VAL
Val – aylanma harakat qiluvchi qismlardan iborat bo’lgan har xil uzel va
agregatlarda, mashinasozlikda, umuman texnikada keng ishlatiladigan detal bo’lib, u
burovchi momentni uzatishda ishlatiladi. Val elementlari asosan silindrik va konus
sirtlaridan iborat. Val va valga o’rnatiladigan aylanuvchi ikkinchi detal xususiyatlaridan
kelib chiqib u shlitsali qismga ega bo’lishi (shlitsali val) yoki shponka (pona) uchun
ariqchali qismga ega bo’lishi mumkin. Valning ikkinchi detal o’rnatiladigan qismining
diametriga qarab shponka tanlanib, tanlangan shponkaga moc ravishda shponka
ariqchasi ochilgan bo’ladi.