287
Armaturaning archasiga ikkita almashtiriladigan shtutser o‗rnatilgan bo‗lib, ularni
tezkor almashtirish mumkin. Armatura bir yoki ikki qatorli ko‗targichlar uchun
hisoblangan eng so‗nggi sharoitda esa boshqa quvurlar boshchasidan foydalaniladi.
Uchlik armatura (7.8-rasm, b). Quvur boshchasida chorbarmoqdan (1) tashqari
uchlik (2), bo‗lganligi uchun ikki qator NKQni kiritish mumkin.
7.8-rasm. Favvora armaturasi:
a-chorbarmoqli
armatura;
b-uchlik
armatura;
v-berkitish
qurilmasi,
masofadan
boshqariladigan chorbarmoq armaturasi. 1, 2-o‗zgartmalar; 3-zulfin; 4-dastakli qulfak; 5-havo
uzatma; 6-shtutser; 7-boshqariladigan klapan; 8-yuqoridagi chorbarmoq; 9-jo‗mrak; 10-zolotnik
dastagi; 11-quvur uzatma; 12-stvol zulfini; 13-flanets o‗zgartmasi; 14, 15-chorbarmoqlar.
Yuqoridagidan (7.8-rasm, b) ko‗rinib
turibdiki, armatura katta bosimga
hisoblangan, yon tomonidagi olib chiqib ketish teshiklari bitta emas,
balkim ikkita
zulfin o‗rnatilgan. Ikkita zulfin o‗rnatilganligi uchun quduqni ishlatish ishonchi
oshiriladi va quduqning ishini to‗xtatmasdan qulfaklarni almashtirish imkoniyati
tug‗iladi.
7.7-jadval
Chorbarmoqli armaturaning texnik tavsif
Ko‗rsatkichlar nomi
Qiymati
Bosim, MPa
Ishchi
Sinash
70
105
O‗tish teshigining diametri, mm
Stvolning
Strun (tor)
52
42
Osiladigan quvurning diametri, mm
Birinchi qator
Ikkinchi qator
114
73
Berkitish
organi
To‗g‗ri yunaltirishgan qulfak
O‗lchamlari, mm
uzunligi
balandligi
kengligi
massasi, kg
2500
2950
950
3000
Qatlam qirquvchi-klapanning keng qo‗llanishiga bog‗liq holda va quduqning
ichida ishlaydigan bir qator asboblarni o‗lchashda diametri katta bo‗lgan uskunalarni
tushirish uchun favvora armaturasining o‗tish diametri kattalashtirildi hamda quduqni
uzatuvchanligini oshiradi va o‗lchash ishlarini aniqligini ta‘minlaydi. Xuddi shunday
armatura sifatida AF6a V-80/65*700
yuqori debitli, yuqori bosimli quduqlarda
qo‗llaniladi. Utish teshigining diametri 80 mm, yon tomonga olib chiqib ketish
teshigini diametri 65 mm gacha (7.8-rasm, v).
AF6a V-80/65*700 favvora
armaturasi takomillashtirilgan, havo urg‗ichli
zulfin bilan jihozlangan, qatlamning past haroratida ham suyuqlik,
kondensat yoki
gazning katta bosimida va yuqori haroratida ham ishlatish mumkin.
Bu armaturada ko‗taruvchi quvurlar o‗zgartmalarning (1, 2) rezbasiga osiladi,
chorbarmoqlar (14, 15) va o‗zgartma flanetsidan (13) tashkil topgan. Quduqlarni
o‗zlashtirishda quvur boshchasining yon tomonga olib chiqish teshigi orqali
suyuqlik haydaladi va uning ishlatish davrida har xil texnologik operatsiyalar olib
boriladi hamda quvur orqasidan va halqa fazosidan nazorat qilinadi.