BBK 39.808ya73
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014
3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar hayotga izchil joriy etila
boshlandi. Respublikani bozor iqtisodiyotiga o‘tib borishi, xususiy
mulkchilikda avtomobil sanoatining vujudga kelishi, chet ellar bilan teng
huquqli iqtisodiy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, fuqarolar moddiy
farovonligi ortib borishi tabiiy ravishda avtomobil yo‘llarida va shahar
ko‘chalarida harakat miqdorining ortib borishiga olib kelyapti.
Mustaqillikdan avval Respublika bo‘yicha har 1000 nafar aholiga 35
dona yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda bu
ko‘rsatkich yanada ortib boryapti.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yilda
«Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011
yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlari»ga bag‘ishlangan
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
majlisidagi
ma’ruzasida: «O‘n yil oldin, ya’ni 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki
mahsulotida transport xizmatining ulushi 7,7 foizni tashkil qilgan bo‘lsa,
2010 yilda bu raqam 37 foizga o‘sganini, o‘tgan yili 160 dan ortiq
turdagi yangi tovarlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, jumladan yangi
rusumdagi «Spark» yengil hamda katta hajmdagi yuk tashiydigan
«MAN» avtomobillarining ishlab chiqarilishi ushbu yo‘nalishga
davlatimiz rahbari tomonidan katta e’tibor qaratilayotganligini yaqqol
isbotidir. 2010 yilda 50 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega
bo‘lgan «M-300» rusumidagi yengil avtomobil ishlab chiqarish
o‘zlashtirildi. 2011 yilda esa 35 tadan ortiq yirik ishlab chiqarish
korxonasi, shu jumladan «Jeneral motors» kompaniyasi bilan
hamkorlikda yiliga 225 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab
chiqaradigan korxona qurilib, yakunlash va foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, Toshkent shahrida ko‘p o‘rinli «Mersedes-Bens» rusumli
4
yo‘lovchi avtobuslarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish vazifasi qo‘yilishi
ham bu sohaga alohida e’tibor berilayotganidan dalolat beradi.
O‘tgan yilning o‘zida faqat avtomobil yo‘llarini qurish va
rekonstruksiya qilish uchun 378 million dollarga teng bo‘lgan mablag‘
o‘zlashtirildi
va
270
kilometrlik
zamonaviy
avtomobil
yo‘li
foydalanishga topshirildi. Bu 2011 yilga qaraganda 31,5 foizga ko‘p
demakdir.
2011 yilda ushbu maqsadlar uchun 2010 yilga qaraganda 1,4
barobar ko‘p, ya’ni 547 million dollardan ortiq kapital quyilmalarini
yo‘naltirish, xalqaro talab va standartlarga javob beradigan 302
kilometrlik avtomobil yo‘llarini foydalanishga topshirish ko‘zda
tutilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytganda, bizning asosiy
maqsadimiz mamlakatning rivojlanish yo‘nalishini to‘g‘ri anglab olib,
yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish hamda transport sohasida
bugungi kunning asosiy muammolaridan biri hisoblangan yo‘l-transport
hodisalarining oldini olishda har bir shaxsga yo‘llarda xavfsiz
harakatlanish asoslarini o‘rgatish bilan birgalikda, «Avtomobil
tayyorgarligi» fani orqali «B» toifadagi yuqori malakali haydovchilarni
tayyorlashdan iboratdir.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |