7.1-rasm. Tizma boshchasining
konstruksiyasi.
1-g‗altak; 2-zichlama; 3-pona; 4-korpus; 5-
zulfin; 6-mustahkamlash quvuri; 7-ichki tizmani
ushlab turuvchi mustahkamlash quvuri.
Mustahkamlash tizmasini soni ko‗p bo‗lgan uch, to‗rt va besh tizmali
quduqlarni jihozlash uchun tizma boshchalari tayyorlanadi. Bunday tizma
boshchalarini pritsipial va konstruktiv sxemalari yuqoridagiga o‗xshashdir.
Besh tizmali boshcha chuqurligi (5000 metrgacha) bosimi 70 MPa gacha
quduqlarning ustiga o‗rnatish uchun mo‗ljallangan bo‗lib, uning tik balandligini
o‗lchami 3 metr. Asosiy tugunlari 1, 8, 9, 10, 11 beshta chorbarmoq o‗lchamlari 168
273
mm dan 502 mm gacha bo‗lgan mustahkamlash quvurlari uchun, 2, 4, 5, 7 ponali
osmalar va 3 jo‗mrakdan tashkil topgan.
Mustahkamlash tizmasining diamerti 165 mm bo‗lib eng so‗nggi, ishlatish
tizmasidir. Chorbarmoq favvora armaturasi uchun supa vazifasini bajaradi. Tizma
boshchasining asosiy xususiyati shundaki ponalarning sirt tanasining shakli
konussimon shaklda bo‗ladi, korpusli javob beruvchi yuzasi zichlovchi
elementlarning (6) konstruksiyasi ham konussimon bo‗lib, moylash orqali
qo‗llaniladi, ya‘ni tirqishlarni ishonchli germetik qilishga moslashtirilgan.
Chorbarmoqning korpusi va tizma boshchasining g‗altagi qo‗yma po‗latdan
tayyorlangan va bolg‗alangan yoki shtapovkalangan bo‗g‗izga va flanetsga payvand
qilingan. Tayyorlangan va payvand qilingandan keyin zo‗riqishni olish hamda
metallning mexanik xossasini oshirish uchun u issiqlik ishlaridan o‗tkaziladi.
Korpuslar uchun po‗latning oqish chegarasi 5,0-5,5 MPa, nisbiy uzatishi 14-15
% va zarbali qovushqoqligi 40 mNm/m
2
gacha. Og‗ir sharoitlarda ishlatiladigan
tizma boshchalarini tayyorlash uchun 35 XML turdagi past legirlangan po‗latlardan
foydalaniladi. Shtampalangan yoki bolg‗alangan flanetslar yoki bo‗g‗izlar 35 XM, 40
X po‗latlardan to‗g‗ridan to‗g‗ri yasaladi.
Tizma boshchalaridagi biriktiruvchilarni, eletsementlarning o‗lchamlarini mos
kelmasligi avariya holatlarini keltirib chiqarishga sabab bo‗ladi. Standart bo‗yicha
14, 21, 31, 70, 105 MPa ga ishchi bosimga mo‗jallangan tizma boshchalari ishlab
chiqariladi.Quduqni burg‗ilash, ishlatish tizmasini tushirish va sementlangandan
keyin mustahkamlash tizmasining yuqori qismi (konduktor oraliq tizmasi va ishlatish
tizmasi) tizma boshchasi bilan biriktiriladi.
Mahsuldor qatlamlarni sinash va uni keyinchalik mushkulotsiz ishlatishni
ta‘minlash uchun quduq ustidagi tizma bog‗lanmasi quyidagi talablarga javob berishi
kerak:
1) bosimni nazorat qilishda va quvurning orqa halqasi suyuqlik bilan
to‗ldirilganda germetiklash;
2) quduqqa oldin tushirilgan ishlatish tizmasining yuqori qismini boshqa
tizmalar bilan qattiq biriktirish;
3) ishlatish tizmasi katta bo‗lmagan kuchda tortilganda uni qaydlash qilish
imkoniyati;
Do'stlaringiz bilan baham: |