Anguage and literature



Download 10,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/73
Sana30.03.2022
Hajmi10,13 Mb.
#518591
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
Bog'liq
uzb-2019 2son(1)

39
Tadqiqotlar
Boshladi uzrini sohibfar Humoy,
Dedi: «Ey sargashtalarg‘a rahnamoy,
Ondadur­iqboldin­poyam­mening,
Kim berur taxti sharaf soyam mening,
Zotima oncha sharaf bersa iloh,
Kim mening soyam gadoni qilsa shoh»
6

XII asrga taalluqli Xovosdan topilgan moychiroq 
dastasida Humo qushining aks etganligi o‘zbek lisoniy 
manzarasida qadimdan bu qushning ramzlashgani-
ni ko‘rsatadi. O‘zbekiston gerbidagi bu totem-qush 
xalqning asrlar davomida shakllangan qarashlari, istak-
larini o‘zida mujassam etgan.
7
Ta’kidlash kerakki, Islom 
dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi va diniy nuqtayi 
nazardan har qanday totemni iloh darajasida qabul qi-
lish qat’iyan taqiqlanishi O‘zbekiston hududidagi qadim 
totemistik ashyolarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ldi. 
Ammo totemistik qarashlar ta’siri folklorda, metafora va 
iboralar mazmunida bizgacha yetib keldi. 
Har bir tilga xos olamning lisoniy manzarasi shu til
-
da so‘zlashuvchi xalqning fikrlash tarzini aks ettiradi. 
Ushbu jihatni tadqiq qilish voqelikni kategoriyalashning 
umuminsoniy jarayonlari in’ikosini, milliy mentalitet 
xusu siyatlarini ko‘rish imkonini beradi. Turli tillardagi to-
tem va ramzlarning bir xilligi (sher) yoki turli xilligi (mu
-
sicha), V.M.Mokienkoning ta’biricha, odamning «hay
-
vonlar fe’li va odatlarini kuzatishlari umumiyligi yoki xu-
susiyligiga asoslanganligi» bilan izohlanadi.

Mifologik 
hayvon-totem obrazlari turli etnoslar lisonida xalqning 
fikrlash tarzini aks ettirishi nuqtayi nazaridan umumiy 
yoki xususiy holda shakllanadi. Hayvon va qushlarni to
-
tem sifatida o‘rganish davomida ularga bo‘lgan e’tiqod 
ildizlarida o‘zgacha, alohida ma’no borligi asoslandi. 
Ularni tavsiflash uchun 
geraldika tili 
yoki
 lingvogeral
-
dika 
degan yo‘nalishning rivoj topayotganligi turli, shu 
qatorda hayvonlar tasvirini o‘qishda tilshunoslikda max-
sus tadqiqotlar zarurligini ko‘rsatadi. Turkiylarda chaqa-
loqqa 
Lochin, Bo‘riboy, Samandar, Arslon, Sherzod; 
ispanlarda­ Lobato,­ Gaviota,­ Lucio,­ Paloma,­ Borrego
9
ismlarning berilishida hamda muchal yillari, yulduz 
turkumlarining hayvon nomi bilan atalishida totemizm 
ta’siri seziladi. 
N.Mallayev «O‘zbek adabiyoti tarixi» kitobida totem-
lar paydo bo‘lishiga oid quyidagi ma’lumotlarni keltirib 
o‘tgan: «Mifologiyaga ko‘ra Gaya Martan (Kayumars) 
yer yuzida paydo bo‘lgan birinchi odam bo‘lib, go‘yo u 
Ahura Mazda (Hurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki 
vujuddan: ho‘kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. 
Insoniyatning ashaddiy dushmani bo‘lgan Ahriman 
Kayumarsni o‘ldiradi. Kayumars jasadining ho‘kiz qis-
midan 55 xil don, 12 xil o‘simlik, sigir va ho‘kiz, ular-
dan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo‘ladi; odam 
qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall 
vujudga keladi»
10
. Xorxe Luis Borxes: «
Porque en el 
principio­ de­ la­ literatura­ está­ el­ mito,­ y­ asimismo­ en­
el­ fin­ (Adabiyotning­ boshlanishi­ ham,­ oxiri­ ham­ afso-
na (mif)dir

11
– deydi. Totemizmning bugungi ifodala-
rini adabiyot, umuman olganda, til bizga qadar yetka-
zib beruvchi vosita bo‘ldi. Boshqacha qilib aytadigan 
bo‘lsak, tilshunoslikda ramz/simvollarga bog‘liq tad-
qiqotlar, ayniqsa, zooramzlar mifologiya bilan bosh-
lanib, mifologiya bilan tugaydi. Chunki totemizm va 
mifning tili bitta – u yoki bu darajada ramzlarga asos-
l
anadi. Har ikkalasida ham ramzlarni sharhlash, kelib 
chiqish sababini o‘rganish orqali insoniyat tarixi hamda 
olamning lisoniy, mifologik, diniy manzaralari haqidagi 
muayyan ilmiy yutuqlar qo‘lga kiritiladi. Metafora nazari-
yasi til simvolizmiga u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lib, 
bu bog‘liqlik «til–ma’no–ramz»ning o‘zaro munosabati 
sifatida rivojlanib boradi. Belgining ramziy funksiyasi-
ga o‘sha so‘zning ifodalash va tasvirlash xususiyatla-
rini belgilab beradigan obrazli ma’no sifatida qaraladi. 
Bunday ramziy ma’nolarni tizimli tasvirlash til uchun 
bazaviy bo‘lgan metaforik ko‘chirim manbalarini hisob-
ga olgan holda belgining semantik tuzilishini tasavvur 
qilish imkonini beradi.
Amir Temur davlatining ramzi, bayrog‘i haqida-
gi qaydlarni Kastiliya elchisi R.G. de Klavixo asari-
da uchratish mumkin: qurilish ishlari olib borilayotgan 
Shahrisabzdagi Oqsaroyda qabulxona peshtoqining 
o‘rta qismi va ikki chekkasida nur taratayotgan quyosh 
fonida 
arslon
tasvirlanganini ko‘rganini bayon etgan. 
Elchi buni Samarqand hukmdori tamg‘asidagi tasvir, 
degan xulosaga keladi.
12
Demak, hujjatlarga bosilgan 
tamg‘ada ham arslon tasvirlanganki, elchi bunday 
fikrga kelgan. Lingvogeraldikada «
arslon»
ramzi Amir 
Temurning kuch-qudratli, oliyjanob, yuksak martabali, 
yengilmas shaxs ekanligini bildirgan. Bu fikr metafo-
rik modelda quyidagicha ifodalandi: AMIR TEMUR → 
ARSLON = AMIR TEMUR → KUCHLI, QUDRATLI, 
QO‘RQMAS, DOVYURAK, YENGILMAS, OLIYJANOB, 
VIQORLI SHAXS.
O‘.Alimov Amur Temur davlati bayrog‘ida uch-
burchak shaklli oq mato tortib biriktirilgan bo‘lib, unda 
geraldika holatida 
bo‘ri
va zarrin nurlarini taratib turgan 
quyosh tasviri bilan go‘yo ustingdan quyosh yorqin nur-
larini mangu sochib turishini istasang, 
bo‘ri
kabi ser-
gak, dovyurak va qiyinchiliklarni bartaraf eta oladigan 
bo‘lishing kerak, degan g‘oya ilgari surilgandek
13
, deb 
yozadi. N.Y.Bichuringa asoslanib L.N.Gumilyov ham 
turk bayroqlarini zarrin bo‘ri kallasi bezagani haqida 
yozadi.
14
Demak, 
bo‘ri
zoomorfi totemistik qarashlarda 
yetakchi obrazlardan sanalib, 
bo‘ysunmas, yengilmas, 
jasur, mard, sodiq
insonni ta’riflab kelgan. Iboralar va 
metaforalarda bunday mifologik qarashlar soyasini 
sezish qiyin emas. Masalan, turkiy xalqlar orasida ishi 
yurishgan odamga nisbatan 
«bo‘ri ko‘rgan», «bo‘ri
-
si uligan»
iborasi ishlatilgan.
15
Alpomishning otasi 
Boybo‘ri kabi bo‘ri nomini tashuvchi shaxslar O‘rxun–
Enasoy bitiklarida ham uchrashi bo‘rining turkiylarda 
qadimdan totem bo‘lganligini ko‘rsatadi. Turkiylarda 
boshqird (bosh bo‘ri), kurd (bo‘ri)
16
kabi millat-elatlar-
ning nomlanishi ham shundan dalolat beradi. Zikr etil-
gan fikrlarni metaforik modelda quyidagicha ifodalash 
mumkin: TURKIYLAR → BO‘RILAR = TURKIYLAR → 
BO‘YSUNMAS, YENGILMAS, JASUR, MARD, BOTIR, 
SODIQ KISHILAR.
Ispan tili lisoniy manzarasida 
bo‘ri
leksik birligi bilan 
bog‘liq «viejo lobo de mar» antropozoometaforasi mav-
jud bo‘lib, u 
qari dengiz bo‘risi
ma’nosini beradi. Aslida 
metafora mazmunida 
tajribali dengizchi 
nazarda tutil-
sa-da
17
, bugungi kunda uning ma’noviy qamrovi ken-


40
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tadqiqotlar
gayib, o‘z kasbining ustasiga nisbatan qo‘llanil moqda. 
Masalan, bu antropozoometafora tajribali futbol o‘yin-
chisiga nisbatan ishlatilgan: «
Arenas, 

Download 10,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish