– jang; o‘choqlar
(75) –
o‘t ochish nuqtalari; siyrak
(27) –
oz,
3
kam; toza kuch
(90) –
qo‘shimcha kuch; qisqa
(94) –
kalta; ayyorcha
(135, 156,
170) –
ayyorona; o‘lchovsiz
kabi.
Afsuski, ularni sanab o‘tish bilan matndagi badiiy imkoniyatlarini, obrazlilik
uchun qay darajada xizmat qila olganligini to‘la ko‘rsatib bo‘lmaydi. Ularning
ayrimlarini keltirish bilan chegaralanamiz:
Bo‘g‘ishma-jang
: Okoplarda,
blendajlarda qizg‘in, omonsiz, haddan tashqari qonli va dahshatli bo‘g‘ishmalar
qaynardi
(74);
ayyorcha-ayyorona, ayyorlarcha:
- Yo‘q, kechirasiz, ojizlik
ko‘rsatayotir,-dedi chol ayyorcha kulib
(135);
Ayrim o‘rinlarda biz sinonim sifatida qarayotgan so‘zlarni Oybek ne
darajada aniqlik bilan, ma’lum bir holatning nozik ifodasi sifatida qo‘llaganini
ko‘rib
hayratlanasiz:
garanglanmoq-garangsimoq-gandiraklamoq:
Ko‘p
jangchilar garanglanib, oyoqda tura olmasdilar (87); qazinish-qazish; kovlash:
Jangchilar yana hujumni kutib chuqurroq qazinishga, o‘zlarini yaxshiroq
yashirishga urindilar
(53).
Yuqoridagi gaplar tarkibidagi
garanglanmoq
va
qazinmoq
so‘zlaridagi keng
va shu bilan birga aniq ma’noni, nazarimizda, uning sinonimi bo‘lgan hech bir so‘z
beraolmasligi mumkin. Chunki, gandiraklash garang bo‘lishdan keyingi hodisa,
garangsish esa ko‘pincha eshitish bilan bog‘liq. Qazinmoqdagi
–in
qo‘shimchasi
esa o‘zlik darajasini hosil qilmoqda, bu bilan ma’no umuman qazish yoki
kovlashga emas, balki o‘zi uchun, o‘ziga chuqur, okop kovlashga kelib
taqalmoqda.
Xuddi mana shunday holatlarda buyuk so‘z san’atkori bo‘lgan Oybekning
tilga bo‘lgan e’tibori va undan foydalanishdagi mas’uliyati va mahorati yana ham
aniq seziladi.
Romanda badiiy ifodalangan, obrazli tasviriy vositalarga murojaat qilingan,
jonlantirish usulidan foydalanilgan o‘rinlar juda ko‘p. Ammo ular hamma vaqt
ham muvaffaqiyatli qo‘llanganmi? Jang paytida o‘rmonda ketib borayotgan ikki
soldat o‘zbek qishloqi yigitlari Asqar polvon va Ali tajanglarning nutqiga e’tibor
beraylik:
3
- ...Urushda azroil ham juda berahm, aziz joningni aldab-suldab
sug‘urmaydi. Bir urib qo‘l-oyoqlarinigni uchiradi. Bir zarbasi bilan boshing
daraxt tepasida...
- Ko‘zlaring uzilgan tanangga qarab baqrayadi! – qo‘shib qo‘ydi Ali tajang
xirillab.
-Imm...-ichidan ingradi Asqar polvon. –Bektemir qayoqda? Safarga nima
bo‘ldi? O‘lim to‘zonlari ko‘zlarimizni ko‘r qildi.
-...Rostini aytsam, polvon, taqdir ham chippakka chiqqan! – dedi Ali tajang
jahl bilan. - ...Mina bilan snaryad degan balo taqdirning temir qo‘rg‘onini ham
yorib o‘tadi
(25).
Personajlar nutqining ham bu tarzda obrazli ifoda etilishi yaxshi. Ammo
oddiy qishloqi o‘zbek yigitlarining bu usulda balandparvoz va jimjimador
gapirishlariga unchalik ishonib bo‘lmaydi?
O‘xshatishlar urush manzarasini, uning ishtirokchilari holatini to‘la tasvir
ettirish uchun keltirilgan. Ularning miqdori ko‘p emas. Ammo aytish mumkinki,
a’anaviy ham emas. Asosan milliylik va subektiv baho suzilib turadi.
Fashistlar
Do'stlaringiz bilan baham: |