Elektr tish cho‘tkalari
- ular yordamida avtomat olda tish cho‘tkasining ishchi qismi
vibratsiyali yoki aylanma harakat qiladi. Bunday harakatlar yordamida tish karashlari tozalanib,
milklar massaji amalga oshiriladi. Elektr tish cho‘tkalarini qo‘l harakati mukkamal bo‘lmagan
bolalarga, nogironlarga, keksalarga tavsiya qilish mumkin.
TISH YUVISH PASTALARI
Bugungi kunda jaxon mamlakatlarining ko‘pchiligida xilma-xil tish pastalari ishlab
chiqarilmoqda. Shunga qaramasdan tish pastalarining umumiy struktura tuzilish bir xildir. Tish
56
pastalariga qo‘yilgan asosiy talablar bu tish karashlarini sifatli tozalash, xushta‘m bo‘lishi,
yaxshi id taratishi, noxush ta‘sirotlardan xoli, organizm sezgirligini (allergiya) oshirmasligi
zarur.
Bugungi kunda ishlatilayotgan tish yuvish pastalari o‘zining tarkibi va xususiyatlariga
qarab quyidagi tasnif guruhlariga kiradi:
Jadval
Tish yuvish pastalarining asosiy tarkibiy qismi quyidagi moddalardan iboratdir:
1. abraziv to‘ldirgich
2. biriktiruvchi moddalar (gel hosil qiluvchi gidrokolloidlar)
3. sirt-aktiv yoki ko‘pirtiruvchi moddalar
4. antiseptiklar
5. ta‘m beruvchi vositalar
6. davolash-profilaktik moddalar
ABRAZIV MODDALAR.
Pastalarning tishlarni tozalash samaradorligi ular tarkibiga kiruvchi abraziv moddalar
komponenti xususiyatiga bogliqdir.
Abraziv moddalar
tishlarni karashlardan tozalash va ularni
silliqlash bilan birgalikda emalning noorganik birikmalari bilan muloqotda ham bo‘ladi. Shuni
inobatga olgan olda an‘anaviy foydalaniladigan abraziv material bo‘lib hisoblangan-
cho‘ktirilgan bo‘r bilan bir qatorda bugungi kunda dikalsiy fosfat digidrati, dikalsiy fosfatning
monogidrati, suvsiz dikalsiy fosfat, trikalsiy fosfat, kalsiy pirofosfat, erimaydigan metafosfat
natriy, alyuminiy gidrooksidi, kremniy ikki oksidi, sirkoniy silikat, metilmetakrilatning polimerli
birikmalari va boshqalar shilatiladi. Ko‘pgina ollarda cho‘ktirilgan bo‘r va yuqorida sanab
o‘tilgan abraziv moddalardan birortasining aralashmasi ishlatiladi. Shunday aralashmalar
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. bo‘r va dikalsiy fosfat
2. bo‘r va alyuminiy gidrooksidi
3. bo‘r va suvsiz dikalsiy fosfat va x.k.
Har bir abraziv modda o‘zining ma‘lum disperslik (zarrachalarining o‘lchami), qattiqlik va
pH ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar hosil qilinadigan tish pastalarining, tozalash
xususiyati abrazivligi kabi sifatlarini keltirib chiqaradi. Tish pastalarining hosil qilish jarayonida
uning tarkibiga kiruvchi moddalar tish pastasiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib tanlanadi.
Tish yuvish pastalari
Gigienik tish pastalari
Davolash, profilaktika xususiyatli tish pastalari
Abrazivli
Abrazivsiz
(gel asosli)
Abrazivli
Abrazivsiz
(gel asosli)
Yallig‘lanishga qarshi ta‘sir qiluvchi
Profilaktika
xususiyatli
Tarkibida
tuzlar
saqlovchi
Biologik aktiv
xususiyatli
Ftor
saqlovchi
kariesga
qarshi
Mineral
tuzlar
saqlovchi
ftorsiz
pastalar
57
Do'stlaringiz bilan baham: |