Mahsuldor qatlamlarni ochish va


Mahsuldor qatlamlarni ochishda quduqning holatini nazorat qilish



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

 
3.10.Mahsuldor qatlamlarni ochishda quduqning holatini nazorat qilish 
Quduqlarni qurilishi jarayonida mahsuldor qatlamlarni ochishda quduqning 
holatini nazorat qilish eng muhim va mas‘uliyatli masalalardan biri hisoblanadi. 
So‗nggi yillarda xorijiy davlatlarda va MHDlarida bu masalani yechishda 
muommalarni hal qilish uchun katta e‘tibor berilmoqda. 
Mahsulor qatlamlarni ochishdan oldin otilishga qarshi o‗rnatilgan jihozlar 
sinovdan o‗tkaziladi, o‗quv ―Otilma‖ favquloddagi holat olib boriladi, burg‗ilash 
brigadasining a‘zolarini texnik xavfsizlik bo‗yicha sinash amalga oshiriladi va 
qo‗shimcha ko‗rsatma ishlar olib boriladi. 
Mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida nazoratni ta‘minlash maqsadida 
burg‗ilash maydoniga GTT (geologik texnik tadqiqot) stansiyasi o‗rnatiladi. Bu 
stansiya nazorat qilishning zamonaviy datchiklari bilan jihozlanadi: burg‗ilash 
eritmasidagi gazning uning tarkibini, burg‗ilash eritmasining sarfini, burg‗iga 
beriladigan yuklanmani, rotorning aylanishlar soni, burg‗ilashni video kuzatuvi,
burg‗ilash tezligi va tushirish – ko‗tarish operatsiyalarini nazorat qilish uchun. 
Quyqumlarni chiqishini nazoratini amalga oshirish, uning tarkibining tahlili, 
burg‗ilash eritmasining zichligi nazorat qilinadi. Stansiya suniy yo‗ldosh bilan 
aloqasini hamda nazorat organlariga va uzoq masofada joylashgan yuqoridagi 
boshqaruv tashkilotlariga ma‘lumotlarni uzatadi. Hamma ma‘lumotlar aniq vaqt 
davomida saqlanadi.
Shunday qilib, burg‗ilash eritmasi, burg‗ilash parametrlari, quyqumning tarkibi 
haqidagi ma‘lumotlar asosida mahsuldor qatlamga kirish va burg‗ilash jarayonini olib 
borishni nazorat qilish amalga oshiriladi. 
Eng muhim holatlarda ostki burg‗ilash kolonnasining jamlanmasiga mahsuldor 
qatlamning ochiladigan oralig‗ining geologik qirqimini nazorat qilish maqsadida 
maxsus asboblar o‗rnatiladi. 
Mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonini sifatli nazorat qilish va neftgaz paydo 
bo‗lishini avariya bo‗lmasligini oldindan ta‘minlash uchun ochiladigan mahsuldor 


139
qatlamning qatlam bosimi haqida ishonchli ma‘lumotga ega bo‗lishda muhim 
ahamiyatga ega. 
Mahsuldor qatlamning ochishda quduqlarda kutiladigan qatlam bosimini 
aniqlash kon mahsuldor uyumining burg‗ilanadigan joriy haritasi izobariga mos 
holda aniqlanadi. Qatlam bosimining kon uchastkasida joylashtirilgan izobar haritasi 
haqiqiy ekspluatatsiya quduqlarida aniqlangan qatlam bosimining qiymatiga asosan 
quriladi va ro‗yxatga olinadi hamda joriy yilning kvartalida bir marta amalga 
oshiriladi. Haqiqiy qatlam bosimi quduqlarning gidrodinamik tadqiqotlari natijasida 
aniqlanadi. 
GDT (gidrodinamik tadqiqot) davrida ekspluatatsiya quduqlari to‗xtatiladi 
ya‘ni, qatlamdan quduqqqa keladigan oqim to‗xtatiladi, quduq tubi bosimining 
qatlam bosimigacha tiklanish bosimi o‗lchanadi, quduqda suyuqlikning egri tiklanish 
bosim (ETB) yoki egri tiklanish sathi (ETS) chiziqlari quriladi. 
Urinma usulda hisoblash yo‗li orqali va izobar haritasi bo‗yicha qatlamga baho 
beriladi. Quduq qurilishidagi qatlam bosimining ma‘lumotlari geologik-texnik 
naryadda (GTN) yoritiladi hamda mahsulor qatlamning ochish shartlari va qatlamga 
beriladigan repressiya bosimi neft va gaz sanoatining xavfsizlik qoidalariga muvofiq 
aniqlanadi [3]. 
Quduq tubidagi bosim burg‗ilash quvurlari jamlanmasiga o‗rnatilgan maxsus 
manometrlar yordamida to‗g‗ri o‗lchash orqali yoki mos hisoblar yo‗li bilan urinma 
usullarda aniqlanishi mumkin. Bunda statik bosim burg‗ilash eritmasining zichligidan 
kelib chiqib, gidrodinamik bosim esa quvur orqa fazosidagi qarshiliklarni hisobga 
olgan holda aniqlanadi. 
Mahsuldor qatlamlarni ochishda qatlam flyuidlarini quduqqa kirib kelishiga 
ta‘sir qiluvchi samaralar hisobga olinishi zarurdir. 
Quduqqa qatlam flyuidlarining qatlamni ochishning repressiya sharoitida kirib 
kelishida quyidagi samaralarning ta‘sir qilishi hisobga olinadi:
burg‗ilash eritmasi zichligining pasayishi;
burg‗ilash asboblarini chiqarishda quduqni suyuqlik to‗liq to‗ldirilmagani;


quduq stvolida porshenlanishning paydo bo‗lishi evaziga burg‗ilash 
kolonnasining elementlarida silniklarni shakllanishi;
GTN bo‗yicha joriy qatlam bosimining mos kelmasligi evaziga geologik –
texnik sabablarining paydo bo‗lishi.
Burg‗ilash eritmasining zichligi kamayganda quduqni suyuqlik bilan 
to‗ldirmaslik texnologik jarayonlarni bajarishdan og‗ish hisoblanadi va 
ximatchilaring samaralariga bog‗liq holda subektiv holatni keltirib chiqaradi. 
Quduqning porshenlanishi mahsuldor qatlamning ochiladigan qirqimining va 
yuqorida joylashgan tog‗ jinsining burg‗ilash eritmasining parametrlariga mos 
bo‗lmaganligi natijasida sodir bo‗ladi.
Ochiladigan mahsuldor qatlamning oralig‗idagi joriy qatlam bosimi loyihaviy 
qatlam bosimiga mahsuldor qatlamning geologik xususiyatlari yoki konlarni ishlash 
jarayonida mahsuldor uyumning shu uchastkasida qatlam bosimining o‗zgarishi 
loyihaviy qatlam bosimiga mos kelmasligi mumkin. 
Anomal past qatlam bosimi sharoitida (APQB) qatlam va quduq tubi 
bosimining nisbatlari quduq stvolida murakkabliklarni olib kelishda burg‗ilash 
eritmasining yutilishini oldini olishda muhim rol o‗ynaydi. Gazsuyuqlik aralashmasi 
qo‗llanilganda burg‗ilash eritmasining zichligi doimiy ravishda gazsimon agentlarni 
va suyuqlikning sarfi mos ravishda doimiy nazorat qilinadi.
Qatlam va quduq tubi bosimining muvozanati sharoitida qatlamni ochishda 
burg‗ilash va quduqni yuvish vaqtida quduq tubi bosimining holatiga gidrodinamik 
qarshilikning ta‘sir qilishi hisobga olinadi. 
Qatlamni depressiya sharoitida burg‗ilashda qatlam bosimining nazorati 
burg‗ilash kolonnasining ostki jamlanmsiga o‗rnatilagan (BKOJ) chuqurlik 
manometri orqali doimiy ravishda nazorat qilinadi. 
Anomal yuqori qatlam bosimi sharoitida (AYUQB) tog‗ jinsining yuqorisida 
joylashgan oraliqning germetikligini ta‘minlash uchun qatlam va quduq tubi 
bosimlarining nisbatlari boshqariladi va nazorat qilinadi. Shunga muvofiq yuqorida 
joylashgan tog‗ jinsi oraliqlari mustahkamlash kolonnasi bilan berkitiladi, ya‘ni 
AYUQB sharoitida ochilgan mahsuldor qatlam germetiklikka sinaladi.


141
Mahsuldor qatlamlarni ochishda qatlam bosimining o‗zgarishiga bog‗liq holda 
ehtimoliy murakkabliklarning oldini olish maqsadida ayniqsa, izlov-qidiruv 
quduqlarining qurilishida qatlam bosimining qiymatini o‗zgartirish uchun unga 
tezkor qo‗shiladigan eritma va materialning zaxirasi bo‗lishi shart.

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish