Mahsuldor qatlamlarni ochish va


 Mahsuldor qatlamlarning kollektor xossasiga yuvuvchi suyuqliklarning



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

4.2. Mahsuldor qatlamlarning kollektor xossasiga yuvuvchi suyuqliklarning 
ta‟sir etishi 
Gaz va neft quduqlarini burg‗ilashdan maqsad neft va gazli qatlamlarni 
ochishdir. Quduqlar burg‗ilangandan so‗ng neft va gaz mahsulotlari chiqmasa yoki 
kerak miqdordagi zaxirasiga ega bo‗lmasa, sarf qilingan mablag‗lar qoplanmaydi. 
Natijaviy ishlarni samarasi oqim kattaligi, quduqni o‗zlashtirish davomiyligi, yuvish 


147
aralashmalarini burg‗ilash uchun ishlatilgan uskunalarni sifati, mahsuldor qatlamga 
kirish va sifatli tugallash bilan baholanadi. 
Ko‗p yillik kuzatuv va qidiruv ishlari shuni ko‗rsatadiki, quduqlarni 
o‗zlashtirish davomiyligi, jarayonning murakkabligi, neft va gaz oqimi debiti, 
burg‗ilash uskunalarining ish samarasi, yuvish aralashmalarining sifatiga bog‗lik 
ekan. 
Ko‗p holatlarda tezlikda suv yordamida burg‗ulangan quduqlarga nisbatan, 
sifatli loyli aralashmalar bilan burg‗ulangan quduqlarning sifati, neft va gazni 
beruvchanligini yuqoriligi, kam mehnat sarflanishi bilan ajralib turadi. 
Burg‗ilashda yuvish aralashmalarining tez-tez gazlanishi yoki qatlamdan neft 
paydo bo‗lishlari kuzatiladi. Quduqlarni mustahkamlash, quvurlarini tushirish va 
sementlash natijasida gaz oqimlarini (yoki neft) olib bo‗lmay qoladi. 
Quduqlarni sinash paytida neft yoki gaz oqimlarini kuchli chiqishi kuzatiladi. 
Bunday quduqlarni vaqtinchalik loyli aralashma bilan berkitib qo‗yib, keyinchalik 
burg‗ulanganda neft yoki gaz debiti kamayib ketganligi kuzatiladi. Ba‘zan umuman 
o‗zlashtirib bo‗lmaydi. 
Masalan: Gazli shahridagi quduqlarni biri burg‗ulanganda 13 m
3
loyli 
aralashma, zichligi 1300 kg/m
3
, qovushqoqligi SPV-5 bo‗yicha 45 sekund, suv 
berishi 30 minutda 10 sm
3
, 4 sutka to‗xtatib qo‗yilgan. Quduq yana burg‗ilash 
davom ettirilganda gaz debiti 575 ming m
3
/sutkadan 305 ming m
3
/sutka tushib 
qolgan.
Mahsuldor qatlam yuvish aralashmalari bilan burg‗ulanganda, undan suyuqlik 
fazasi ajralib chiqadi. Qatlamdagi filtrat qancha katta bo‗lsa, yuvish-aralashmasini 
suv berishi, qatlamni burg‗ulash davomiyligi uzoq davom etadi. Bosim sakrashi, 
xalqa fazasiga oqim haydash aralashma harorati yuqori, mustahkamlash tizmasi bilan 
quduq devori orasidagi faza shunchalik kichik bo‗ladi. 
Mahsuldor qatlamga filtratning kirish radiusi bir necha metrni tashkil etadi. 
Filtrat bilan o‗zaro ta‘sir qiladigan xususiyatga ega va sezgir holdagi bir necha 
turdagi loyli va boshqa turlardagi aralashmalar qatlamlarda mavjud bo‗lishi mumkin. 


Agarda yuvuvchi aralashma sifatida suvli asosli aralashma qo‗llanilsa, uning 
filtrati mahsuldor qatlamlarga kirib borib, loyli zarrachalarni shishishiga, hajmining 
kattalashuviga, kanallarni yopib va o‗tkazuvchanligini kamaytirib qo‗yishi mumkin. 
Kimyoviy reagentlar esa mahsuldor qatlamlarga kirib, loyli zarrachalarni 
shishishining kuchaytirishi yoki kamaytirishi, neft va gazlarni boshlang‗ich 
o‗tkazmaslik holatini o‗zgartirib yuborishi mumkin. 
Kaustik va kalsiylangan soda, natriy ftor, natriy selikat, fosforlar, gipanlar 
filtrat tarkibida 0,5’1 % atrofida bo‗lsa, loyli zarrachalarni shishishini tezlashtiradi. 
Natriy silikati va ishqorlar 1 % dan yuqori bo‗lsa loyli aralashmani shishishini 
tez oshiradi. 
Loyli 
zarrachalarni 
shishishi 
natijasida 
o‗tkazuvchanlik darajasining 
yomonlashuvi, kollektordagi loyli fazasining tarkibi va mineralogik darajasiga 
bog‗liq. 
Yuvuvchi suyuqliklarni qatlamga kirib borishi bir qancha omillarga bog‗liqdir. 
1.
Ko‗pgina holatlarda quduqlarni burg‗ilash jarayonida ortiqcha bosim 
bo‗ladi. Agarda qatlam granulli kollektorlar ko‗rinishida bo‗lsa, ortiqcha bosim ko‗p 
holatlarda tarkibida tuz va kimyoviy reagentlar bo‗lgan dispers muhitdagi 
zarrachalari qisman quduq devorlarining chuqurligiga singib kirib kolmatatsiya 
zonasini hosil qiladi. 
2.
Kapillyar kuchlar ta‘sirida suvli dispers muhit qatlamga chuqurroq kirib 
borib, quduqdan neftni siqib chiqaradi. Sirt taranglik kuchi ta‘siri oshishi bilan 
kapillyar kuchni ta‘siri oshadi, natijada suv chuqurroq kirib boradi. Suvni chuqur 
kirib borishi uchun yuvuvchi suyuqlikni kollektor kontakti va govaqlik kanallarining 
o‗lchamlari kichrayadi. 
3.
Qatlam mineralligi yuvuvchi suyuqlik mineralligiga nisbatan kam bo‗lsa, 
dispers muhitni mahsuldor qatlamga massali kuchishi sodir bo‗ladi.
Ma‘lumki, mahsuldor qatlamlarda hamma vaqt suvga sezgir bo‗lgan loyli va 
boshqa zarrachalar mavjud bo‗ladi. Bunday zarrachalar sizish suvlari ta‘sirida 
shishadi, g‗ovaklik kanallarini bekitib qo‗yadi. Natriyli bentonitda boshqa loy 
jinslarga nisbatan chuchuk suvda ko‗proq shishadi. 


149
Ustun atrofida suvni sizishi kuchayishi natijasida suvga tuyinganlik 
ko‗chayadi, g‗ovak kanallarda ikkita muhit shakllanadi (filtr+neft; filtr+gaz) yoki uch 
fazali muhit (filtr+neft+gaz). Ko‗p fazali muhit paydo bo‗lishi natijasida har bir 
fazaning kollektorlik o‗tkazuvchanligi absolyut o‗tkazuvchanlikdan kichik bo‗ladi.
Suvli filtratga qanchalik kuchli to‗yinsa, neft va gazni o‗tkazuvchanlik fazasi 
shuncha kichik bo‗ladi. Gidroyorilish natijasida kollektor chuqurroq ochiladi, dispers 
muhitga
1
chuqurroq kirib boradi va o‗tkazuvchanlikni yomonlashtiradi. 
Qatlamning kollektor o‗tkazuvchanligini yomonlashuviga yuvish suyuqliklari 
ta‘siri ostida qattiq juda mayda dispers fazalarni katta g‗ovaklik va kichik yoriqlarni 
beqilib qolishidir. Eng ko‗p qattiq zarrachalar quduq devori yaqinida o‗tirib qoladi. 
O‗tkazuvchanlik (sizdiruvchanlik) xususiyatini yomonlashtiradi. 
Jinslarni o‗tkazuvchanligi qanchalik katta bo‗lsa, shunchalik g‗ovaklik katta 
bo‗ladi. Shuning uchun kuchli o‗tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‗lgan jinslar, 
kuchli darajada yuvish aralashmalarini qattiq zarrachalar bilan beqiladi. Masalan: 
qumoqsimon gruntlarning o‗tkazuvchanligi boshqa jinslarga nisbatan 10 marta 
yuqoridir. 
Burg‗ulash jarayoni paytida mahsuldor qatlamlardagi mavjud yoriqlar atrofida 
gidroyorilish, ya‘ni yuvish aralashmasini bosimi ta‘sirida yangi yoriqlar paydo 
bo‗ladi. 
O‗tkazuvchanlik xususiyatlarning pasayib ketish sabablaridan biri filtratni 
fizik-mexanik xossalarini qatlam suvlari va uglevodorod ta‘sirida o‗zgarishidir. 
Bunday ta‘sir natijasida erimaydigan tuzlar cho‗kadi, asfalt-smolali moddalar 
va parafinlar, kanallar orqali suriladi va g‗ovaklikning bir qismini bekitadi. 
Yuvish aralashmalari filtrati va qatlamning uglevodorodli aralashmalarining 
o‗zaro ta‘sirida kuchli qovushqoq emulsiya hosil bo‗lib, o‗tkazuvchanlik pasayib 
ketadi. Har qanday neftli qatlamda bog‗langan suvlar mavjud bo‗lib, ular jips 
zarrachalar sirtida taqsimlangan bo‗ladi. Uglerodlar g‗ovaklikning o‗rta qismini 
to‗ldirgan holatda bo‗ladi. 
1
dispеrs muhit – kolloid eritmada ko‘p qismi ortiqcha ishtirok etadigan faza yoki ikkinchi (dispеrsion) 
fazada zarrachalari parchalangan erituvchi. 


Bunday aralashmalar har xil qovushqoqligi ega bo‗lganligi sababli, g‗ovaklik 
orqali har xil tezlikda harakatlanadi suv, tezrok, neft esa sekinrok. Natijada ustun 
zonasida suv, neft emulsiya bilan qoplangan qatlam hosil bo‗ladi. 
Har bir neft bilan qoplangan suv tomchilari mustahkam adsorbsiyali plenka 
hosil qilgan bo‗lib, bu plenkalar tomchilarni bir-biri bilan yopishishiga xalaqit beradi 
va mustahkam emulsiyani uyg‗unlashtiradi. 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish