Stomatologik kasalliklar profilaktikasi


Mavzu bo‘yicha interaktiv usul



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/217
Sana30.03.2022
Hajmi2,91 Mb.
#517705
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   217
Bog'liq
stomatologik kasalliklar profilaktikasi (1)

Mavzu bo‘yicha interaktiv usul: 
―Miya shturmi‖ usuli. 
Usulning asosiy qoidalari: 
-fikrlarni tuzishga halaqit beradigan hech qanaqangi ogohlantirish ishlari va kritikalar 
bo‘lmasligi 
-agar fikr qanchalik g‘ayritabiiy bo‘lsa, shuncha yaxshiligini inobatga olish 
-ko‘proq takliflar olishga harakat qilish 
-fikrlarni kombinatsiyalash va rivojlantirish 
-keng asoslab bermay, qisqa ta‘rif berish 
-guruhning fikrlarini aytadigan va qayta ishlaydiganlarga bo‘lish 
Ushbu metod talabalarga o‘z fikrlarini asoslash, himoya qilish, mustaqil fikrlash 
qobiliyatini oshirish. 
2. Ko‘rgazmali plakatlardan foydalanadi 
3. Slaydalar, multimedialardan foydalanadi 
4. Davolash ishlarini olib boradi 
5. Mavzular asosida berilgan ma‘lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi, faol 
ishtirokchi talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi
 
Mavzu matni: 
Tishlar kariesi kasalligining rivojlanishi murakkab patologik jarayoni bo‘lib, ko‘pgina 
omillarga bogliqdir. Bunday omillar ichida juda katta ahamiyatga ega bo‘lganlaridan biri bo‘lib 
Og‘izdagi aralashgan so‘lak hisoblanadi. So‘lakning miqdori va xususiyatlari ichki a‘zolar va 
sistemalar to‘grisida muhim ma‘lumotlar berish bilan bir qatorda, tishlarda sodir bo‘ladigan 
karies jarayoni qay yo`sinda kyechishi va uning jadalligiga am o‘z ta‘sirini bevosita ko‘rsatadi. 
So‘lak bezlar sekreti O
G

IZ 
bo‘shlig‘iga ajralib chiqishi paytida kalsiy va fosfat minerallariga 
to‘yingan bo‘lib, tish emali sathini qoplaganda uni ana shu ionlarga boyitadi. So‘lak tarkibida 
bikorbonat, fosfat va oqsilli bufer sistemalarning mavjudligi so‘lakning nioyatda organizm uchun 
zarur bo‘lgan bufer xususiyatini ta‘minlaydi. Bu esa Og‘iz bo‘shlig‘ining meyoriy holatini 


46 
saqlab turadi. So‘lak bufer sistemasi sig`imining pasayishi kariesni faollashib jadalligining 
oshishiga sabab bo‘ladi. 
So‘lak tarkibidagi fermentlar am o‘z navbatida emalda yuz berishi mumkin bo‘lgan 
jarayonlarda ishtirok etadi. Ularning faollik darajasi Og‘iz bo‘shlig‘idagi uglevodlarni 
parchalanishini organik kislotalarning hosil bo‘lib turishini ta‘minlab turadi va shu yo‘l bilan 
emal demineralizastiyasida ishtirok etadi. 
Ma‘lum bo‘lishicha a‘zolar kasalliklari organizmning umumiy avoli o‘zgarishi Og‘iz 
bo‘shlig‘i to‘qimalariga, jumladan emal to‘qimasiga so‘lak tarkibiy qismlarining o‘zgartirishi 
orqali ta‘sir qilar ekan. So‘lak ajralishining buzilishi odatda tish emali va Og‘iz suyuqligi orasida 
kechadigan ionlar almashuvi barqarorligini izdan chiqaradi, bu esa o‘z navbatida emal 
strukturasini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 
Og‘iz bo‘shlig‘ida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday noxush sharoitlarning barchasi 
har doim karies kasalligini keltirib chiqarishga sabab bo‘lmaydi, albatta. O‘choqli 
demineralizastiyaning kelib chiqishi emal to‘qimasining kimyoviy tarkibi, minerallanish 
darajasiga bogliqdir. Tish emalining bu xsusiyatlari tishlarning chiqquncha va chiqish davridagi 
organizmning umumiy avoli bilan bogliq bo‘ladi. Shuning uchun bolaning-homiladorlik-davrida 
va tug`ilgandan keyingi dastlabki yillarda ona va bola organizmining salomatligini ta‘minlash, 
ratsional ovqatlanishi, qo‘shimcha ravishda ftoridlar kiritishni ta‘minlash zarur. Bunday tadbir-
choralar tish qattiq to‘qimalarining to‘laqonli shakllanishi va mineralashuvini ta‘minlaydi. 
Bugungi kunda organizmning immun holatining karies jarayonidagi ishtroki to‘la-to‘kis al 
qilinmagan. Faqat shu ma‘lumki, sekretor immo‘ngolobulinlar bakteriyalar aglyutinatsiyasini 
chaqirish yo‘li bilan ularni tishlar emali sathiga yopishib qolishiga imkoniyat bermas ekan. 
Natijada Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holati yomon bo‘lgan holda ham, so‘lak tarkibida sekretor 
immunoglobulinlar mavjudligi kariesni oldini olishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish