62
-fikrlarni tuzishga halaqit beradigan hech qanaqangi ogohlantirish
ishlari va kritikalar
bo‘lmasligi
-agar fikr qanchalik g‘ayritabiiy bo‘lsa, shuncha yaxshiligini inobatga olish
-ko‘proq takliflar olishga harakat qilish
-fikrlarni kombinatsiyalash va rivojlantirish
-keng asoslab bermay, qisqa ta‘rif berish
-guruhning fikrlarini aytadigan va qayta ishlaydiganlarga bo‘lish
Ushbu metod talabalarga o‘z
fikrlarini asoslash, himoya qilish, mustaqil fikrlash
qobiliyatini oshirish.
2. Ko‘rgazmali plakatlardan
foydalanadi
3. Slaydalar, multimedialardan foydalanadi
4. Davolash ishlarini olib boradi
5. Mavzular asosida berilgan ma‘lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi, faol
ishtirokchi talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi
Mavzu matni:
Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi qoidalari.
Bugungi kunda asosiy stomatologik kasalliklar profilaktikasida Og‘iz bo‘shlig‘i
gigiyenasi
eng asosiy, samarali tadbir ekanligi to‘liq isbotlangan. Muntazam ravishda tishlarni
tozalash, ularni tish yumshoq karashlaridan tozalab borish shu bilan birgalikda milklarni
mexanik tarzda uqalashini (massajini) amalga oshirish emalning fiziologik tarzda me‘yorida
etilishini ta‘minlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi tish qattiq to‘qimalari xususan emal qavatini
paradont to‘qimalarini fosatlar, kalsiy, mikroelementlar, ftor va vitaminlar bilan boyitib,
ularni
noxush tashqi muhit ta‘sirotlariga nisbatan turg`unligini oshiradi. Tish tozalash paytida milklarni
muntazam mexanik massaji ularda qon aylanishini yaxshilaydi, shu bilan parodont to‘qimasining
oziqlanishini kuchaytiradi, modda almashinuvini jadallashtiradi. Bugungi kunda er shari aholisi
o‘rtasida karies kasalligini keng tarqalganligini inobatga olib, bu kasallikni bevosita chaqiruvchi
asosiy sabablar Og‘iz bo‘shlig‘ida, tishlar yuzasida (karashlar, mikroblar, ovqat qoldiqlari)
ekanligini nazarda tutsak, og‘iz
bo‘shlig‘i
gigiyenasi, tishlarni muntazam tozalab turish karies
kasalligini oldini olishda eng asosiy qurol ekanligi o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lishi sir bo‘lmay
qoladi.
Og‘iz
bo‘shlig‘ining shaxsiy gigiyenasi-tishlar yuzasidan, milklar sathidan yumshoq
karashlarni, ovqat qoldiqlarini gigiyenik vositalar yordamida qirtishlab
tozalashdan iborat
bo‘lgan mexanik va kimyoviy jarayondir. Bunday tadbirni ar bir inson shaxsan o‘zi kuniga ikki
marotaba ertalab, nonushtadan so‘ng va kechki uyqu oldidan bajarishi maqsadga to‘liq muvofiq
hisoblanadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga muntazam ravishda rioya qilish ar bir shaxs ma‘naviyatining
asosiy elementlaridan hisoblangan shaxsiy sanitariya madaniyati saviyasini am oshiradi.
Sanitariya madaniyati qiyin ish, o‘tirib turish, muomala, nutq, tarbiya madaniyatlari bilan bir
qatorda shaxsni kamolotga komil inson sifatida etishida, sog`lom
avlod bo‘lib vujudga kelishida
muhim o‘rin tutadi.
Og‘iz
bo‘shlig‘i shaxsiy gigiyenasi tadbirlarini samarali amalga oshirishda bugungi kunda
juda ko‘p gigiyena vositalari va predmetlaridan foydalaniladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini amalga oshirishda zamonoviy vositalardan foydalanibgina
kolmasdan uni qay usulda bajarishni ham hisobga olish joizdir. Bugunchi
kunda tishlarni tish
cho‘tkasi va pastasi bilan qay yo`sinda tozalashning qator usullari mavjuddir. Shulardan
ayrimlarini quyida keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: