369
X- bob. MAHSULDOR QATLAMDAN OQIMNI CHAQIRISHNING
HAR XIL USULLARI.
10.1. Ejektorlardan foydalanib ko„pik yordamida qatlamdan oqimni chaqirish
texnologiyasi
Bunday texnologiya razvetka va ishlatish quduqlari
va oqimni chaqirishda
qo‗llanib, qaysiki bunda qatlam bosimi gidrostatik bosimga teng yoki kichik
bo‗lganda qo‗llaniladi. Ejektorladan foydalanib qatlamdan oqimni ko‗piklar
yordamida chaqirish texnalogiyasini mazmuni 2 fazali ko‗pikni
tayyorlash, quduqni
ko‗pik bilan to‗ldirish,
suvni almashtirish, hamda qatlam beriladigan depressiyani
hosil qilishdan iborat.
Ko‗piklarni tayyorlash uchun ejektorlar qo‗llanilganda
havoni siqib berishda
burg‗ilash kurilmasining havo tizimining kompressorlaridan foydalaniladi. Ko‗chma
kompressordan ham foydalanish mumkin. Quduqlarni o‗zlashtirishda portlash
xavfsizligini oldini olishni ta‘minlovchi texnologik
jarayondan foydalanishni
suyuqlikni havo bilan siqib quduqlarni o‗zlashtirish usuli bilan taqqoslaganimizda
quyidagi omillarini asosiy hisoblash mumkin:
-
ishchi agent sifatida ko‗piklardan foydalanilganda quduq ichra yonish
xavfsizligini kamaytirish ehtimolligi;
-
siqilgan havoni past bosimda siqib berish;
Quduqlarni o‗zlashtirishda quyidagi jihozlardan foydalanish mumkin:
-
ko‗chma kompressorlar (UkP-80, KPU 16/100 va boshqa) yoki burg‗ilash
qurilmasining pnevmatik kompressor tizimidan (KT-6, KT-7, KSE-5M)
foydalanish;
-
silindr vtulkasining diametri 115 mm dan katta bo‗lmagan SA-320 M
sementlash agregatidan foydalanish;
-
suvni haydab beruvchi qo‗shimcha SA-320M
sementlash agregatidan
foydalanish;
-
qishki davrda isitish qurilmasi mavjud bo‗lmagan holda PPUA-1200/100
ko‗chma qurilmasidan foydalanish;
-
2,5 MPa dan 40 MPa gacha ko‗rsatuvchi GOST-2705 10 manometrlaridan
foydalanish;
-
EJG-1 suyuqlik gaz ejektorlaridan foydalanish;
-
ko‗chma kompressorlardan foydalanilganda chiqish teshigi 5,6 mm li qisqa
quvurchalar jamlanmasidan foydalanish kamerasining siljitish silindrik
qismining diametri 10 mm bo‗lishi kerak.
Ko‗piksimon suyuqliklarni tayyorlash uchun
quyidagi materiallardan
foydalanish:
1)
texnik suv;
2)
SFM – sulfat TU-6-01-862-73; OP-7,07-10 GOST 8433-31.
Oqimni chaqirish jarayoni oldidan quduqda liftli tizma bashmoqining teshik
oralig‗idan 5-10 metr yuqori oraliqqa joylashtiriladi.
Oqimni chaqirish oldidan quduqni usti quvurli
uzatmalar va armatura bilan
shunday jihozlanish kerakki, quvurni orqa halqasiga ko‗pikni
haydash imkoniyatini
ta‘minlasin hamda bir vaqtning o‗zida quvur fazasida suyuqlikni chiqishini va bir
vaqtning uzida erkin otiluvchi ko‗piklarni tugallanish imkoniyatini bersin.
Yer usti jihozlari va quduq usti jihozlarini o‗rnatilishi hamda ko‗chma
kompressorlarda yoki kompressorlardan foydalanish kurilmalar 10.1-rasmda
tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: