Milk osti tish toshlari
Milk osti tish toshlari milk marginal sohasi ostida joylashgan bo‘ladi va ularni oddiy ko‘zda
ko‘ra olmaymiz. Aniqlashning asosiy usuli zondlash. Aniqlangan tish milk osti tishlari odatda qattiq,
to‘k jigarrang yoki koramtir-yashil tusda bo‘ladi. Milk osti toshi tish bo‘yin qismini o‘rab olishga
harakat qiladi va notekis sath hosil qilib tishlarga qattiq yopishgan bo‘ladi:
Kimyoviy va struktura tuzilish jihatidan milk osti toshlari milk usti toshlariga juda ham
o‘xshashdir. Bo‘lar asosan milk syo‘qligidan hosil bo‘ladi.
Struktura tuzilishga ko‘ra tish toshlari-bu minerallashib oxaklashgan tish usti yumshoq;
karashidir. Tish usti yumshoq karashi (blyashka) o‘zida so‘lakka nisbatan 20 marta ortiqrok kalsiyni
adsorbstiya qilishi mumkin. Tish toshlari tez-tez hosil bo‘lib turuvchi kishilarda tish usti karashlarida 3
xissa ko‘proq fosfor bo‘lishi aniqlangan. Bu esa tish toshlarining u yoki bu miqdorda hosil bo‘lishida
fosfor elementining o‘rni borligini ko‘rsatadi.
Tish usti yumshoq karashlarining minerallashib oxaklashishi va toshga aylanish jarayoni
asosida kalsiy ionlarining proteinpolisaharid kompleksi bilan birikishi oqibatida fosfat kalsiy
kristallarining blyashka ustiga cho‘kib, mikroorganizmlariga to‘yinishi va massasining oshishi yotadi.
Tish usti toshlarini hosil bo‘lishida ovqatning qattiq yumshoqligi ham muhim o‘rin tutadi. Qattiq
ovqatlar chaynash tish toshlarini hosil bo‘lishiga to‘skinlik qiladi. Yumshoq ovqat iste‘moli uning hosil
bo‘lishini tezlashtiradi.
Oqsillar, uglevodlar, erkin aminokislotalar, fermentlar, vitaminlar va ayrim organik kislotalar
so‘lakning juda muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Oqsillardan katta ahamiyatlisi mutsindir.
Mazkur oqsil erkin kalsiy ionlarini o‘ziga biriktirib olish xususiyatiga egadir. 1 molekula mutsin okrili
o‘ziga 130 kalsiy atomini biriktirishi mumkin ekan. Mutsin oqsilning yana bir xususiyati shuki, u
tish yuzasiga adsorbstiyalanib erimaydigan organik plyonka hosil qiladi. Bu bilan birtomdan tish va
shilliq pardani shikastlanishlardan ximoya qilsa, ikkichi tomondan so‘lak. tarkibidagi mineral
moddalar ionlarini diffuz tarzda tish qattiq to‘qimalariga erkin o‘tib turishiga to‘sqinlik qiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lakning bakteriostid ta‘sir etuvchi xususiyati, uning tarkibida leykinlar,
lizosim, opsoninlar va bakteriolizinlar mavjudligi bilan bog‘liq.
Aralash so‘lak tarkibida bakteriyalar ishlab chiqqan fermentlar, so‘lak bezlari ajratgan
fermetlardan tashqari leykostitlar parchalanishidan hosil bo‘lgan fermentlar ham mavjud bo‘ladi. Shuni
ta‘kidlash joizki,
OG
‘
IZ
bo‘shlig‘ida kechadigan fermetlar ishtrokidagi jarayon ko‘pgina hollarda og‘iz
bo‘shlig‘idagi ovqat qoldiqlarining miqdori, turi va mikroorganizmlarga bog‘liq; bo‘lib, bu jarayonning
faolligi og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi past hollarda yuqori kechadi. Og‘iz gigiyenasining pastligi
mikroorgnizmlarning ayrim shtamlari tomonidan ko‘plab miqdorda organik kislotalar ishlab chiqilishiga
sabab bo‘ldi. Organik kislotalar esa o‘z navbatida so‘lak tarkibiga kiruvchi amilaza fermentini va boshqa
fermentlar faolligi buzadi.
Bo‘lardan tashqari aralash so‘lakning muhim bo‘lgan fibrinolitik, qon plazmasini kotiruvchi
xususiyatlari bilan birgalikda gumoral, barer, immunitetni quvvatlab turish va og‘iz bo‘shlig‘ini
mexanik, kimyoviy hamda biologik tozalash kabi xususiyatlari nixoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
So‘lakning rang-barang xususiyatlari og‘iz bo‘shlig‘ida muhitning barqarorligini ta‘minlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |