38
Tishlar chiqib bo‘lganidan so‘ng og‘iz suyuqligi emal to‘qimasining "etilishini" va uning
kimyoviy tarkibini o‘zgarishini ta‘minlaydi. Shu bilan birgalikda so‘lak
tish emali sathida
pellikula hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Pellikulalar o‘z navbatida oz bo‘lsa am kislotalarning
emalga ta‘sir etishida to‘siq bo‘ladi. Yillar davomida so‘lak tarkibidagi mineral tuzlarga
to‘yingan emal to‘qimasi yosh o‘tishi bilan karies kasalligiga nisbatan turg`un bo‘lib qoladi.
Fiziologik sharoitlarda tish to‘qimalari va uning atrofini o‘rab turuvchi muhit o‘rtasida
barqarorlik mavjud bo‘ladi. Odatda aralash so‘lak kalsiy fosfat birikmasiga juda to‘yingan
bo‘lib, ular bilan emal to‘qimasining to‘yinishiga, yaxshi sharoit tug`dirib beradi. O
G
‘
IZ
bo‘shlig‘idagi so‘lakning ba‘zi bir sabablarga ko‘ra pH ko‘rsatkichi pasayib ketishi va kislotalik
muhitni kuchayishi natijasida, ayniqsa uglevodli ovqatlar iste‘mol qilinganda so‘lak
kalsiy
elementiga to‘yinmay qoladi (konsentrasiyasi pasayadi). Bunday muhit tish emali tarkibidan
kalsiy moddasini so‘lakka yuvilib chiqishiga olib keladi.
Kislotali muhit iloji boricha so‘lakning bufer sistemasi (bikarbonat, fosfat va oqsillar ishtirokida)
yordamida fiziologik holatarda neytrallanib imoyalanadi.
Oqsillar, uglevodlar, erkin aminokislotalar,
fermentlar, vitaminlar va ayrim organik
kislotalar so‘lakning juda muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Oqsillardan katta ahamiyatlisi
mutsindir. Mazkur oqsil erkin kalsiy ionlarini o‘ziga biriktirib olish xususiyatiga egadir. 1
molekula mutsin oqsili o‘ziga 130 kalsiy atomini biriktirishi mumkin ekan. Mutsin oqsilning
yana
bir xususiyati shuki, u tish yuzasiga adsorbsiyalanib erimaydigan organik plyonka hosil
qiladi. Bu bilan bir tomondan tish va shilliq pardani shikastlanishlardan imoya qilsa, ikkichi
tomondan so‘lak tarkibidagi mineral moddalar ionlarini diffuz tarzda tish qattiq to‘qimalariga
erkin o‘tib turishiga to‘sqinlik qiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lakning bakteritsid ta‘sir etuvchi
xususiyati uning tarkibida
leykinlar, lizotsim, opsoninlar va bakteriolizinlar mavjudligi bilan bogliq.
Aralash so‘lak tarkibida bakteriyalar ishlab chiqqan fermentlar, so‘lak bezlari ajratgan
fermetlardan tashqari leykotsitlar parchalanishidan hosil bo‘lgan fermentlar am mavjud bo‘ladi.
Shuni ta‘kidlash joizki,
OG
‘
IZ
bo‘shlig‘ida kechadigan fermetlar ishtirokidagi jarayon ko‘pgina
ollarda Og‘iz bo‘shlig‘idagi
ovqat qoldiqlarining miqdori, turi va mikroorganizmlarga bogliq
bo‘lib, bu jarayonning faolligi Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi past ollarda yuqori kechadi. Og‘iz
gigiyenasining pastligi mikroorgnizmlarning ayrim shtamlari tomonidan ko‘plab miqdorda
organik kislotalar ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi. Organik kislotalar esa o‘z navbatida so‘lak
tarkibiga kiruvchi amilaza fermentini va boshqa fermentlar faolligini buzadi.
Bo‘lardan tashqari aralash so‘lakning muhim bo‘lgan fibrinolitik,
qon plazmasini
qotiruvchi xususiyatlari bilan birgalikda gumoral, barer, immunitetni quvvatlab turish va Og‘iz
bo‘shlig‘ini mexanik, kimyoviy amda biologik tozalash kabi xususiyatlari nioyatda muhim
ahamiyat kasb etadi.
So‘lakning rang-barang xususiyatlari og‘iz bo‘shlig‘ida muhitning barqarorligini ta‘minlab
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: