangining farqidir. Masalan, yashil avtomobil bahor va 
yozda, kulrang va jigarrang kuzda, oq qishda boshqa ranglardan farq 
qilib qolmasdan, balki atrofdagi ranglar bilan qo‘shilib ketishi mumkin. 
Ochiq ranglar bilan bo‘yalgan avtomobillar, statistik ma’lumotlarga 
qaraganda, kamroq yo‘l-transport hodisalariga uchraydi. Shuning uchun 
xavfsizlik nuqtai nazaridan, transport vositalarini sariq, qizil, to‘q sariq 
ranglarga bo‘yagan ma’qulroq.
Nur qaytargichlar – 
bu unga tushadigan yorug‘lik oqimini yorug‘lik 
manbaiga qaytaradigan qurilmadir. Xalqaro namuna (standart)larga 
asosan nurqaytargichlar qorong‘i paytlarda o‘ziga tushgan yorug‘lik 
nurini qaytarish yo‘li bilan transport vositasi gabaratini belgilash uchun 
mo‘ljallangan. Nur qaytargichlarning sifati yorug‘lik kuchi koeffitsiyenti 


68 
bilan aniqlanadi, ya’ni qaraladigan yo‘nalishda nur qaytargichning aks 
ettirishi, yorug‘lik kuchiga, yoritilishni berilgan burchak ostida nur 
qaytargichda yoritilish nisbatiga aytiladi. 
Yorug‘lik kuchi koeffitsiyent bilan o‘lchanadi va nur qaytargichning 
har bir yoritilganligi manbaga qarab yorug‘lik kuchi aks ettirishni 
ko‘rsatadi.
Avtomobil transportida ikki turdagi nur qaytargichlar eng ko‘p 
tarqalgan:

sharsimon;

to‘g‘ri prizmasimon.
Sharsimon nur qaytargichlarning ijobiy tomoni shundaki, ular katta 
burchaklar diapazonida yorug‘lik oqimini aks ettirishi natijasida 175

chegarada ko‘rinishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, ularda egri chiziq 
yuzalarda qo‘llanilishi mumkin. Ularning kamchiligi yorug‘lik kuchi 
koeffitsiyenti yuqori bo‘lmaganligi uchun chiroqlar yorug‘ligida 100 
metrgacha masofada ko‘rishni ta’minlaydi.
To‘g‘ri prizmasimon nurqaytargichlarning ustunligi yorug‘lik kuchi 
koeffitsiyentining yuqoriligi 600 metrgacha masofada ko‘rishni ta’minlaydi. 
Ularning kichik burchak (35
0
)
ostida nur qaytarishi asosiy kamchiligi 
hisoblanib, bu ularni egri yuzalarda qo‘llash imkoniyatini bermaydi. 
Transport vositasining avtonom yoritish tizimi tashqi, yoritilganlik 
yetarli bo‘lmagan sharoitda ko‘rinishni ta’minlashga mo‘ljallangan. 
Hozirgi paytda ishlab chiqariladigan barcha avtomobillar ikki xil yoritish 
(uzoq va yaqin) chirog‘i bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, avtomobillarga 
keng burchakli tumanga qarshi chiroqlar, uzoqni ko‘rsatadigan 
projektorlar, orqaga yurganda yonadigan chiroqlar o‘rnatilishi mumkin.
Keng burchakli tumanga qarshi chiroqlar havo xira (tuman, yomg‘ir, 
qor va h.k.) bo‘lganda, kesishmalar, kichik radiusli burilishlarda 
harakatlanganda ko‘rinishni yaxshilash uchun mo‘ljallangan. 
Projektor chiroqlardan esa asosan harakatlanish intensivligi kichik 
bo‘lgan, to‘g‘ri yo‘nalishli shahar tashqarisi yo‘l qismlarida katta tezlikda 
harakatlanganda foydalaniladi. 
Avtomobillarning yoritish chiroqlarida Yevropa va Amerika tipidagi 
assimetrik tizimlisi ko‘proq tarqalgan

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish