I. Quyidagi savollarga javob yozing



Download 320 Kb.
bet1/2
Sana21.01.2022
Hajmi320 Kb.
#398459
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Texnologiya Madrakhimova S 204-BTSTI



Variant 9

I. Quyidagi savollarga javob yozing:

1.Xalq rivoyatlari asosida o ‘quvchilami mehnatga o ‘rgatish.

2.Texnologiya darslarida o ‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘nltirish texnologiyalari

II.Quyidagi mavzuga taqdimot ishlang: Turli materiallardan hajmdor gullar yasash.

III.Ushbu mavzudan referat yozing:

1.Texnologiya va uni o ‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslariO’zbek xalq ijodi qamrovi nihoyatda keng, bag’oyat serqirra va serjilo tushunchadir. U xalqning paydo bo’lishi bilan paydo bo’ladi va rivojlanadi. Unda xalqning orzu-umidlari, qarashlari, hayoti keng bayon etiladi. O’zbek xalq og’zaki ijodi namunalaridan maqol, topishmoq, tez aytish, qo’shiq, ertak, dostonlarda bola tarbiyasining ma’lum bir xususiyatini o’zida aks etadi. Doston–qissa, hikoya, ta‘rif, sarguzasht ma‘nolarini anglatadi. U keng tarqalgan etnopedagogik janr bo’lib, xalqning ma‘naviy-maishiy qiyofasi, kurashi, axloqiy-estetik qarashlari, adolat, ozodlik, tinchlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, do’stlik kabi tarbiyaviy sifatlarni targ’ib etadi. Dostonlarda komil shaxs tarbiyaviy sifatlari umumlashgan holda beriladi. Oliy insoniy sifatlar bo’rttiriladi. Shuning uchun tinglovchida doston qahramonlaridan o’rnak olish hissi tug’iladi. Dostonlarni baxshilar kuylashadi. “Baxshi” mo’g’ulcha va buryatcha “baxsha”, “bag’sha” so’zlaridan olingan bo’lib, “ustod”, “ma‘rifatchi” degan ma‘nolarni anglatadi.Yoshlarni mardlik, halollik, jasurlik ruhida tarbiyalashda , ma’nan pok va barkamol qilib voyaga yetkazishda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish “ALPOMISH” DOSTONI bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga. O’z yurtini, oilasi, qo’rg’onini qo’riqlashga, do’sti, or- nomusini, ota- bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzlardan saqlashga, ma’naviy- axloqiy pok bo’lishga o’rgatadi. “Alpomish”dostoni ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning yorqin namunasi bo’lib, tarixiy ildizlarimizning qanchalik chuqur ekani, xalqimiz qanday muhitda shakllanib, rivojlangani, qiyinchiliklarni qanday yengib chiqqanini yorqin tasvirlab beradi.

Biz “Alpomish” timsolida ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning qay darajada ekanligini, ma’naviy barkamol axloqan pok, vijdonli o’g’lonlarimizning qiyofasini ko’ramiz. O’zbek xalq og’zaki ijodida dostonlardan tashqari MAQOLLARning o’rni beqiyosdir. Maqollar odamlarning hayoti va turmushi jarayonida to’plagan tajribalari, dunyoqarashi, o’zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabati, o’tmish hayoti va uning ibratli saboqlarini, umid va orzularini ifodalaydi. So’z san’atining mahsuli sifatida maqollar ifodalanadi. Maqollar xalq og’zaki ijodining bir turidir. Maqollarda xalqning turmush davomida to’plagan tajribalari natijasida yuzaga kelgan xulosalari ixcham va sodda tarzda bayon etilgan. Alisher Navoiy o’zining ijodiy faoliyatida xalq og’zaki ijodini o’rganib, kishilar hayotida maqolning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida to’xtalib shunday baytni yozadi:

Kishiga necha mushkul hol,

Hikmatu aql anga erur halol.

Kimki bilay desang maqolin angla,

Asli bilay desang oni angla.

Rus yozuvchisi L.N. Tolstoy maqollarni xalq orasida naqadar yuksak qadr￾qimmatga ega ekanligiga to’xtalib shunday deydi: “Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini ko’raman”.“Maqol” atamasi arabcha “kavlun” – gapirmoq, aytmoq so’zlaridan olingan bo’lib, ommaning muayyan voqea-hodisalar, voqelik haqidagi lo’nda xulosalarini ifodalaydi. Ularda fikr aniq, muayyan mantiqiy izchillikda, ba‘zan to’g’ri, ba‘zan ko’chma ma‘noda ifodalanadi. Maqollardagi berilgan fikrlar faqatgina bitta shaxsga tegishli emas, balki keng xalq ommasiga qaratilgan. Maqollar ixcham, lekin mazmuni bir olam. Maqollarda xalqning orzu-umidlari, ma’naviy-axloqiy qarashlari, muhabbat va nafrat, tarbiyaning barcha qirralari ifodalanadi. Shuning uchun ham bola tarbiyasida, xususan axloq- odobiga ijobiy ta’sir etadi.

* Odob – kishining zebu ziynati



* Odob – oltindan qimmat

2.O'quvchilarni kasb-hunarga qiziqishini tarbiyalashda insoniyat mexnat faoliyati tarixini o'ratuvchi omillarga tayanib, o'quvchilarni kelajakda tugri kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, maksadga muvofik bulardi. O'quvchilarni mehnat turlariga qiziqishini oshirish, kasb tanlash va uzlashtirishni shakllantirib borish uchun pedagoglar zimmasiga o'quvchilarga yoshligidan boshlab tahlim, tarbiya berish bilan birga kasb-xunarga kizikish ishlarini to'gri yulga kuyishda kuyidagi shartlarga amal kilish lozim: Boshlangich sinf ukuvchilariga kasb-xunar tugrisidagi tushunchalarni singdirish: Ukuvchilarni yoshiga, jinsiga mos kasb-xunar tanlashga ularga pedagogik-psixologik yondashish: Kasb-xunarga kiziktirishda ukuvchilarning yoshi va kobiliyatlarini xisobga olish: Maxalla oqsoqollari, mexnat faxriylar bilan muntazam alokalar urnatish: Mexnat ustaxonalariga ekskursiyalar uyushtirishni tashkil etish: Darslarda mutafakkirlar merosidan foydalanib kasb-xunarga oid fikrlari bilan tanishtirish. O’zbek halq tarbiyashunosligining o’tmishdagi mashhur mutafakkirlar, Xalq maorifi arboblari va mahrifatparvar shoirlarning, mehnat kasb-hunar to’g’risidagi qimmatli fikrlarini biz uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki, ulardan yosh avlodni mehnarsevarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin. Bizga ma'lumki o’zbek halqining qadimiy kasb-kori asosan dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bo’lgan. Ushbu kasb-korlar yuzlab yillar davomida shakllanib har biri o’z ichida o’nlab tarmoqlarga ajralgan va gullab yashnagan. O’rta Osiyo mutafakkirlarining kasb-hunar, mehnatsevarlik haqidagi fikrlari bizga meros bo’lib qolgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy (783-850) ning insoniylik va mehnatsevarlik haqidagi dono fikrlari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Mutafakkirning fikricha, har bir kishi qilgan ishlari bilan hech ham mag’rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi lozim. X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunoslik bo’yicha fikrlarning eng yirik vakili Abu Nasr Al-Farobiy (870-950)ning o’z davri uchun katta xizmatlaridan biri shundaki u insonlarni ilm-mahrifatli bo’lishga, mehnat qilishga va kasb￾hunar egallashga chiqiradi. Farobiy kasb-hunar va ahloqiy fazilatlar muayyan harakatlarni takrorlash, mashq qilish yo’li bilan paydo bo’lishini uqtiradi. Mutafakkir har bir kishi o’zi yoqtirgan kasbni egallaganidan so’ng, o’ziga topshirilgan ishga nisbatan yuksak mahsuliyatni his etishi va o’z “kasb-hunarini mukammal bilmog’i, yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi xulq atvor fazilatlariga ega bo’lmog’i kerak” deb ta'kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy (978-1048) ham mamlakatning obodonchiligi, kishilarning baxt-saodati va kamolati uning halol mehnat qilishida va kasb￾hunar o’rganishida deb biladi. U kasb-hunar, ixtirolashga, turli asboblarni yasashga bag’ishlab 9 ta asar yozgan. Asarlarida o’zi yashab turgan davrdagi ishlab chiqarishning rivoji va kasb-hunarga oid qimmatli ma'lumotlar berilgan. Mehnatni va kasb-hunarni sharaflash, mehnat ahlining qadr-qiymatini uning manfati uchun astoydil kurashni Beruniyning zamondoshi qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ning ilmiy faoliyatida ham ko’rishingiz mumkin. Ibn Sino “Odam ijtimoiy jondir” degan fikrni olg’a surdi. SHunung uchun ham olim odamning yashashi uchun eng zarur narsa foydali mehnat ekanligini tahkidlaydi. O’rta Osiyoda ko’plab shoirlarning ustozi bo’lgan Abulqosim Firdavsiy (934-1020)ning “SHohnoma”sida mehnat ahliga mehr-muhabbat bilan yog’dirilgan va kasb-hunarni egallash malakasiga bagishlangan misralarini ko’plab uchratish mumkin: Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj, Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj. Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan yana biri Nosir Xisrav (1004-1088)dir. Uning fikricha, dunyodagi eng oliyjanob va oliyhimmat odamlar mehnatkashlar-jamiyat uchun foydali narsalar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar, kosiblar, binokorlardir.

Kasbdan jodu hurram yo’q jahonda,

Hunardin yaxshidur ham yo’q jahonda.

Butun kun rizqining bog’boni bo’lg’ay,

Kishin o’z uyining mehmoni bo’lg’ay.

Arzir uning bo’lsa boshi osmonda,

Usiz yashay olmas shoh ham jahonda.

Yuqorida tilga olingan ulug’ mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi va kasb-hunar tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, inson dunyoga kelar ekan o’z hayoti maboynida insoniy qadr-qiymatga ega bo’lishi kerak. Zero mehnat qilgan, kasb-hunarli inson birovga qaram bo’lmaydi, ya'ni mehnat qilish orqali inson o’zining uch ehtiyojini qondiradi. Moddiy ehtiyojini, mag’naviy ehtiyojini, mehnat ehtiyojini qondiradi. Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida mahnaviy va mehnat ehtiyojlari ham qondiriladi. Xullas, boshlang’ich sinf o’quvchilarini mehnat va kasb-hunarni tarbiyalashda ulug’ mutafakkirlarimizning asarlarida keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Mutafakkirlarning merosiga chuqur hurmat bilan qarash va ular yaratgan asarlarni ko’z qorachig’iday saqlash kerak.





Download 320 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish