24-mavzu. Iqtisodiy o’sish va milliy boylik reja: Iqtisodiy o’sishning mazmini, mezonlari va ko’rsatgichlari Iqtisodiy o’sish modellari



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana30.03.2022
Hajmi0,51 Mb.
#518223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
24. Iqtisodiy o’sish va milliy boylik

Ekstensiv iqtisodiy o’sishga
ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib 
qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli erishiladi. 
Aytaylik, 
mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun ishlab chiqarish omillari miqdori ikki 
barobar ko’paytirilishi lozim, sodda qilib aytganda mavjud korxonalar bilan bir qatorda o’rnatilgan 
uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo’yicha xuddi 
o’shanday yana korxonalar qurilishi lozim. ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga 
oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay qoladi. 
Iqtisodiy o’sishning intensiv turi
sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga 
ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg’or ishlab chiqarish 
vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud 
ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan erishiladi.
Intensiv yo’l ishlab 
chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot 
miqdorining o’sishida, mahsulot sifatining oshishida o’z ifodasini topadi.


Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo’lmaydi, balki 
muayyan uyg’unlikda, bir-biri bilan qo’shilgan tarzda bo’ladi. SHu sababli ko’proq ustuvor ekstensiv 
va ustuvor intensiv iqtisodiy o’sish turlari haqida so’z yuritiladi. 
Iqtisodiy o’sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlari ham mavjud bo’lib, 
ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligining o’sishi 
va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi 
kabilar hisoblanadi. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi; 
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o’rtasidagi nisbat; 
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va 
kooperatsiyasi. 
Iqtisodiy o’sishning jahon amaliyotida keng qo’llaniladigan boshqa ko’rsatkichi 
iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo’yicha hisoblab chiqilgan YAIM 
ko’rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda iqtisodiyotning yirik sohalari, moddiy va nomoddiy 
ishlab chiqarish tarmoqlari o’rtasidagi nisbat ham o’rganiladi. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish