51
Mavzu matni:
BOLALAR YOShIDA OG‘IZ BO‘SHLIG‘INING MALAKALI GIGIYENASI.
MALAKALI
GIGIYENA - bu, og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar yuzasidan yumshoq karashlarni, tish
chukmalarini (toshlarini) maxsus asbob-uskunalar yordamida mutaxassis tomonidan ma‘lum
profilaktika qoidalariga rioya qilgan holda tozalashdan iborat muolajadir.
Bugungi kunda bolalar o‘rtasida amalga oshiriladigan og‘iz bo‘shlig‘ining malakali gigiyenasi
tadbiri stomatologik kasalliklar kompleks profilaktikasi elementlaridan biriga aylangan.
1970 yili shved mutaxassislari Axelssen va Lindhe lar og‘iz bo‘shlig‘i
malakali gigiyenasini
karies va parodont yallig‘lanishi kasalliklari profilaktikasi programmasiga kiritishgan. Bu
kompleks programma uz ichiga quyidagi tadbirlarni olgan:
1. bolalarni ratsional ovqatlanishini ta‘minlash
2. ftor saqlovchi vositalarni mahalliy qo‘llash
3. og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasining muntazamligini ta‘minlash
4. malakali gigiyenani amalga oshirish.
Mazkur dasturga muvofiq og‘iz bo‘shlig‘ining malakali gigiyenasini amalga oshirishlar orasidagi
vaqt bolalarda 2-3 xaftani tashkil qilgan, chunki zich karashlar mavjud paytida gingivit belgilari
va boshlang‘ich karies rivojlanishi uchun taxminan shuncha vaqt etarli ekan.
Bugungi kunda og‘iz bo‘shlig‘i malakali gigiyenasini amalga oshirish vaqti bolada shu
muolajag‘a nisbatan talab paydo bo‘lishi bilan bog‘liq qilib belgilangan (NEXO dasturi
bo‘yicha).
Og‘iz bo‘shlig‘i malakali gigiyenasi amalga oshirish qoidalari:
1. Barcha tishlar yodli yoki eritrozinli bo‘yoq bilan bo‘yaladi.
Shifokor bemorga tishlar
qatoridagi karash ko‘proq yigiladigan sohalarni oyna orqali ko‘rsatadi. Bemorlarga tishlarni
to‘g‘ri yuvish qoidalari o‘rgatiladi va amalga oshiriladi;
2. Tishni cho‘tka va pastalar bilan tozalagandan so‘ng qolgan tish
karashlari abrazivli ftor
saqlovchi silliqlovchi maxsus pastalar yordamida tozalanadi. Abraziv modda sifatida asosan
dioksid kremniydan foydalaniladi. Ftoridlar konsentrasiyasi abraziv tozalovchi pastalarda 0,1%
(0,22%-NaF yoki 0,8%-Na2P03 F") ni tashkil etadi.
Tishlarning chaynov yuzasidan karashlar aylanuvchi maxsus cho‘tkalar yordamida,
silliq
yuzalardan esa-yumshoq rezina qalpoqchalar yordamida abraziv pasta bilan tozalanadi.
Bunda
abraziv pasta tutgan cho‘tka va rezina qalpoqchalar aylanish tezligi 5000 ayl/sek tashkil etishi
kerak.
Tishlarning kontakt (aproksimal) yuzalari flosslar yordamida tozalanishi lozim:
3. Tishlar yuzasi karashlardan tozalanib bo‘lgandan so‘ng tish tozaligi darajasini nazorat qilish
kerak bo‘ladi. Mustaqil nazorat uchun bolalarga uyda tishlar karashini bo‘yovchi
tabletkalar
(eritrozin) tavsiya qilinadi.
Karies profilaktikasi dasturiga binoan o‘tkaziilaetgan og‘iz bo‘shlig‘i malakali gigiyenasi
tadbirlari orasidagi muddat boshida bir muncha kiska bo‘lsa, keyinchalik bora-bora bu muddat
borgan sari uzaya boradi. Buning sababi dastur asosida o‘tkaziilaetgan chora-tadbirlar bolalar
Og‘iz bo‘shlig‘ining gigiyenik holatini kun sayin yaxshilab boradiki, unda endi tez-tez malakali
gigiyenaga o‘rin kolmaydi.
NEXO dasturiga binoan malakali gigiyenalar o‘rtasidagi muddat quyidagi faktorlar bilan bog‘liq
bo‘ladi:
1. bolalar va ota-onalarning dasturga qiziqishi;
2. bolalar tishlarining karies
bilan zararlanish darajasi;
3. doimiy tishlarning chiqish darajasi (asosan birinchi va ikkinchi doimiy molyar tishlar);
4. doimiy molyar tishlarning chaynov yuzalarida karies belgisining mavjudligi.
Karies diagnostikasi darajasi tozalangan tishlarda ancha yuqori bo‘lishini inobatga olib, og‘iz
bo‘shlig‘i malakali gigiyenasini profilaktik ko‘rik paytida amalga oshirish makeadga muvofiqdir.
Malakali gigiyenadan so‘ng uning samaradorligini og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik indeksini tekshirib
ko‘rish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Gigiyenik indeks ko‘rsatkichi tishlar yuzasida karashlar va
toshlar mavjudligini miqdor jihatdan aniqlash bolaning mutaxassis shifokor stomatolog yoki
52
gigiyenist nazorati ostida mustaqil tish tozalashidir. Buning uchun bemor yoki bolaning tishlari
bo‘yoq moddasi bilan ishlov berilib buyaladi va gigiyenik indeks aniqlanadi. Shundan so‘ng
bemor tishlarini o‘zi urgangan usulda tozalaydi va yana gigiyenik indeks aniqlanadi. Bunda
shifokor nazoratchi bemor yoki bolaga tishlarining qaysi sohalari yaxshi tozalanmayotganini
ko‘rsathib, tegishli ko‘rsatmalar beradi. Keyingi qatnovlarda nazoratli tish tozalash yana
qaytariladi va tish tozalash amaliy ko‘nikmalari baxolanib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: