63
qarab tishlar tozalanadi. Keyin Og‘iz ochilib tishlarning ichki sathi am shu yo`sinda
kichik
aylanma harakatlar bilan tozalanadi. Tishlarni chaynov yuzalari
aloida yana aylanma harakat
ostida tozalanib, oxirida gorizontal yo‘nalishda cho‘tkalar harakati bilan tish tozalash tugatiladi.
Bunday usulda tishlarni tozalash bolalar va katta yoshdagi kishilarga tavsiya qilinadi.
LEONARD (Leonard) usuli.
Bunda tish cho‘tkasining tukli yuzasi tish sathiga perpendikulyar qo‘yilib, cho‘tka harakati
vertikal ravishda faqat milklardan tishlarning kesuvchi kirrasi tomonga harakatlantiraladi.
Yuqori jag‘`da
yuqoridan pastga, pastki jag‘`larda pastdan yuqoriga qarab tish cho‘tkasi
harakatlantiriladi, tishlarning vestibulyar yuzasi tishlar qatorining yopiq holatida tozalanadi.
Chaynov yuzalari ochiq holatda cho‘tkani oldinga-orqaga yunaltirish yo‘li bilan tozalanadi. Bu
usul " qizildan-oqqa"-"milkdan-tishga" deb ataladi.
CHARTER (Sharters) USULI.
Tish cho‘tkasining tuklari tish yuzasiga qaratilgan olda 45
o
burchak ostiga qo‘yiladi va
oistalik bilan cho‘tka tuklari tishlar oralig`iga kiritilib vibratsiya harakati bilan tishlar tozalanadi.
Bunda tish cho‘tkasi tukchalaridan bir qismi milkning qirg`oq qismi ustida yotib milkni mexanik
massaj qiladi.
G.N.PAXOMOV USULI (STANDART TOZALAS USULI)
Yuqori va pastki tish qatorlarining ar biri 6 segmentga shartli ravishda bo‘linadi.
Molyar
tishlar segmenti, premolyarlar segmenti va frontal tishlar segmenti.
Tishlarni tozalash o‘ng yuqori jag‘`ning chaynov guruhi tishlaridan boshlanadi va ketma-
ket segmentlarga o‘tib tozalanadi. Shu yo`sinda pastki jag‘` tishlari am tozalanadi.
Molyar va premolyar tishlar segmenti tozalanayotganda tish cho‘tkasining ishchi qismining
tukchalari tishlar sathiga nisbatan 45
o
burchak ostida qo‘yilidi, bunda tuklar yarmi milkni, yarmi
esa tish bo‘yin qismini qoplab turadi. Tish cho‘tkasining harakati milkdan tishlarning kesuvchi
qirrasiga tomon harakatlantiriladi. Cho‘tka harakati supurgi harakatiga monand bo‘lishi kerak.
Shunda cho‘tka milkdan harakatini tish chaynov qirrasi
tomon davom ettirib yumshoq
karashlarni tozalash bilan birgalikda milklar massajini am amalga oshiradi. Tishlarning chaynov
yuzasi tish cho‘tkasini gorizontal (oldinga-orqaga) harakati bilan tozalanadi.
Bunday olda tish
cho‘tkasi tukchalari fissuralar va tishlar oralig`iga yaxshi botib kiradi.
Frontal guruh tishlar
segmenti qoziq va kurak tishlarning vestibulyar yuzasi am yuqorida ko‘rsatilgan chaynov tishlar
sathi kabi tozalanadi. Mazkur tishlarning oral sathini tozalash uchun tish cho‘tkasi vertikal olda
tishlar sathiga perpendikulyar qilib qo‘yiladi, bunda tish cho‘tkasining
tuklari tish sathi va
milklar sathiga o‘tkir burchak ostida yo`naladi. Barcha segmentlarda
tishlar yuzasi aylanma
harakat qilib tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: