Ingliz tilida predloglarning grammatik xususiyati



Download 51,57 Kb.
bet1/3
Sana10.06.2022
Hajmi51,57 Kb.
#652327
  1   2   3
Bog'liq
Vohidova Gulruh (1)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI

11-6CHI-19-guruh talabasi


Vohidova Gulruhning
INGLIZ TILIDA PREDLOGLARNING GRAMMATIK XUSUSIYATI”
mavzusidagi


KURS ISHI
5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)


Ilmiy rahbar: Abdullayeva G.G
Buxoro-2022

MUNDARIJA:


1.INGLIZ TILIDA GAPDA PREDLOGLARNING AHAMIYATI………..…3
2.INGLIZ TILI PREDLOGLARNING TASNIFI………………………….....6
3.PREDLOGLARNING GRAMMATIK VA MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI………………………………………………………..….12
4.PREDLOGLARNING GAPDA TURLI MA’NOLARDA KELISHI……………………………………………………………..………17
5.PREDLOGLARNING FE’LLI BIRIKMALAR TARKIBIDA MA’NO O’ZGARISHI ………………………………………….…………..………...22
6.XULOSA…………………………………………………………….…….28
7. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………..………30

1.INGLIZ TILIDA GAPDA PREDLOGLARNING AHAMIYATI


Ma’lumki, gap so‘zlar va so‘z birikmalarning qo‘shilishi natijasida hоsil bo‘ladi. Tilda so‘zlarni, so‘z birikmalarni bоg‘lоvchi asоsiy vоsita so‘z fоrmalari (kеlishik, shaхs-sоn fоrmalari) yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi va intоnatsiyasidir. Ingliz tili tariхida kеlishik fоrmalarining yo‘qоlib kеtishi sababli hоzir ikkita kеlishik qоlgan, ularning vazifasini, asоsan, prеdlоglar bajaradi. Ammо, afsuski, ingliz tili amaliy grammatikalarida bu jarayon hеch hisоbga оlinmaydi, natijada prеdlоglarga yеtarli e’tibоr bеrilmaydi. Darsliklarni va o‘quv dasturlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki , ingliz amaliy grammatikasi bo‘yicha darsliklarda prеdlоglar ma’nоlari va ishlatilishi nazardan chеtda qоlgan. O‘quv dasturlari, rеjalarida prеdlоglarga juda kam sоat ajratilgan. 1
Amaliy grammatika bo‘yicha mashqlar to‘plamlarida ularga juda kam mashqlar bеrilgan. O‘zbеk tilida ingliz prеdlоglari bajaradigan vazifani, asоsan, kеlishik fоrmalari bajaradi. Ikki til o‘rtasida bu farq va yuqоrida ko‘rsatilgan
amaliy grammatika va dasturlardagi kamchiliklar sababli talabalar ingliz prеdlоglarining ko‘pchiligini egallay оlmaydi, natijada ingliz tilidagi nutqlarida juda ko‘p хatоlarga yo‘l qo‘yadilar yoki оna tillaridan ingliz tiliga o‘tоlmaydilar. Mana shu qiyinchiliklarni yеngillashtirish maqsadida biz qo‘lingizdagi qo‘llanmani yaratdik.2
Predlog deb ot (yoki olmoshning) gapdagi boshqa so’zlarga munosabatini ko’rsatuvchi yordamchi so’zlarga aytiladi. Predloglar gaplar va jumlalar orasidagi munosabatni ko‘rsatib beradi. Taxminan 50 ga yaqin predloglar mavjud bo‘lib, ingliz tilida ular juda muhim o’rin tutadi. Shuning uchun asosiy predloglarni ko’rib chiqib, qolganlariga esa matn va mashqlarga diqqatimizni qaratamiz. Predloglar:3

  1. Ingliz tilida kelishik qo’shimchalari vazifasini bajaradi.

Ex: I live in Navai. (Men Navoiyda yashayman.)
Ex: She is sitting under a tree. (U daraxt tagida o’tiribdi.)
Ex: After the lesson she went to the park.(U darsdan keyin parkka bordi.)
Ex: He came with his dog. (U kuchugi bilan keldi.)

Prеdlоglarni ishlatishda ikki hоlatni hisоbga оlish shart:



  • O‘sha prеdlоgning ma’nоsidan kеlib chiqqan hоlda ishlatish:

He is in the room.
He is in London.
He is in difficulty.

  • Prеdlоgni birga kеlayotgan so‘zning talabi bilan ishlatish:

He inceeded in getting solved the mystery.
He excels in history.4

2. Har bir predlog bir necha mustaqil ma’nolarga kelishi mumkin. Masalan, in predlogi quyidagi ma’nolarda ishlatiladi;


a)–da (joyga nisbatan ishlatiladi):
Ex: He lives in Samarkand. (U Samarqandda yashaydi.)
b) –da (vaqtga nisbatan ishlatiladi, oy va yil oldida):
Ex: He was born in 1987. (U 1987 yilda tug’ilgan.)
c) keyin ma’nosida:
Ex: She will return in an hour. (U bir soatdan keyin qaytib keladi.)
d)–da, ichida, moboynida:
Ex: The house was build in three month. (Uy uch oy ichida qurilgan.)
3. Ko’p hollarda u yoki bu predlogning ishlatilishi undan oldin kelayotgan fe’lga, sifatga yoki otga bog’liq bo’ladi. Masalan, to depend fe’li o’zidan keyin on predlogini talab qiladi:
Ex: It doesn’t depend on me. (U menga bog’liq emas.)
Ex: To laugh fe’li o’zidan keyin at predlogini talab qiladi:
Ex: He laughed at me.( U meni ustimdan kuldi.)
Ex: Sure sifati o’zidan keyin of predlogini talab qiladi:
Ex: He was sure of it.( U bunga amin edi.)
4. Ba’zi fe’llar turli predloglar bilan kelganda, ma’nosi o’zgarib kelishi mumkin.
Ex: He is looking at the child.(U bolaga qarayapti.)
Ex: He is looking for the child. (U bolani izlayapti.)
Ex: He is looking after the child.(U bolaga qarayapti(g’amxo’rlik qilyapti)
5. Predloglar ko’pgina iboralar va birikmalar tarkibiga kiradi- in vain behuda, bekorga, at last nihoyat , for ever umrbod, abadiy,on the one (other) hand bir (boshqa) tomondan va boshqalar.5
Leksik ma’nosiga ko’ra qachonki, boshqa bir predloglar katta kuchsizlikni saqlab qolsa (to, by, of) bir qancha predloglar butunlay aniqdirlar (masalan, in, below, between, before, after, till) .
Morfologik tuzilishiga ko’ra perdloglarni quyidagi guruhlarga bo’linadi.

  1. Oddiy (simple) in, on, at, for, with, etc

  2. yasama (derivative) behind, below, across, along, etc

  3. murakkab (compound) incide, outside, within, without, etc

  4. tarkibiy (composite) because of, in front of, in eccordance with, etc.

Ma’nosiga ko’ra predloglar o’rin joy va yo’nalish (in, on, below, under, between va hokozo), vaqt (after, before, at va boshqalar), umumiy bog’lovchilarni ifodalaydi ( by, with, because of, with a view to). So’zlarni o’zaro bog’lanishi 2 ta asosiy qismga bo’linadi: (1) predloglar va (2)birikmalar.
Predloglar o’zidan keyin so’zlarni aloqasini ta’minlaydi, predmet va predmetni, predmet va belgi, predmet va jarayonni bir-biri bilan bog’lab ma’no hosil qiladi.
Bu aniqlikda quyidagi ikkita holatni (vaziyatni) e’tiborga olish zarur: Birinchidan, predlog so’zlarni bog’lovchisi hisoblanadi. Bu grammatik ahamyatlilik yuqori o’rinda turadi chunki, yuqorida aytilganidek predmetni predmetga, predmetni belgiga yoki predmetni jarayonga bog’liqlikni anglatadi.
Misol uchun quyidagi gapni olsak, I am looking at him – men unga qarab turibman, - him so’zi nomustaqil predmetdir, boshqacha qilib aytganda “e’tibor qaratish uchun predmet hisoblanadi” bu yerda predmet look ga nisbatan muayyan qilib qo’yilishi kerak. Shu sababli predmetni o’zaro yoki harakatga nisbatan bog’lanishdagi ahamyati kattadir.
Ikkinchidan, predlog so’zlarni bog’lovchisi hisoblanadi, hamma so’zlar qatori u ham leksik ma’noga ega. Ayrim paytlargda predlogning leksik ahamiyati juda yaqqol bilinadi, misol uchun, pradlogni fe’llar bilan birga qo’shilishi, makonni, holatini anglatishda: 6
Ex: He sat in a three (U daraxt ustiga o’tirdi) 
Ex: He sat under a three (u daraxt ostiga o’tirdi) 
Bu holatda grammatik tuzilish ikkala gapda bir hil bo’lsa ham in va under predloglarini qo’llanilishi harakatni va holatni har-xil ekanligini anglatadi, shunda odam va daraxt o’rtasidagi aloqani turlicha ma’noda tushunamiz.
2. INGLIZ TILI PREDLOGLARNING TASNIFI
Joy ifodalovchi predloglar
Ular asosiy fe'l orqasida joylashganlar, odatda bo'lish yoki bo'lishni bildiradi. Ular orasida:
оn – ustida;
in – ichida;
at – yonida;
near – yaqinida;
over – ustida;
under – tagida;
between – orasida;
among – orasida;
behind – orqasida;
асrоss – orqali;
in front оf – oldida;
through – orqali.
Bunga misol qilib aytish mumkin:
Ex: I live in Spain.
(Men Ispaniyada yashayman)
Vaqt predloglari
Vaqt qachon ko'rsatilishi kerakligi uchun ular muhim, eng asosiylari:
At
In
On
“at” soatlar o'z ichiga olgan iboralar bilan:
I usually get up at 7 o’clock
(Men odatda soat 7 da turaman).
in
"Gapda shuni yodda tutingki, u faqat kunning bir qismiga, yilning oylariga, yil fasllariga yoki sanaga tegishli bo'lganida ishlatiladi. Masalan; misol uchun:
Ex: I usually work in the afternoon
(Men odatda tushdan keyin ishlayman) yoki
Ex: In Romania, it snows in december
(Ruminiyada dekabrda qor yog'adi)
on
"Haftaning sanalari yoki kunlari haqida vaqt ifodasi berilganda. Masalan; misol uchun: 
Ex: I always do my English homework on Sunday
(Men har doim yakshanba kuni ingliz tilida uy vazifasini bajaraman)
Yo'nalish predloglari
Ular harakatni ifodalash uchun ishlatiladi, masalan:
Ex: The car is going towards that building
(mashina shu bino tomon ketmoqda).
Example:
on the desk, on the wall, in the room, in the street, at the window, at the meeting, near the door, near the wall, over the table, over the sofa, under the table, under the bed, between two chairs, between the doors, among the students, among them, behind the house, behind the tree, across the street, across the river, in front оf the house, in front оf the column, through the window, through the glass.
2. Yo’nalishni ifodalaydigan predloglar:
to – ga;
towards – ga qarab;
from – dan;
into – ichiga;
out оf – tashqariga;
off – dan;
3 Vaqtni ifodalaydigan predloglar:
by – gacha;
till – gacha;
from … till – dan … gacha;
since – dan beri;
for – davomida;
оn – soat aytishda(da);
in – da(oy, yil…);
during – davomida;
before – gacha;
after – keyin;
between – orasida.
Example:
оn Sunday, оn the tenth оf February, in two days, in September, at 7 o’clock, at noon, bу 3 o’clock, from early morning till late at night, since 5 o’clock, since midnight, for an hour, for ages, during the lecture, during the break, before the bеll, before winter, after the break, after classes till Мау, till the end оf the уеаr, between one and two o’clock7
o'rin-paytni bildiruvchi predloglar.
at - aniq vaqt ko'rsatilganda ishlatiladi
at 2 oclock
at 10,30.
at yonida ma'nosida, o'rnini bildiadi:
at the table
at the office
at home
in - kunning ma'lum bir bo'lagi bilan ishlatiladi
in the morning
in the day time
in the afternon
in the evening
in - ichida ma'nosida ham ishlatiladi
in the room
in the pocket
in the table
in-oy, fasl, yil haqida gapirilganda ishlatiladi
in may
in summer
in 1960
on - ustida ma'nosini anglatadi
on the roof
on the table.
On hafta kunlari, oylar raqami bilan kelsa qo'llaniladi:
on Sunday
on the 8th of March
on the first of September
with - bilan ma'nosida ishlatiladi
with my friend
after - so 'ng, keyin
after the lessons
before - oldin, avval
before the classes.
3.PREDLOGLARNING GRAMMATIK VA MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
Predloglar ot yoki olmoshdan oldin keladi. Agar otning aniqlovchisi bo'lsa, predlog shu aniqlovchidan oldin keladi:
Ex: He works at a factory. (U fabrikada ishlaydi.)
Ex: He works at a large factory. (U katta fabrikada ishlaydi.)
Ammo quyidagi hollarda predlog o'zi qarashli bo'lgan so'zning oldida emas, gapning oxirida keladi (fe'ldan keyin keladi, agar to'ldiruvchi bo'lsa, to'ldiruvchidan keyin keladi):8
a)Ko’chirma va o'zlashtirma so'roq gaplarda, predlog ‘what’, ‘who(m)’, ‘which’ olmoshlariga yoki where ravishiga qarashli bolganda gap ning oxirida fe'ldan keyin, agar to'ldiruvchi bo'lsa, toldiruvchidan keyin kelishi mumkin. Ammo predlog so'roq so'zlardan oldin ham kelishi mumkin:
Ex: What are you looking at? (Siz nimaga qarayapsiz?)
(=At what are you looking?)
Ex: Who(m) did he speak to? (U kim bilan gaplashdi?)
(=To whom did he speak?)
Ex: Ask him where he got this book from. . (Undan bu kitobni qayerdan olgan ligini so'rang.)
(=Ask him from  where he got this book.)
b) Aniqlovchi ergash gaplarni bosh gaplarga bog'laydigan nisbiy olmoshlarga qarashli predloglar gapning oxirida fe'ldan keyin, agar to'l­diruvchi bo'lsa, toldiruvchidan keyin kelishi mumkin. Predloglar nisbiy olmoshdan oldin ham kelishi mumkin:
Ex: The house which he lives in is very big. (= The house in which he lives is very big.) U yashaydigan uy juda katta.
Nisbiy olmosh tushib qolsa, predlog doimo fe'ldan keyin keladi:
ex:The house he lives in is very big.
c)Egasi aniq maylda to'ldiruvchi bo'lib kelishi mumkin bo'lgan majhul birikmalarda predlog gapning oxirida keladi:
Ex: He was laughed at (Taqqoslaymiz: They laughed at him). Uning ustidan kulishdi.
Ex: The doctor was sent for (Taqqoslaymiz:They sent for the doctor).
Doktorga odam yuborishdi.
d) Aniqlovchi bo'lib kelgan infinitivli birikmalarda predlog infinitivdan keyin keladi:
Ex: I have no pen to write with. Menda yozish uchun ruchka yo'q.
Ba'zi predloglarning shakllari ravishlar bilan mos keladi. Predloglarni ravishlardan ularning gapdagi vazifasiga qarab ajratish mumkin. Predloglar otlar (olmoshlar) bilan gapdagi boshqa so'zlar o'rtasidagi munosabatni bildirib keladi. Ular mustaqil so'zlar emas, yordamchi so'zlardir va urg'u olmaydi. Ravishlar esa fe'llarni aniqlaydi. Ular mustaqil so'zlar bo'lib urg'u oladi:9

Predloglar



Ravishlar


Ex: He went up stairs.


U zinadan yuqoriga chiqdi.

I looked up and saw an aeroplane flying very low. - Men yuqoriga qaradim va juda past ucha- yotgan samolyotni kordim.


Ex:Before the war he lived in London. Urushdan oldin u Londonda yashagan.


I have read this book before.


Men bu kitobni oldin o'qiganman.

Ex:We shall go there after dinner.


Biz u yerga tushlikdan keyin boramiz.

I never saw him after.


Keyin men uni hech qachon ko'rmadim.

ON PREDLOGINING GRAMMATIK, SEMANTIK VA SINTAKTIK XUSUSIYATLARI


“on” predlogi gaplarda quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:

  1. -da, -ga (ustida, ustiga):

Ex: The picture is hanging on the wall. Surat devorda osilgan (turibdi).
Ex: Put the magazine on the table. Jurnalni stol ustiga qo'ying.
b)-da (hafta kunlari va sana oldida qo'yiladi):
Ex: The meeting took place on Monday. ( Yig'ilish dushanbada bo'ldi.)
Ex: They arrived on the first of June. (Ular birinchi iyunda yetib kelishdi.)

Izoh: Kun qismlari (bo'laklari) oldida in predlogi ishlatiladi: in the morning, in the afternoon, in the evening. Agar shu so'zlarning aniqlovchisi bo’lsa  on  predlogi ishlatiladi: 10


on a fine summer morning,
on a cold evening,
on the moring of the first of June.

  1. -da, keyin (odatda gerund bilan keladi):

Ex: On receiving your letter I telephoned to your brother. (Sizning xatingizni
olganimda (olganimdan keyin) men akangizga qo'ng'iroq qildim.)
Ex: On coming home I began to work. ( Uyga kelganimdan keyin men ishlay boshladim.)

  1. haqida, to'g'risida:

Ex: He spoke on the international situation. (U xalqaro vaziyat haqida gapirdi.)
Ex: He delivered a lecture on modern American literature. (U hozirgi zamon Amerika adabiyoti haqida ma'ruza o'qidi.)
Ex: What is your opinion on this sub­ject. (Bu masalada fikringiz qanday.)
Izoh: Ravish bo'lib kelib, birga kelgan fe'ldagi ish-harakatning davom etishini ifodalaydi.
Ex: They walked on and on until they reached a village. Ular qishloqqa yetib kelmagunlaricha yurishni davom ettirdilar (yuraverdilar).
Ex: Though it was quite dark, they drove on. - Ancha qorong'u tushib qolgan bo'lsa ham ular (mashinada) yurishni da­vom ettirdilar.

On bilan birga keluvchi fe'llar:



  1. to agree on -ga kelishmoq

2) to comment on –ni sharhlamoq, 
3) to congratulate on bi­lan tabriklamoq, 
4) to depend on -ga bog'liq bo'lmoq, 
5) to insist on -ni qattiq turib ma'qullamoq, talab qilib turib olmoq, bajartirmoq, qildirmoq 
6) to rely on -ga ishonmoq, -ga suyanmoq
7) to spend on -ga sarflamoq 
8) to call on -ga kirib chiqmoq 
9) to carry on (ishni) olib bormoq, yuritmoq
Ex: The parties could not agree on the terms of the contract.
Tomonlar shartnoma shartlariga kelisha olmadilar.
Ex: He did not comment on this event. U bu voqeani sharhlamadi.
Ex: I congratulated him on his success.
Men uni muvaffaqiyati bilan tabrikladim.
Ex: That doesn't depend on me.
Bu menga bog'liq emas.
Ex:I insist on your presence.
Men sizning hozir bolishingizni talab qilaman.
Ex: You may rely on that.
Bunga ishonishingiz mumkin.
Ex: He spent most of his money on books.
U pulining ko'p qismini kitoblarga sarfladi.
Ex: I shall call on him to­morrow.
Men ertaga unikiga kirib chiqaman.
Ex: They are carrying on negotiations for the sale of wheat.
Ular bug'doy sotib olish haqida muzokaralar olib borishyapti.
“on” bilan keladigan iboralar:
1) to get on yurishmoq, chiqishmoq, murosa qilmoq
2) to go on davom ettirmoq
3) to look on -ni tomosha qilmoq, -ni kuzatmoq, -ga qarab turmoq
4) to put on -ni kiymoq
5) on the initiative of -ning tashabbusi bilan
6) on an (the) average - o'rtacha
7) on the part of -ning tomonidan
8) on the right (left) hand side - o'ng (chap) qo'l tarafda
9) on the contrary – aksincha
10) on the invitation of -ning taklifi bilan
Ex: He was not helping; he was only looking on. - U yordam bergani yo'q; faqat tomosha qilib turgan edi.
Ex: How are you getting on? - Ishlaringiz yaxshimi?
Ex: They get on very well together. - Ular bir-birlari bilan yaxshi murosa qilishadi (chiqishadilar).
Ex: Go on working! - Ishni davom ettiring!
Ex: Put your coat on! - Paltoyingizni kiying!
11) on board a (the) ship kema bortida, 
12) on a large scale katta hajmda, 
13) on the way yo'lda, borishda, 
14) on the ground that asosda, 
15) on the whole umuman, 
16) on the advice (suggestion) of -ning maslahati (taklifi) bilan,
17) later on keyinchalik, keyinroq, and so on va hokazo,
18) on land quruqlikda, 
19)on behalf of -ning nomidan, 
20) on purpose atayin, ataylab, jo'rttaga, qasddan, 
21) on business ish (xizmat) bilan 
22) on condition that sharti bilan, 
23) on sale sotuvda 

4.PREDLOGLARNING GAPDA TURLI MA’NOLARDA KELISHI


Prepositions (Predloglar) ingliz tilida oʻziga xos soʻz turkumi boʻlib, oʻzbek tilidagi kelishik qoʻshimchalari va koʻmakchi vazifasini bajaradi. Mavzuda ularni umumiy nom bilan koʻmakchi deb qoʻllashni lozim topdim.
Ingliz tilidagi koʻmakchilar mavzusi eng katta va eng murakkab mavzulardan hisoblanadi, chunki koʻmakchilarning asosiy qismi gapda qanday vaziyatda ishlatilishi, qaysi fe'l bilan ishlatilishiga qarab ma'nolari oʻzgarib turadi.
Masalan, ‘at’ koʻmakchisini olamiz. Mazkur koʻmakchi 4 vaziyatda toʻrt ma'noda :

  1. Download 51,57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish