Lappakning
aylanayotgandagi yo‘li (tepadan
ko‘rinishi).
Uloqtirish
tomoni
Disk yo‘li
Disk
Qo‘l
Uloqtirish
doirasi
O‘ng yelka
bo‘g‘inining
yo’li
313
lantirishga o‘rgatiladi. Keyin lappakni ma’lum yo‘nalishda
uloqtirishni o‘zlashtiriladi va uchish vaqtida, u samarali
holatda bo‘lsin uchun, nimalar qilish o‘rgatiladi.
3-vazifa.
Oxirgi kuch berish fazasini, ya’ni burilishdan
keyingi yakunlovchi harakatni o‘rgatish.
Vositalar:
1. Uloqtirish tomoniga yon bilan turib, lappakni
joydan uloqtirish. 2. Xuddi shuning o‘zi, lekin uloqtirish to-
moniga teskari turib. 3. Xuddi shuning o‘zi, lekin uloqtiruvchi
qo‘l tomonidagi oyoqda turib uloqtirish. 4. Biror narsa bilan
yoki hech narsasiz oxirgi kuch berish fazasini taqlid qilish.
Metodik ko‘rsatmalar.
Lappakni to‘g‘ri chiqarib yuborish
malakalarini o‘zlashtirishiga qarab, dastlabki holatni buri-
lishdan keyingi oxirgi kuch berishni bajarish holatiga yaqin-
lashtiriladi. Buning uchun shug‘ullanuvchilar avvalo oyoq-
larini keng yoyib, uloqtirish tomoniga yon bilan turadilar.
Lappak bilan chapga-o‘ngga harakat qilish asta-sekin ko‘-
payib, yelka kamarini burish va o‘ng oyoq tizzalarini bukib,
gavda og‘irligini unga o‘tkazish bilan birga amalga oshi-
riladi. Harakat vaqtida gavdaning oldinga yoki yon tomonga
egilishini qayd etmaslik, yelka kamarining o‘ngga mumkin
qadar to‘la burilishini (buralib ketishini) kuzatish zarur.
Joydan o‘ng oyoqda turib uloqtirish vaqtida, lappakni
o‘ngga-orqaga silkiganda, chap oyoqni tayanchdan uzib,
sonlar harakati bilan ortda qoldirish hamda gavda og‘irligini
o‘ng oyoqqa o‘tkazish kerak. Joydan uloqtirishni, odatdagi,
burilishdan keyingi oxirgi kuch berishda, chap oyoqni yerga
tushurayotib bajarish kerak. Bu shug‘ullanuvchilarda o‘rnak
olsa arziydigan oxirgi kuch berishni bajarishning eng yaxshi
varianti haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Oxirgi kuch berish fazasi turli xil narsalar (rezinkali tayoq,
faner raketka, daraxt shoxchasi) bilan bajariladigan taqlid
mashqlari yordamida o‘rgatiladi. Harakat oldinda – o‘ngda
yelka balandligida turgan narsani nishonga olib, yelka ka-
marining faol burulishi bilan boshlanadi. Shu harakatlarning
314
o‘zini lappak uloqtirish usuli bo‘yicha (200–400 gramm
yoki undan ortiqroq og‘irlikdagi tosh, 1–2 kg vazndagi rezina
tayoqchasini) uloqtirish bilan tugatish mumkin. Uloqtirishga
nisbatan taqlid mashqlarini ancha ko‘proq takrorlash mum-
kin, chunki bunda qo‘shimcha vaqt ayrim detallarni o‘r-
ganish, oyoq, gavda va qo‘l harakatlarining mutanosibligini
kuzatishga imkon beradi.
4-vazifa.
Lappak uloqtirish uchun aylanishni o‘rgatish.
Vositalar:
1. Òurli xil tezlikda lappak bilan va lappaksiz
aylanishlar. 2. Òurli xil narsalar (rezinkali va yog‘och tayoqlar,
daraxt shoxchasi, ip bog‘langan to‘p va h.k.) bilan aylanishlar.
3. Aylanish qismlarini bajarish.
Metodik ko‘rsatmalar.
Lappak uloqtirish uchun aylanishlar
oldingi vazifalarni hal qiluvchi mashqlar bilan parallel holda,
dastlabki mashg‘ulotlardan boshlab o‘rgatiladi.
Aylanish avvalo lappaksiz, keyin esa lappak yoki boshqa
ushlashga qulayroq bo‘lgan narsa bilan o‘rgatiladi. Ayniqsa
bir tomoni lappak sathini qoplaydigan va ikkinchi tomonidan
uning gardishi yoniga biriktirilgan, qattiq keng tasmadan
qilingan halqali lappakdan foydalanish yaxshi natija beradi.
Kaft halqa va lappak sathi orasida joylashadi. Bunday lappak
bilan taqlid mashqlarini bajarib, mushaklarni chiniqtiruvchi
aylanish mashqlarini tez egallab olish mumkin. Òaqlid
mashqlar yordamida burilishning ayrim vaziyatlari: burilish
uchun dastlabki holat, dastlabki silkish, burilishga kirish,
burilish vaqtida chap oyoqdan o‘ng oyoqqa sakrab o‘tish,
burilish ma’romlari o‘rganiladi. Burilish texnikasining to‘la
bajarilishi to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi lappakni navbatdagi uloq-
tirishda tekshirib ko‘riladi.
5-vazifa.
1. Lappakni burilib uloqtirish. 2. Doira ichidan
lappakni kichik tezlikda uloqtirish. 3. Shuning o‘zini tez-
lashtirib va natija ko‘rsatish uchun uloqtirish. 4. Òo‘rtinchi
vazifaga doir mashqlar.
Metodik ko‘rsatmalar.
lappakni burilib uloqtirishni uloq-
tiruvchi burilishga kirishni tugatgan, lekin hali ikkala oyog‘i
315
bilan tayanib turgan (106-
rasmning 3-kadriga qarang)
oraliqdagi dastlabki holati-
dan boshlashi kerak. Bunday
holatda oyoqlar tagi tomon-
larga ochilgan. Yelka kamari
o‘ngga burilgan vaqtida lap-
pak tutgan qo‘l gavda orqa-
siga olib boriladi.
Burilishni bajarayotganda
boshni va yelka kamarini
chapga tez burish yaramaydi.
Shug‘ullanuvchilar burilish-
da turg‘unlikni egallashlariga
va uni oxirgi kuch berishga
qo‘shib bajarishni o‘rganish-
lariga qarab, qo‘lni o‘ngga
keng harakat qildiradigan va
buraladigan uloqtirish yo‘na-
lishiga yon bilan turish hola-
tidan burilib uloqtirishga
o‘tish mumkin.
Agar shug‘ullanuvchilar
bunday dastlabki holatdan
lappakni burilib uloqtirishni
o‘rganishga qiynalishsa, u
holda burilishni taqlid qilish-
ga qaytish, oraliqdagi dast-
labki holatdan uni bajarishni
takrorlash, keyinchalik nis-
batan to‘xtash holatini o‘z-
gartirib, o‘ngga burilish hi-
sobiga gavdaning dastlabki
holatini yana o‘zgartirish ke-
rak bo‘ladi.
110-rasm.
Lappak uloqtiruvchining
maxsus mashqlari.
a
b
a
b
2
1
3
4
5
6
7
8
9
10
316
6-vazifa.
Òurli xil sharoitlarda lappak uloqtirish texnikasini
takomillashtirish; texnikani individuallashtirish.
Vositalar:
1. Òurli xil holatlardan lappakni burilib uloq-
tirish. 2. Lappakni doiradan shamolga nisbatan turli xil
yo‘nalishlarda uloqtirish. 3. Ilgari aytilgan mashqlar. 4. Natija
uchun lappak uloqtirish va musobaqalarga qatnashish.
Metodik ko‘rsatmalar.
burilib uloqtirishning asosiy chiz-
malari o‘zlashtirilgandan keyin, texnikadagi ayrim kamchi-
liklarni tuzatishga, shuningdek, burilib uloqtirish chizmasini
egallash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lmasa ham
samarali uloqtirish imkonini beradigan qismlarni o‘rganishga
kirishiladi. Burilishga kirish va oxirgi kuch berishda oyoqlarni
faol harakat qildirishni o‘rganishga alohida ahamiyat berish
kerak. Har bir uloqtiruvchi aylanishdan oldingi dastlabki
holatning eng yaxshi variantini topishi va oyoqlarni faol, o‘z
vaqtida almashtirishga intilishi lozim. Shu bilan bir qatorda
oxirgi kuch berish vaqtida harakatlarini tezlashtirishga yor-
dam beradigan metod va uslublarni izlashi kerak.
Sportchining shaxsiy xususiyatlariga qarab, ko‘rsatilgan
vazifalar aniqlashtiriladi. Lappak uloqtiruvchilar bilan yadro
itqituvchilar mashqining ko‘pgina umumiy tomonlari bor
(«Yadro itqitish» bo‘limiga qarang).
Lappak uloqtiruvchilarning xarakterli xususiyati shundan
iboratki, ular mashqlarida lappak uloqtirishga moslab
og‘irliklar bilan bajariladigan mashqlarni ko‘p qo‘llaydilar
(110-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |