– 97 ming 800 ta yangi ish o’rni yaratildi
2
.
SHuningdek, 2009 yil –
«Qishloq taraqqiyoti va
farovonligi yili» Davlat dasturi doirasida qishloq joylarida 65 mingta yangi ish o’rinlari bilan
ta’minlovchi mehnat sig’imi yuqori bo’lgan ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish ko’zda
tutilgan. Jumladan:
- chorvachilik, parrandachilik komplekslari va issiqxona xo’jaligi (35 ming ish o’rni);
- sut va go’shtni qayta ishlash sohasi (8 ming ish o’rni);
- mebel, poyafzal va tikuv tsexlari (9 ming ish o’rni);
- oziq-ovqat va qandolatchilik tsexlari (6 ming ish o’rni);
- mahalliy xomashyodan qurilish materiallari tsexlari (7 ming ish o’rni).
SHuningdek, kasanachilik va xalq hunarmandchiligini tashkil qilish orqali 70 mingta, har bir
qishloq tumanida kamida 50 ta kam ta’minlangan oilalarni qoramol bilan ta’minlash evaziga 7
mingta yangi ish o’rinlari yaratish belgilangan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun barcha
moliyalashtirish manbalaridan 202,0 mlrd. so’m
ajratilishi nazarda tutilgan
3
. Bunday chora-
tadbirlar natijasida ishchi kuchi bandligi darajasini oshirish va tarkibini yanada takomillashtirish
mamlakatimizda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashga zamin yaratadi.
Iqtisodiy o’sish omillaridan texnika taraqqiyotini ta’minlash hamda investitsiyalar hajmini
oshirish – mamlakatimizdagi iqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishiga aylangan. Prezidentimiz
I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «…jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam
yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o’tkir qilib qo’ymoqda va
buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar etishni talab qilmoqda»
4
.
Umuman olganda, hozirgi global inqiroz sharoitida ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga
investitsiyalarni ko’proq jalb etish zarurati quyidagilar orqali izohlanadi:
1) inqiroz vaqtida jahon bozorida zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar arzonlashadi. Bunday
imkoniyatdan foydalanib, ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini
yangilash hamda uning
asosida raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish qisqa davrda ushbu sarf-xarajatlarni qoplash
imkonini beradi;
2) yuqori darajada qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan mahsulotlarni eksportga chiqarishning
qo’shimcha imkoniyatlari vujudga keladi;
3) texnik va texnologik asosni yangilashda vaqt jihatidan yutish imkoni paydo bo’ladi;
4) investitsiyalar ichki talabni kengaytirib, qurilish
sanoatining rivojlanishini
rag’batlantiradi;
5) ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi diversifikatsiyalanadi.
Bundan ko’rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda barqaror
va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlashga yo’naltirilgan omillardan foydalanishga katta ahamiyat
qaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: